Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Arsenal»ga yangi darvozabon kerak. Bernd Lenoning o‘rniga munoib nomzod kim?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kelasi mavsum «to‘pchilar» uchun birinchi raqam bo‘lishi mumkin bo‘lgan darvozabonlar haqida.

Londonning «Arsenal» klubi ushbu mavsumda o‘z muxlislarini xafa qilishda davom etmoqda. Bir paytlar Premyer-Ligada shov-shuvga sabab bo‘lgan jamoa, endi o‘rta darajadagi klublar qatorida yuribdi, tez orada yuqori natijaga erishishga ishonch ham yo‘q. Natijalar uchun javobgarlardan biri bu «kanonirlar» ning 29 yoshli darvozaboni Bernd Leno. Sotib olingan vaqtda jiddiy umidlar bog‘langan Leno, endi ba’zi uchrashuvlarda,hatto beshinchi sinf bolasi qaytaradigan to‘plarni o‘tkazib yuborgan vaziyatlar ham bo‘ldi.

So‘nggi paytlarda Lenoning yozda «Arsenal»dan ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalayotgani ajablanarli emas. London klubi nemis futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormayapti va shartnoma yana 2 yilga mo‘ljallanganligi sababli, uni bepul qo‘yib yubormaslik uchun futbolchi uchun takliflarni ko‘rib chiqishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.

Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, «Arsenal» Lenoning o‘rnini kim egallashi haqida o‘ylashi kerak bo‘ladi va biz o‘zimizning beshta variantimizni taklif qilamiz...

David Raya
Yoshi: 25
Fuqarolik: Ispaniya
Klub: «Brentford»
Transfer narxi: 12 million yevro

Barselonada tug‘ilgan ispaniyalik Raya butun professional faoliyatini Tumanli Albionda o‘tkazgan. David 2012 yilda, atigi 16 yoshida Angliyaga ko‘chib o‘tdi, avval u «Blekbern»da, keyin «Sautport»da ijarada o‘ynadi va 2019 yilda 3,35 million yevro evaziga «Brentford» ga ko‘chib o‘tdi, o‘shandan beri u yerda jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lib kelyapti.

Rayaning «Arsenal»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar o‘tgan yoz ingliz matbuotida faol tarqaldi. Keyin Mikel Arteta Leno uchun ideal raqib sifatida ko‘rgan vatandoshining transferidan juda manfaatdor edi, ammo Brentford «to‘pchilar» ning barcha takliflarini qat’iyan rad etdi.

Bu yozda vaziyat o‘zgarishi mumkin, chunki «Brentford» Premyer-ligaga chiqish uchun pley-offda o‘ynaydi. Ushbu kurashda muvaffaqiyatsiz natija bo‘lgan taqdirda, «asalarilar» ba’zi asosiy o‘yinchilari bilan xayrlashishlariga to‘g‘ri keladi. Raya ushbu ro‘yxatda birinchilardan.

Sem DJONSTON
Yoshi: 28
Fuqarolik: Angliya
Klub: «Vest Bromvich»
Transfer narxi: 6 million yevro

«Vest Brom» Angliya Premyer-ligasini mavsum oxirida tark etishiga qaramay, darvozabon Sem Djontson faqat eng ijobiy fikrlarga loyiq. «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi nafaqat o‘tkazib yuborilgan gollarda, balki qaytarilgan zarbalar soni bo‘yicha ham turnirda eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.

Ushbu mavsumda «Vest Brom» himoyasi elakdagi unga o‘xshab elanib ketishida Djonstonning aybi minimum darajada bo‘ldi. Darvozabon o‘zining maksimal darajadagi sport harakatlari bilan jamoadoshlaridan ajralib turdi,butun mavsum davomida.

Shubhasiz, Djonston uchun Chempionshipda harakat qilish fojia bo‘lmaydi. U avvalgi 4 mavsumda quyi divizionda o‘ynagan. Ha, «Vest Brom» albatta, futbolchilar maoshini tushirishi kerak, chunki Premyer-ligadan tushib ketganidan so‘ng, klubning translyasiyadan keladigan mablag‘i kamayadi.

Neto
Yoshi: 31
Fuqarolik: Braziliya
Klub: «Barselona»
Transfer narxi: 10 million yevro

«Valensiya» da o‘zini ajoyib tarzda namoyish etgan 31 yoshli Neto allaqachon «Barselona» zaxirasida o‘tirib qolganga o‘xshaydi. Braziliyalik 2019 yil yozida Kataloniya grandiga ko‘chib o‘tgan edi, ammo o‘shandan beri Mark-André ter Shtegenga qarshilik qilolmadi.

Netoning «Barselona» bilan shartnomasi yana 2 yilga mo‘ljallangan, ammo kataloniyaliklarning hozirgi La Liga va Chempionlar Ligasidagi ochiqchasiga muvaffaqiyatsizligini inobatga olgan holda, yozda klubda tubdan qayta qurish boshlanishi mumkin. Buning natijasi nafaqat Kumanning iste’fosi, balki futbolchilar o‘rtasidagi kadrlar almashishi. Bu vaziyatda Neto jamoadan ketishga asosiy nomzodlardan.

Netoning o‘zi uchun ham «Barselona» da qolish mantiqsizlik bo‘lardi. Ha, bu jamoada u zamonaviy futbolning eng yaxshi futbolchilari bilan ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritdi, ammo nafaqaga chiqqunga qadar braziliyalik yana bir ikki mavsum davomida yuqori darajada o‘ynashga qodir.

So‘nggi yillarda braziliyalik darvozabonlar ko‘p harakat qilayotgan «Arsenal» va Premyer-liga Neto uchun ajoyib imkoniyatlar eshigi bo‘lishi mumkin.

Illan MELYE
Yoshi: 21
Fuqarolik: Fransiya
Klub: «Lids»
Transfer narxi: 17 million yevro

Ushbu mavsum Melyening Angliya Premyer-ligasidagi debyuti bo‘lishiga qaramay, yosh fransuz allaqachon bunday yuqori darajadagi ishonchni oqlay olishini namoyish etdi. Illan turnirda 11 quruq o‘yin o‘tkazgan bu natija bo‘yicha, faqatgina «Manchester Siti» dan Ederson (18), «Chelsi» dan Eduar Mendi (16), «Aston Villa» dan Emiliano Martines (15) va «Tottenxem» dan Ugo Lloris (12) lar yaxshi natija ko‘rsatishgan. Bundan tashqari, agar sanab o‘tilganlarning har biri allaqachon 30 yoshga yaqinlashib qolgan bo‘lsa, Melye atigi 21 yoshda, bu uni hozirgi paytda Premyer-liganing eng istiqbolli darvozabonlaridan biriga aylantiradi.

Melyerning darvozada qilgan ishonchli ishi tufayli, uning «Lids» klubi mavsumni APLda muvaffaqiyatli o‘tkazib, «Arsenal» bilan deyarli teng o‘yin namoyish etdi, uning byudjeti va futbolchilari tajribasini hozirgi «tovuslar» bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Yana bir savol «Lids» Illanni sotmoqchi bo‘ladimi? Jamoa bosh murabbiyi Marselo Biyelsa bunday tashabbusdan xursand bo‘lmaydi va klub rahbariyati murabbiy bilan ziddiyatga borishni istamasa kerak, chunki argentinalik o‘z vazifasini mukammal bajarmoqda.

Melyerning o‘zi uchun, ehtimol, «Arsenal» ga o‘tish uning faoliyatidagi o‘sish bo‘lishi mumkin, ammo kelajakda «kanonirlar» o‘zlari yuqorilashni niyat qilgan taqdirdagina. Agar londonliklarning natijalari pastlashda davom etsa,unda Melyening «Arsenal» ga o‘tishi variant klub uchun qiziq bo‘lishi mumkin, ammo futbolchining o‘zi uchun emas.

Metyu Rayan
Yoshi: 29 yosh
Fuqarolik: Avstraliya
Klub: «Arsenal» / «Brayton»
Transfer narxi: 6 million yevro

Metyu Rayan so‘nggi uch yarim yil davomida «Brayton» da o‘ynagan, ammo qishda «Arsenal» rahbariyati Bernd Lenoga potensial raqobatdosh sifatida uni olti oyga ijaraga olishgan. Natijada, Rayan Premyer-ligada atigi 3 uchrashuv o‘tkazdi, ularda 2 ta gol o‘tkazib yubordi va bitta holatda u maydonni «quruq» tark etdi.

Rayan kelasi mavsumda «Arsenal» uchun to‘laqonli birinchi raqamiga aylanishi mumkin deyish yaramaydi. Bu ilgari Belgiya chempionatida va o‘sha «Brayton»da o‘zini yaxshi ko‘rsatgan tajribali darvozabon, ammo Ektor Bellerin yoki Kiran Tirni kabi yulduzlarni boshqarish uchun u yetarli nomga ega emas.

«Arsenal» Lenoning o‘rniga Rayanni bir vaziyatda olib qolishi mumkin. Pul bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda yoki boshqa nomzodlar bilan kelishiv amalga oshmay qolsa. Ammo, futbolda ilgari hisobdan chiqarilgan zaxira futbolchisi oxir-oqibat jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan holatlar bo‘lgan. Bu «Arsenal»da hamma narsa bo‘lishi mumkin. Kim biladi, deysiz kim biladi...

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:44, 22.05.2021. O'qildi: 4689 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик