Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

E’tirof: Uzoq kutilgan «Skudetto» yoxud yana «Inter» haqida «badia»...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Inter» nihoyat, «Yuventus» gegemonligiga chek qo‘ydi. «Neradzurri» hayotidagi g‘alabasiz o‘n yillik, chempionatni 8-9-o‘rinlarda tugatilgan qayg‘uli mavsumlar, Kuzmanovich, Krxin va Gabigol singari «mo‘’jizaviy» futbolchilar, murabbiylar qo‘nimsizligi, Mauro Ikardi bilan bog‘liq mojarolar va shu kabi boshqa yoqimsiz voqealar ortda qoldi. Jamoa 2010 yildan keyin ilk marta «skudetto» sohibiga aylandi.

Klub bosqichma-bosqich kuch to‘plab, axiyri niyatiga yetdi. Bunga qaysidir ma’noda raqobatchilar muvaffaqiyatsizligi ham sabab bo‘ldi: yo‘nalishni o‘zgartirish bilan andarmon «Yuventus» «skudetto»ni boshqalarga boy berdi, «Napoli» salohiyatidan foydalana olmadi, «Milan»ga esa kuch yetmadi. Biroq «neradzurralar»ning bosh sovrin sari dadil intilishgani barcha shubhalarni aritadi: ular g‘alabaga loyiq edilar. Xo‘sh, mazkur zafar zamirida nimalar yotibdi?

Xitoy pullari

«Inter» Moratti davridan buyon ilk marta muvaffaqiyat qozondi. Indoneziyalik biznesmen Erik Toxirning ishlari yurishmadi, 2016 yili klub boshqaruvini qo‘lga olgan Xitoyning «Sunin» xoldingi esa masalaga jiddiy yondashdi. Bu badavlat va hurmatga sazovor kompaniya «Milan» xo‘jayinlaridan farqli ravishda xorijiy xo‘jayinlar borasidagi shubha-gumonlarni yo‘qqa chiqardi. Asosiysi, yosh prezident Stiven Chjan «Kalcho»ning haqiqiy fanati ekanligini isbotladi. Bu mayda jihatlardan tortib, barqaror investisiyalarda ham o‘z aksini topdi - «Sunin» «Inter» uchun qariyb 700 mln. yevro sarfladi. G‘alabalar o‘sha zahoti kelmadi, ammo xitoyliklar sabr bilan pul tikishni davom ettirishdi va bu keyinchalik o‘z samarasini berdi. Endi vaziyat mutlaqo o‘zgacha, klubning maqsadlari yanada jiddiylashadi, lekin bu endi kelajak masalasi.

Konte faktori

«Skudetto»ni qo‘lga kiritish uchun kerakli insonlarni topish talab etilardi. «Inter» «o‘z murabbiyi»ni uzoq qidirdi. Frank de Bur tajribasi naf keltirmadi. Stefano Pioli omadli boshlab, mavsum oxirini boy berdi. Luchano Spalletti munosib ishlab, «Inter»ni Chempionlar Ligasiga qaytardi, biroq «bo‘yidan baland sakray olmadi». Shunda «neradzurralar» Antonio Konteni taklif qilib, unga 12,5 mln. yevro yillik maosh belgilashdi. Shu tariqa ushbu mutaxassis «A» seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylandi.

«Inter» pullarni nimaga sarflayotganini tushunib turardi. Konte - milliy chempionatlarda g‘alaba qozonish ustasi, jamoani jismonan yaxshi tayyorlaydi, uzoq yo‘l uchun kuchni to‘g‘ri chamalaydi. Asosiysi, Antonio «Inter» futbolchilarini o‘z «energiya»si bilan to‘yintirdi, ularning mentalitetini o‘zgartirdi. O‘yinchilar o‘z murabbiylari uchun kurashishga tayyor edilar. Konte va sport direktori Marotta sobiq rahbarlari Anyelliga nimalarga qodirliklarini isbotlashga kirishib, buni a’lo darajada uddalashdi.

Barqaror va tajribali tarkib

Kontening ixtiyorida yaxshigina futbolchilar bor edi. So‘nggi yillardagi xarajatlar o‘zakni shakllantirishda asqotgandi: Xandanovich va Brozovich anchadan buyon jamoadalar, de Vrey, Shkrinyar va Martines Spalletti davrida kelishgan. Yangi murabbiy kelgach, Lukaku va Barella (va jarohatlar sabab salohiyatini namoyon etolmagan Sensi) xarid qilindi. Natijada, «Inter» mavsum-2020|2021ga shakl­langan tarkib bilan kirishdi. Endilikda futbolchilar guruhini sotib olib, ularning moslashishini kutishga ehtiyoj qolmagandi. Mavsumlar oralig‘ida samarali seleksiya ishlari olib borildi: o‘ng qanotga Hakimi olindi, maydon markazi Vidal hisobiga kuchaytirildi, chap qanot uchun ijaradagi Perishich qaytarildi. Garchi yosh jihatidan katta bo‘lsada, jiddiy vazifalarga tayyor mustahkam tarkib vujudga keldi.

Lukaku - Martines juftligi

«Inter»ning nisbatan yorqinroq futbolchilari sifatida hujumchilar juftligini ko‘rsatish mumkin. Lukaku va Martines tandemiga bir yarim yil avval ko‘pchilik havas ko‘zi bilan qaragan, bu ikkovlon bir-birlarining o‘rinlarini yaxshi to‘ldira olardilar. Ular chempionlik mavsumida ham saviyani saqlab qolishdi. Romelu - «A» seriyaning eng yaxshi to‘purarlaridan biri (21ta gol), nisbatan serqirra hisoblangan Martinesning gollari kamroq (15ta) bo‘lsada, jamoaning hujumlariga joziba bag‘ishlaydi. Muhimi, bu futbolchilar ham pozision hujumlarda, ham ochiq hududlarda muvaffaqiyatli to‘p surishmoqda: bahaybat Lukakuning tezkorligi jamoa o‘yinidan olingan eng yorqin taassurotlardan biridir.

O‘yin balansi

Mavsum davomida «interchilar» hujumkor va himoyaviy o‘yin o‘rtasidagi balansni ta’minlay olishdi. Konte dastlab qarshi hujumlarga asoslangan futbolga moyildek tuyulgandi, ammo mavsum boshida «Inter» sermahsul jamoa sifatida ko‘rinish berdi, 5:2 yoki 4:3 hisobi bilan yakunlangan uchrashuvlar fikrimizga isbot bo‘lishi mumkin. «Neradzurralar» o‘z darvozalari oldida yo‘l qo‘yilgan xatolar sabab yo‘qotishlarga uchrab, kuzdayoq yetakchilikni egallash imkoniyatini boy berishdi. Chempionlar Ligasidagi omadsizlik inqirozdan so‘z ochishga sabab bo‘ldi, biroq rahbariyat Kontega ishonishda davom etdi. Yanvar-fevral oylarida «Yuventus» (2:0) hamda «Milan»ni (3:0) yenggan «Inter» hal qiluvchi ustunlikka erisha oldi. Raqiblar qalbiga qo‘rquv solgan hujumchilar juftligiga Barella boshchiligidagi yarim himoyachilar qo‘shimcha kuch bag‘ishlashdi. Boshqa bir italiyalik vunderkind Bastoni tufayli mudofaa chizig‘i mustahkamlandi.

Uzun «o‘rindiq»

O‘tgan mavsumda ham «Inter» yetarli darajada kuchga ega edi, «skudetto» uchun astoydil da’vogarlik qildi, ammo baribir, «Yuventus»ni quvib o‘tishga madori yetmadi. Bunga «o‘rindiq»ning torligi sabab bo‘lgandi: zaxiradagilar asosiy tarkibdagilarning o‘rnini to‘ldira olmadilar. Joriy mavsum boshida mavjud kamchilikni bartaraf etishga urinishdi, tig‘iz taqvim sharoitida bunga katta ehtiyoj tug‘ilgandi. Pandemiya davridagi futbol shuni taqozo etmoqda: 11 nafar emas, 22 nafar top darajadagi futbolchiga ega jamoa g‘alaba qozonadi. Bahorda bu omil yaqqol namoyon bo‘ldi, «Inter» yetakchilari jismonan toliqib qolishganda, tajribali zaxira vakillari katta sahnaga chiqishdi. Misol uchun, Matteo Darmian «Verona» va «Kalyari» bilan o‘yinlarda g‘alaba gollarini urdi. Hisobdan chiqarilgan Kristian Eriksen esa bahorda «uyg‘onib», jarohat olgan Vidalning o‘rnini egalladi va asosiy tarkibning foydali o‘yinchisiga aylandi.

Bor e’tibor - chempionatga

«Inter» bir yil davomida bir nuqtaga tikildi: asosiy e’tibor Italiya chempionatiga qaratildi. Chempionlar Ligasidagi omadsizlik Antonio Konte uchun odatiy holga aylandi, lekin yevrokuboklarni erta tark etish bor kuchni «A» seriyaga safarbar etish imkonini berdi. Real va potensial raqobatchilar kuchlarini YECHL va YEL «pley-off» bosqichlariga sarflashayotganda, «neradzurralar» turnir jadvalida ulardan tobora uzoqlashdilar. Bu yil «Inter»ga atalgandi va yakunda uzoq kutilgan «skudetto» qo‘lga kiritildi.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 22:32, 19.05.2021. O'qildi: 2313 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.