Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevro-2020. Angliya - Xorvatiya: tanish chehralar. O‘zaro o‘yinlarda kim ustun? Raqamlar so‘zlaganda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Evropa chempionati / Guruh bahslari
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Bugun Yevropa chempionati navbatdagi uchrashuvlari doirasida barchaning e’tibori "D" guruhi bahslariga qaratiladi. Undagi markaziy bahs Angliya va Xorvatiya jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Stadion.uz doimgidek ushbu qarama qarshilikka oid ayrim fakt va statistikalarga to‘xtalishda davom etadi.

Angliya va Xorvatiya jamoalari shu paytgacha jami 11 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. Ulardan 5 tasida inglizlar va 3 tasida xorvatlarning ustunligini ko‘rish mumkin.

• Angliya Yevropa chempionatlarida bu kabi stabil tarkibi bilan anchadan beri o‘ynamayotgandi. Jamoaning mundialdagi eng yaxshi natijasi 1996 yilgi qit’a chempionatida yarim final bo‘lgan.

O‘shanda «uch sherlar» bo‘lajak chempion Germaniyaga penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchragandi. Qayd etish kerak, o‘sha turnirda musobaqa to‘purari sovrini Alan Shirerga topshirilgan - 5 gol.

• Bugungi Angliya tarkibida qo‘rqinchli strayker Harri Keyn mavjud. U musobaqa kvalifikasiyasida 12 gol bilan to‘purarlikni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari Keyn muqaddam Jahon chempionatida ham o‘z goleadorligini namoyish etgandi. U o‘shanda 6 ta gol bilan mutlaq tengsiz bo‘lgan.

• Bu jamoalar 2018 yildan buyon 4- marta o‘zaro maydonga tushishlari. Eng qizig‘i, o‘sha so‘nggi uchrashuvlarning 3 tasi ham 2018 yili bo‘lib o‘tgan.

Dastlab Xorvatiya Jahon chempionati-2018 yarimfinal bosqichida 2:1 hisobida raqibidan ustun kelgan bo‘lsa, navbatdagi bahslarda inglizlar biror marta ham imkoniyatni boy berishmagan: bir g‘alaba va bir durang. Uchrashuvlar Millatlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan.

• Har ikkala jamoa ham so‘nggi 10 uchrashuvning 7 tasida kamida bittan gol urib kelmoqda. Demak, bu degani biz bugun zerikarli uchrashuv guvohi bo‘lmaymiz.

• Angliya Yevropa chempionati saralash bosqichining guruh bahslarida xabaringiz bor, beshtalik tizimdan joy olgandi. «Uch sherlar» kvalifikasiyada bu borada eng ko‘p gol urgan jamoa hisoblanadi - 37. Albatta bu jamoaning kuchli hujum chizig‘iga ega ekanini ifodalaydi.

Buning ustiga tarkibda APL to‘purari Harri Keyn harakatlanar ekan, istalgan jamoa uchun ushbu faktor boshog‘riq bo‘lishi tabiiy. Faqatgina inglizlardan ikkita o‘yin ko‘proq o‘tkazgan Belgiya bu borada ulardan ustunroq. Roberto Martines shogirlarining hisobida jami 40 ta gol bor.

• Angliya o‘zi qatnashgan katta mundiallar guruh bahslarining so‘nggi 6 tasida umuman mag‘lubiyatga uchramagan. Buning ustiga bugungi bahs muhtasham «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi.

• Angliya va Xorvatiya o‘rtasidagi so‘nggi 3 bahsning 2 tasida g‘alabalar kambeklar evaziga qo‘lga kiritilgan.

• Oxirgi katta mundial - Rossiya mezbonlik qilgan Jahon chempionatida Harri Keyn eng ko‘p penaltilarni ijro etgan - 3.

• Angliya Yevropa chempionatidagi so‘nggi 3 ta o‘yinida eng kamida 4 ta gol urib kelmoqda.

• «Uch sherlar» shuningdek, qit’a chempionatidagi so‘nggi 9 ta uchrashuvda 2,5 tadan ko‘p miqdorda gol urib kelyapti.

• Angliya Yevropa chempionatlarida so‘nggi 34 ta bahsdan 32 tasida umuman mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.

• Jamoa o‘yinning har ikkala bo‘limlarida ham g‘alaba qozonadigan kam sonli termalardan biri. Inglizlar musobaqaning oxirgi 8 ta bahsining 7 tasida har ikki bo‘limlarda ham g‘alabani ushlab qolishning uddasidan chiqqan.

• Angliya Yevropa chempionati doirasidagi so‘nggi 3 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan.

• Angliya Xorvatiyaga qarshi so‘nggi 4 ta o‘zaro uy o‘yinida raqiblari darvozasiga 2,5 tadan ko‘p gol urib kelmoqda.

• Xorvatiya Yevropa chempionati doirasidagi 6 ta uchrashuvdan beri mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda.

• Angliya Xorvatiyaga qarshi so‘nggi 5 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan.

• Angliya so‘nggi o‘tkazgan uchrashuvlar natijasi bo‘yicha o‘zi joylashgan D guruhida yaqqol favoritga aylanadi. Jamoa oxirgi o‘tgan 6 bahsning barchasida g‘alaba qozongan.

• Angliya shu paytgacha o‘tgan Yevrolarning ochilish bahslarida yaqin o‘tmishda biror marta ham g‘alaba qozona olmagan (8 durang, 3 mag‘lubiyat).

• Aksincha Xorvatiya mundialdagi ochilish bahslarining so‘nggi 5 tasidan 4 tasini o‘z foydasiga hal qilgan.

• Xorvatiya Yevro ochilish uchrashuvlarida odatda birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuboradi. Jamoa so‘nggi 5 ta bahsdan 4 tasida birinchi bo‘lib o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:19, 13.06.2021. O'qildi: 2395 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик