Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Agueroning uzoq yillik orzulari ushalish arafasida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Argentinalik iqtidor egasi Serxio Kun Aguero yaqin kunlar ichida "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin. Yevropa Chempionlar Ligasi finalidan so‘ng bu transfer amalga oshishi kutilmoqda. Bu shunchaki transfer yoki shunchaki final emas, aslida. Bir futbolchining uzoq yillik orzularining ro‘yobi, lekin hali to‘liq ro‘yobi deya olmaymiz. Har holda u shunga yaqin.


"Manchester Siti" afsonasi

Hozir u "shaharliklar"ning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi va hamon u shu klubda, ammo bu mavsum yakunida uning boshqa jamoaga o‘tishi oydinlashib bormoqda. U ushbu klub uchun hamma qo‘lidan kelgan ishni qildi. Mana shu klubda o‘ynagan davri mobaynida boshqa klubga o‘tishni o‘ylamadi. "Manchester Siti"da o‘ynadi va shu klub bilan yashadi. 2011 yilda Ispaniyadan Angliyaga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa, shu davr davomida u klubning uzoq yillik asosiy hujumchisi sifatida faoliyat olib borib, ko‘plab gollar urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, argentinalik hujumchi 5 marotaba Angliya chempioni bo‘ldi va 6 bora Angliya Liga Kubogini boshi uzra ko‘tardi. Xullas, bir jamoa uchun nima qilish kerak bo‘lsa, barchasini qildi, ammo har narsaning nihoyasi bo‘lganidek, uning ham "Manchester Siti"dagi faoliyati tobora yakunlanib bormoqda, ammo ketishidan oldin bir orzusiga yetishib ketishi mumkin va ketganidan keyin ham yana bir orzusi katta ehtimol ushaladi.

Uning orzusi

"Manchester Siti" jamoasi uzoq vaqtdan buyon Angliyada tengsiz, orada biroz boy berilgan mavsumlar va yana "shaharliklar" "tumanli albion"dagi birinchi jamoa. So‘nggi 4 mavsumning 3 tasida ham aynan shu klub chempion bo‘ldi. Bu taraflama muxlislarning ko‘ngli to‘q edi, ammo ko‘hna qitaning eng nufuzli turniri bo‘lmish Chempionlar Ligasida ular muvaffaqiyatga erisha olmayotgan edi. Klub har qancha kuchli o‘yin ko‘rsatmasin va kuchli tarkibga ega bo‘lmasin baribir omadsizlikka uchrayverar edi. Agueroning o‘zi 2014 yilda "Chempionlar Ligasini yutmagunimcha "Manchester Siti"da qolaman" degan edi. Bu mavsumda u ketishga yaqin va qizig‘i YECHLning bosh sovrinini ham yutishga yaqin turibdi. Buning uchun, finalda "Chelsi" mag‘lub etilishi kerak. Uzoq yillik orzular amalga oshishi mumkin, ammo hozir u bu klubda asosiy tarkib futbolchisi emas. Shahsan men Agueroning maydonga tushishini juda ham xohlayman. Chunki, bu jamoada ushbu sovrinni yutishga eng ko‘p xaqli inson bu Aguero va xatto Gvardiola ham emas. Gvardiola bir futbolchining klub uchun qilganldarini va uning istak-xohishlarini inobatga olib, uni finalda maydonga tushirishi kerak. Hech bo‘lmasa bir necha daqiqaga.

Ikkinchi orzusi

Chempionlik o‘z yo‘liga, ammo uning yana bir orzusi bu o‘zining Argentinadagi jamoadoshi Messi bilan to‘p surish edi. Bu ikki futbolchi qalin do‘st va  ularning bir-birini tushunib o‘ynash jihatlari ham anchagina yaxshi rivojlangan. Bu juftlik bir klubda to‘p sursa, ko‘p ishlar qila oladi. Yosh faktori ham bor, ammo ular hali ko‘p narsalarga qodir. Messiga "Barselona"da baribir uni tushuna oladigan yaxshi bir hujumchi kerak. Grizmann ayni damda u bilan yaxshi tandem, lekin u sof hujumchi emas va o‘zini ham unchalik ko‘rsata olmayapti. Suaresni esa bir yil oldin klub sotib yubordi va qanchalik xato qilganini tushunib yetmoqda. Endi uning o‘rniga Aguero olib kelinsa, "yaraga malham qo‘yganday" bo‘lar edi. Shuningdek, uning Kataloniyaga kelishi, Messining ham qolishiga yordam beradi.

Aguero hamon kuchli futbolchi. Balki, bu mavsumda undan sermahsullik va yaxshi o‘yinlar ko‘rmagandurmiz, lekin u baribir hali o‘zini ko‘rsata oladi. "Siti"da bo‘lmasa "Barselona"da.

 

                                                                             Xudayqulov KARIM tayyorladi

 

 

Kiritildi: 17:15, 28.05.2021. O'qildi: 4388 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик