Bugun 30 may, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevro-2020. Ochilish bahsi. Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan «skuadra adzurra» Onado‘li turklariga qarshi!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Evropa chempionati / Guruh bahslari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Sarlavhadan ham anglashilib turibdiki, bugun milliy g‘urur uchun jang bo‘lib o‘tadi. Shonli tarixga ega bo‘lgan turklar o‘zlarini Yevroda ham bor imkoniyatlari bilan sinab ko‘rishga harakat qiladi.

Uchrashuvga doir qiziqarli aspektlar yetarlicha. Bugun umuman bir biriga o‘xshamagan uslub egalarining o‘yinini ko‘rarmiz balki. Italiya barchaga ma’lum: pragmatiklikdan biroz ortga chekinayotgan, ichki chempionatiga va shu asnoda milliy terma jamoa uslubiga ham hujumkorlik kirib kelayotgan armiya. Tarkibida «oltin butsa» uchun kurashdan to‘xtamaydigan Immobilisi bor kuchli raqib.

Lekin Turkiyachi? Avlodlar almashinuvidan muvaffaqiyatli o‘tib borayotgan Gunesh shogirdlari bugun barchaga sirli. Ishonchli o‘yinlari ortida turgan aniq qurol nima ekanini hech kim to‘liq bilmaydi. Shunday ekan, bugungi o‘yin qiziqarli o‘tishi uchun turli faktorlar yetarlicha.

Bugun muxlislar intiqlik bilan uzoq kutgan Yevropa chempionatiga start beriladi. Aslida o‘tgan yili bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan musobaqa endi mana 5 yilga kelib butun dunyo muxlislari diqqat e’tiborini bir yerga to‘plamoqda.

Bu safargi mundial avvalgilaridan boshqacharoq - turli mamlakat shaharlarida o‘tkazilayotgani bilan ham diqqatga molik. Turnirning ochilish bahsi bugun tunda Turkiya hamda Italiya jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv bilan boshlanishi rejalashtirilgan. Bugun ushbu uchrashuv haqida qisqacha to‘xtalamiz.

Italiya

Bahs Rimdagi mashhur «Olimpiko» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Nominal mezbon garchi turklar bo‘lishiga qaramay bu maqom baribir mantiqiy jihatdan Italiya tarafida bo‘lishini barcha his etib turibdi. Turgan gapki, futbolchilarda ko‘zga tashlanadigan ishonch uchqunlari «moviy gvardiya»da ko‘proq bo‘lsa ajab emas. Buni stadionga kiritiladigan 20 mingga yaqin muxlis ham tasdiqlab bersa ajab emas.

Terma jamoalarning bu yergacha yetib kelgan yo‘li ham turlicha aslida. Turklar Fransiya joy olgan guruhdan ikkinchi o‘rinni egallab ushbu musobaqaga yetib kelishgan bo‘lsa, Italiya o‘z guruhida yaqqol peshqadamlikni qo‘lga olganidan xabaringiz bor. Qiziq tomoni, ularning eng yaqin ta’qibchisi Finlandiya bilan o‘rtadagi ochkolar farqi 12 ballgacha kengayib ketgandi. Chexiya bilan bo‘lib o‘tgan so‘nggi, o‘rtoqlik maqomidagi bahs ham «moviy gvardiya»ning to‘liq ustunligi bilan tugagan (4:0). Italiya o‘zi o‘ynagan oxirgi uchrashuvlarda kamida 2 ta gol urmoqda.

Himoyaning bir me’yorda mustahkamligi bilan bir tempda jamoa ko‘pchilikni hayratga solayotgan rekordni ham qayd etib ulgurdi - 27 o‘yindan buyon hali «skuadra adzurra»ni taslim eta oladigan jamoa topilmayapti. Buning ustiga ketma-ket 7 o‘yinlik g‘alabali seriya ham mavjud. Jahon chempionatiga saralash guruhida ham 3 ta o‘yin o‘tkazgan italyanlar 9 ochko to‘plagan holda guruhlarida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Jamoaning raqib darvozasiga yo‘llayotgan gollariga ham asosan A Seriya yetakchilari mualliflik qilmoqda. Chexiya bilan bo‘lib o‘tgan bahsda ham InsinYE, Barella, Immobili va Berardi yana bir bor katta sahnaga chiqishdi.

Turkiya

Ushbu jamoadan neytral muxlislar bu mundialda katta natijalarni kutishmoqda. Nisbatan «toza» amalga oshirilgan avlodlar almashinuvi va Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida javlon urayotgan iste’dod egalari bugungi Turkiyaning ustuniga aylanishgan. Ularning qatoriga A Seriyada o‘tgan mavsum eng ko‘p vaziyat yaratgan futbolchilardan biri Hakan Chalxanoglu, «Lester» himoya chizig‘ida o‘tib bo‘lmas «qo‘rg‘on»ga aylangan Chaglar Syoyundjyu hamda «Liverpul»ga mavsum oxirlarida ancha foydasi tekkan Ozan Kabaklarni kiritishimiz mumkin. Shuningdek, «Lill»ni Fransiya chempioniga aylantirgan Burak Yilmaz va Yusuf Yazijilarni ham bemalol eng muhim figuralardan biri sifatida ko‘rsatish mumkin.

Jahon chempionati saralashi doirasida Turkiya ancha muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. To‘planishi kerak bo‘lgan maksimal 9 ochkodan 7 ball olindi. Gollandiya va Norvegiya singari jamoalar ishonchli hisobda tor-mor etilgan bo‘lsa, Latviya bilan kutilmaganda durangga imzo chekildi. O‘tkazilgan oxirgi o‘rtoqlik bahslarida ham jamoa biror marta mag‘lubiyatga uchramadi. To‘g‘ri bu Italiyaning mustahkam g‘alabali seriyasi oldida kichik zarra singari ko‘rinishi mumkin, biroq mutaxassislar zamonaviy Turkiyaning imkoniyatlarini ancha yuqori baholayapti, ulardan shonli tarix takrorini kutishmoqda.

Tarkib borasida har ikkala jamoada ham deyarli yo‘qotish yo‘q. Biroq Italiya safida Lorenso Pellegrini jarohati bois 1-turni o‘tkazib yuboradi. Turkiya esa to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi.

Faktlar:

Turkiya va Italiya o‘zaro jami 11 marotaba to‘qnash kelishgan. Ularning 8 tasida «skuadra adzurra»ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana 3 bahs durang bilan tugagan. Jamoalarning o‘yini 2006 yilda bo‘lib o‘tgan bo‘lib unda 1:1 hisobi qayd etilgan.

- Italiya Yevropa chempionatidagi so‘nggi 10 ta o‘yinining barchasida g‘alaba qozongan.

- Italiya Yevropa chempionatidagi so‘nggi 10 ta bahsda kamida 2 tadan gol urib kelmoqda.

- Turkiya Yevropa chempionatlarida so‘nggi 6 uchrashuvdan 5 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda.

- Italiya o‘zi qatnashgan so‘nggi 3 uchrashuvning har ikkala bo‘limlarida ham g‘alaba qozonib  kelmoqda.

- Turkiya ushbu mundialdagi so‘nggi 4 o‘yinida 2,5 tadan ziyod gol urib kelmoqda.

- Turkiya Yevropa chempionatida so‘nggi 6 ta uchrashuvda hali mag‘lubiyatga uchramagan.

 

Italiyaning JCH saralashidagi holati

Turkiyaning JCH saralashidagi holati


Italiyaning Yevropa chempionati kvalifikasiyasida qayd etgan natijasi

Turkiyaning Yevropa chempionati kvalifikasiyasida qayd etgan natijasi

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:12, 11.06.2021. O'qildi: 4354 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик