Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Allegrining yangi «Yuventus»i. Futbolchilar taqdiri nima bo‘ladi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Yuventus» katta o‘zgarishlar arafasida turibdi. Italiya kubogi va superkubogidagi g‘alabaga qaramay, jamoa mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi: chempionlik maqomidan mahrum bo‘ldi va so‘nggi turdagina Chempionlar ligasiga yo‘l oldi.
Turinliklarga omad kulib boqdi: «Verona» va Ivan Yurich «Napoli»dan ochko olib (1:1), Yevropaning asosiy turnirida ishtirok etish huquqini taqdim etishdi. «Keksa Sinyora» oxirgi marta bunday holatga tushganini eslay olmaymiz. Ushbu muvaffaqqiyatsizlikdan so‘ng jamoada o‘zgarishlar bo‘lishi aniq edi: Andrea Anyelli sport direktori Fabio Paratichi va Andrea Pirloni iste’foga chiqardi. Bu hali boshlanishi.
Prezident Mourisio Sarri va Pirloning jamoa bosh murabbiyligiga tayinlanishi xato ekanligini tan oldi. Klubning so‘nggi yillardagi eng muvaffaqqiyatli murabbiyi Massimiliano Allegrini olib keldi. U ikki mavsum dam oldi va jonajon klubi uchun tayyorlab qo‘ygan rejalari bo‘lishi tabiiy. U qaysi futbolchilarni olib qolishi yoki ketkazib yuborishi mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.

Qulaylik zonasi

Voysex Shensni: jamoning asosiy darvozaboni. U mavsumni tartibsiz o‘tkazdi (A seriyada «quruq o‘yinlar» soni bo‘yicha 14-o‘rin), ammo «Yuventus»da unga munosib o‘rinbosar yo‘q. Albatta, yaqin kelajakda vaziyat o‘zgarishi mumkin: Janluiji Donnarumma erkin agent maqomida. Shunga qaramay, Shensni katta ehtimol bilan klubda qoladi.

Mattias de Ligt: Gollandiyalik futbolchi ikki yildan beri Turinda bo‘lib turibdi va hanuzgacha yuqori saviyada o‘ynamayapti. Ammo Allegri, albatta, undan foydalanadi: Mattiasning salohiyatiga shubha yo‘q. «Sarribol» va Pirloning o‘yin uslubida o‘zini yaxshi ko‘rsata olmadi.

Merix Demiral: yosh va umidli himoyachi. Allegrining kelajak jamoasida unga joy topiladi.

Leonardo Bonuchchi: ashaddiy raqib jamoa safiga o‘tib, ortga qaytsa hamki Bonuchchinig kerakli futbolchi ekanligiga hech kimda shubha qolmadi . U haqiqiy lider va kurashuvchan futbolchi.

Jorjo Kyellini: Yoshi o‘tib borayotgan bo‘lsa-da, xuddi Bonuchchi kabi kerakli futbolchi. Farqi, u klubiga sadoqatli.

Danilo: Jamoaga kelganida, Kanseluning o‘rnini bosa olmayotgandek tuyulgandi, bu mavsumda esa, barchasi o‘zgardi. Yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatgan kam sonli futbolchilardan biri aynan Danilo bo‘ldi.

Xuan Kuadrado: jamoaning sadoqatli futbolchilaridan biri. Ronaldu kelganida o‘z raqamini berishga-da rozi bo‘lib, kamtarona 16-raqamni kiyib olgandi. Hujum va himoyada juda faol va kurashuvchan. Allegriga kerakli futbolchi.

Artur: Pyanich bilan «rokirovka» qilingan futbolchi yorqin o‘yin ko‘rsatmadi. Shuning uchundir, Allegri bosniyalikni ortga qaytarishlarini so‘radi. Biroq Artur Pyanich bilan markazda yaxshi tandem hosil qilishi mumkin. Hali yosh va o‘sishga moyil futbolchi.

Adriyen Rabyo: bu mavsum deyarli barcha asosiy o‘yinlarda ishtirok etdi va Turinga moslashib ulgurdi. Yarim himoyada istalgan vazifalarni bajara oladi. U avvalgi darajasiga qayta oldi.

Ueston Makkenni: Amerikalik ushbu mavsumning eng ko‘zga ko‘ringan futbolchilaridan biri bo‘ldi va bunga shubha yo‘q. Dallas akademiyasi tarbiyalanuvchisi o‘zining mehnatsevarligi, aniq va kuchli zarbasi borligi, pas bera olish qobiliyati bilan barchani ajablantira oldi. Yakunda «Yuventus» uni «Shalke»dan 18.5 million yevroga sotib oldi.

Federiko Kyeza: Kyeza «Yuventus»ga «Fiorentina»dan olib kelindi. «Portu», «Dinamo Kiyev», «Milan», «Inter», «Lasio» va «Napoli»ga qarshi o‘yinlardagi samarali harakatlari jurnalistlar va klub muxlislari tomonidan e’tirof etildi. Uning lubda qolishi kerakligi kundek ravshan.

Kulusevski: shvesiyalik futbolchi jamoa uchun ko‘p narsalar qilishi aniq. Hali yosh va ikkinchi Dibala bo‘lishga da’vogar.

Paulo Dibala: Paulo Dibala uchun mavsum og‘ir o‘tdi. Argentinalik ikki marotaba koronavirus bilan kasallandi. U Allegrining o‘yin uslubiga mos futbolchi. Massimiliano unga imkoniyat taqdim etadi, albatta. 3-5-2 taktik uslubida, Pauloning kafolatlangan joyi bor.

Alvaro Morata: Massimiliano Allegri ispaniyalik futbolchining «Yuventus»da qolishini allaqachon e’lon qilgan. 44 ta o‘yinda 20 ta gol va 12 ta golli pas! Moratani yillar davomida tanqid qilishmoqda, ammo unga yaxshi muhit kerak. Allegri markaziy hujumchini juda yaxshi biladi va hali ham uning goleadorligiga shubha yo‘q.

Noaniqlik zonasi

Aleks Sandro: Allegri kashf etgan futbolchi, unga kerak bo‘lmay qolish ehtimoli yo‘q emas. Doimiy va bir xil o‘yin uslubi bilan asosiy tarkibga kirish qiyin.

Janluka Frabotta: Italiyalik Sandro bilan rotasiya qilingan va u ham juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Unga imkon berilishi kerak.

Xavf zonasi

Karlo Pinsolio: jamoaning 3-darvozaboni. Mavsum davomida 22 daqiqa (!) maydonda harakat qilgan va katta ehtimol bilan yangi jamoada ko‘rinish beradi.

Aaron Remzi: Uelslik bo‘shliqlarni to‘ldira oladi. Biroq hujumkor yarim himoyachi uchun bu yetarli emas.

Krishtianu Ronaldu zonasi

Asosiy savol: Ronalduning kelishi «Yuventus»ni yanada kuchaytirdimi?

Birinchi mavsumining dastlabki turlarida gol urishga qiynalgan bo‘lsa-da, keyinchalik o‘zini ko‘rsatishni boshladi. YECHL pley-off bosqichlarida jamoani oldinga undadi. Biroq chorak finalda to‘xtashga majbur bo‘ldi. Keyingi ikki mavsumda esa nimchorak finaldayoq Italiya super klubiga chiqish eshiklari ko‘rsatildi.
Ronaldu klubga kelishidan avval «Keksa Sinyora» futbolchilari A Seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘lishmaganmidi? A seriya chempionligi, Italiya kubogi va superkubogi qo‘lga kiritilmaganmidi? Krishtianu Andrea Anyelli orzu qilgan Chempionlar ligasini zabt etish uchun taklif qilindi, ammo jamoa o‘rtamiyona «Ayaks», «Lion» va «Portu» klublariga mag‘lub bo‘ldi.
Portugaliyalik futbolchining transferi sabab jamoaning aksiyalari qimmatlashdi. Futbolkalar sotuvidan rekord miqdorda daromad ko‘rildi. Ammo bularning o‘zi uchungina u transfer qilinmagan edi?
Massimiliano Allegri bosh murabbiy etib tayinlangach, portugalning klubdan ketishi haqida gap-so‘zlar tarqala boshladi.
O‘xshaydigan, aslida o‘xshamaydigan variant
Krishtianu Ronaldu 2018 yilgi Rossiya mundialidan so‘ng shov-shuvli tarzda «Real»ni tark etgandi. Bir necha kundan so‘ng, Yevropa chempionati boshlanishidan xabaringiz bor-a?
Musobaqa yakuniga yetgach, boshqa chempionatda paydo bo‘lib qolsa, sira ajablanmang.

Kiritildi: 18:55, 12.06.2021. O'qildi: 4152 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик