Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Reyting: «Barsa» eng qimmatbahosi bo‘lardi, agar...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Reytinglar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Forbes jurnali o‘z tahlillariga tayanib, jahon sportidagi eng qimmatbaho 50ta klub reytingini shakllantirdi. Elit ro‘yxatga kirgan naq 26ta jamoa MFL (Milliy futbol ligasi) vakili ekanligini alohida ta’kidlash kerak. Forbes talqinidagi reytingning yuqori 10taligida futboldan 3tagina jamoa bor: Ispaniyaning ikki grandi («Real», «Barselona») va «Bavariya». «Koronavirus pandemiyasi sport sanoatini izdan chiqardi deyarli, ammo klublarga egalik qiluvchi milliarderlarning ishlari yashnamoqda, baribir. Oddiy fakt - dunyoning eng kuchli jamoalari o‘rtacha qiymati bir yil davomida 9,9 foiz o‘sib, 3,4 milliard dollarga yetdi», - deyiladi Forbes bayonotida.

Aytish mumkinki, Yevropada Superliga tuzishni rejalashtirganlarning aynan Amerika ligalari muvaffaqiyatidan ilhomlanishgani tayin. To‘g‘ri, Florentino Peres Chempionlar Ligasining yangi ko‘rinishi yopiq turnir bo‘lmasligini alohida ta’kidlagandi. Qarang, dunyo sportidagi 50ta eng qimmatbaho jamoa ro‘yxatida MFLning 26ta va MBAning 9ta jamoasi bor. Qolgan 15ta klub futbol (9ta) va beysbol (6ta)ga tegishli.

Jahon sportining eng Qimmatbaho

10ta klubi (Forbes talQini)

«Dallas Kovboys» (MFL) - 5,7 mlrd. dollar

«Nyu-York Yankis» (MBL) - 5,25 mlrd. dollar

«Nyu-York Niks» (MBA) - 5 mlrd. dollar

«Barselona» (La Liga) - 4,76 mlrd. dollar

«Real» (La Liga) - 4,75 mlrd. dollar

«Golden Steyt Uorriorz» (MBA) - 4,7 mlrd. dollar

«Los-Anjeles Leykers» (MBA) - 4,6 mlrd. dollar

«Nyu-Inglend Petriots» (MFL) - 4,4 mlrd. dollar

«Nyu-York Jayents» (MFL) - 4,3 mlrd. dollar

«Bavariya» (Bundesliga) - 4,22 mlrd. dollar

Dunyoning eng qimmatbaho sport klublari qatoriga «Barselona», «Real» va «Bavariya»dan tashqari, «Manchester Yunayted» (11-o‘rin; 4,2 milliard), «Liverpul» (12-o‘rin; 4,1 milliard), «Manchester Siti» («Manchester Siti», 13|14-o‘rinlar; 4 milliard), «Chelsi» (25-27-o‘rinlar; 3,2 milliard), «Arsenal» (38-o‘rin; 2,8 milliard) va «PSJ» (43-45-o‘rinlar; 2,5 milliard) klublari ham kirdi.

Yana bir nechta muhim fakt

***    Oxirgi 5 yil ichida qiymati ikki baravar oshgan 6ta klubdan 3tasi futbolga tegishli: «PSJ» (207 foiz o‘sish), «Liverpul» (165 foiz o‘sish) va «Manchester Siti» (108 foiz o‘sish).

***    Tushunarliki, futbol dunyosida APLning televizion huquqlari eng qimmati: mahalliy bozor (Buyuk Britaniyaniki)ning o‘zi futbol namoyishi uchun yiliga 2,18 milliard dollar to‘laydi. Taqqoslash uchun aytsak, MFL yaqinda umumiy summasi 103 milliard dollarga teng (yiliga 10,3 milliard) 10 yillik yangi televizion shartnoma tuzdi. 2023 yildan kuchga kiradigan bu bitim amaldagisiga nisbatan 80 foiz qimmatroqdir.

***        Agar Yevropada Superliga g‘oyasi amalga tatbiq etilganida, 12ta asoschi klubning umumiy qiymati 12,7 milliard dollarga oshardi. Xususan, «Barselona» dunyoning eng qimmatbaho sport klubi - «Dallas Kovboys»ni chetga surib, reyting peshqadamiga aylanib olardi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:29, 25.05.2021. O'qildi: 8381 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик