Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal
16/12/25 Rayo Valyekano - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Billur oyoqlar" Top - 10ligi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Jarohatlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bir futbolchi iqtidorli bo‘lishi mumkin, ammo kuchli bo‘lish uchun unga yana bir qancha jihatlar kerak. Eng keraklilaridan biri jismoniy holat hisoblanadi. Neymar iqtidor masalasida Messi va Ronaldu bilan tenglasha oladi, ammo aynan o‘sha ta’kidlagan sifatning yetishmasligi uning ikki superyulduz qatorida bo‘lishiga to‘siq bo‘ladi. Shuningdek, bundan 3-4 yil avval Dembele va Mbappe ham bir xil darajadagi futbolchilar edi, ammo birining jarohatlarga o‘ta moyilligi unga har doim halaqit berib keladi. Biri ko‘plab o‘yinlarda maydonga tushib, katta o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatib mahoratini oshirib kelsa, yana biri lazaretda yoki o‘z o‘yida qandaydir mayda-chuyda mashg‘ulotlar bilan band bo‘ladi. Hozir so‘nggi mavsumlarda o‘z jarohati sabab faoliyatini "o‘ldirib" qo‘yayotgan ayrim iqtidorlarga to‘htalib o‘tamiz.

10. Samyuyel Umtiti "Barselona"

2016 yilda Umtiti "Lion"dan "Barselona"ga 25 million yevro evaziga kelib qo‘shildi. Avvaliga ko‘pchilik ushbu transferga shubha bilan qaradi, ammo uning ilk mavsumida bu shubhalar aridi. U yorqin o‘yinlari bilan tezda asosiy tarkibdan o‘rin egalladi, ammo 2017 yilda "Sporting" jamoasiga qarshi o‘yinda futbolchining olgan jarohati katta baxtsizlikning boshlanishi edi. Shundan so‘ng futbolchi tez-tez jarohat olishni boshladi va bora-bora asosiy tarkibdagi o‘rnini ham boy berib qo‘ydi. Hozir fransuz himoyachi Kataloniya klubi uchun kerakchiz futbolchilar qatorida va katta ehtimol yozda boshqa klubga o‘tishi mumkin. Aslida, u endigina 27 yoshda va bu vaqtda u faoliyatining ayni cho‘qqi pallasiga chiqqan davr bo‘lishi lozim edi, ammo hammasi o‘zgacha tus oldi.

9. Tomas Vermalen "Vissel Kobe"

Navbatdagi o‘rindan yana bir "Barselona"da to‘p surgan o‘yinchi o‘rin olgan. Tomas APLning shiddatli o‘yinlaridan so‘ng biroz sokinroq chempionat La Ligaga kelgan Vermalen bu yangi joyga moslashib keta olmadi. Kataloniya klubi safida 12 marotaba jarohat olgan Tomas umumiy 83 ta o‘yin va 444 kunni jarohati sabab o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi. O‘zi shundog‘am zaxira o‘yinchisi bo‘lib qolgan Tomas jarohatlaridan so‘ng oxiri nafaqat "ko‘k-anorranglilar" safidan balki, Yevro futboldan ham ketishiga to‘g‘ri keldi. Ayni damda u Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubida to‘p tepmoqda.

8. Dani Karvaxal "Real Madrid"

"Real Madrid" klubining yetakchi yarim himoyachilaridan biri Dani Karvaxalni ushbu ro‘yxatdan o‘rin egallashiga so‘nggi paytlardagi ketma-ket jarohatlar sabab bo‘lmoqda, aslida. O‘sha "Real" Yevropani zir titratgan yillarda u bunday jarohatlar olmas edi. Bu mavsum Dani Karvaxal La Ligada 13 ta Chempionlar Ligasida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ayni damda "qirollik klubi"ning qanotida bir qator muammolar vujudga kelmoqda. Xattoki yarim himoyachi Valverde bu pozisiyada o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. Ispaniyalik himoyachi juda ham kerakli paytda o‘z jamoasiga pand bermoqda, ammo "Real"da bu borada undan ancha "kuchli" futbolchidar ham mavjud.

7. Jek Uilsher "Bornmut"

Ayni paytda "Bornmut" safida to‘p tepayotgan yarim himoyachining jarohatlari butun faoliyatiga katta zarba berdi. Angliya terma jamasida uzoq vaqt to‘p tepgan, "Arsenal"da ham o‘zining yorqin o‘yinlari bilan esda qolgan Uilsherning iqtidori shunchaki, "sindi". Karyerasi davomida ingliz futbolchi umumiy 895 kunni lazaretda o‘tkazishga majbur bo‘lgan. U hozir 29 yoshda. Odatda, ayrim futbolchilarning gullagan payti shu yoshga to‘g‘ri keladi. Uilsherni esa men 29 yoshga kirgan qariya deb atagan bo‘lar edim. Uning yoshligi esa allaqachon ortda qolgan.

6. Deniyel Starridj "Trabzonspor"

Starrij Angliyaning "Liverpul", "Chelsi", "Manchester Siti" va "Vest Bromvich" klublarida to‘p tepgan. Shubhasiz, u futbol tarixida eng ko‘p jarohat olgan futbolchilardan biri hisoblanadi. Starridj Angliya terma jamosida ham yetarlicha o‘yinlar o‘tkazgan. Aniqrog‘ri, 26 o‘yinda 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda esa u Turkiyaning "Trabzonspor" klubida to‘p tepmoqda. Garchi, u o‘ta iqtidorli va sermahsul bo‘lishiga qaramay, u o‘zida bor potensialni ko‘rsata olmagan, ya’ni jarohatlar bunga yo‘l qo‘ymagan.

5. Mario Gyotse PSV

Jahon Chempionati finalida gol urgan o‘sha yigitchaning kelajakda top darajadagi futbolchi bo‘lishini ko‘pchilik kutgan edi, menimcha. "Borussiya Dortmund"dagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng odatdagiday uni "Bavariya" o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi. So‘ngra u yana Dortmund klubiga qaytdi. Doimiy jarohatlardan so‘ng Mario xatto o‘zining suyukli jamoasiga ham sig‘may qoldi. Ayni damda u Niderlandiyaning PSV klubida to‘p tepmoqda. Bo‘lajak Messi degan tarif bir paytlari unga nisbatan ishlatilar edi. Juda ko‘plab bo‘lajak Messilar singari u ham shunchaki "yo‘qolib qoldi".

4. Usman Dembele "Barselona"

Usman Dembele "Barselona" klubiga 120 million yevro evaziga kelib qo‘shildi. Uning iqtidori va salohiyatigi gap bo‘lishi mumkin emas, ammo futbolchining "brilliant oyog‘i" uning har doim ham maydonda harakat qilishiga halaqit bermoqda. U sog‘lom bo‘lgan paytda jamoaga katta yordam bera oladi, biroq bunday hodisa har doim ham yuz beravermaydi. Oyning 15 yorug‘, 15 esa qorong‘u jumlasi uning holatiga mos keladi. Jarohatlar uning faoliyatiga katta zarba bermoqda. Tobora uning narxi ham, qadri ham pasayib bormoqda.

3. Eden Azar "Real Madrid"

Eden Azar "Chelsi"dan "Real"ga katta maqsadlarni ko‘zlab kelib qo‘shilgan edi. "Aristokratlar" safidagi super mavsumlardan so‘ng uni "qirollik klubi" 100 million yevro evaziga o‘z hisobiga qo‘shib olgan edi, ammo belgiyalik hech qanaqasiga London klubidagi o‘yinlarini ko‘rsata olmadi. Ortiqcha vazn muammosi va tinimsiz jarohatlar futbolchini qiynab qo‘ydi. "Eden Azar jarohat oldi" degan jumla yangiliklarda tez-tez takrorlanib turadigan bo‘lib qoldi. Jahon darajasidagi top o‘yinchining Madriddagi safari o‘z nihoyasiga yetib qoldi.

2. Garet Beyl "Real Madrid"

"Tottenxem" klubidan Madrid klubiga kelib qo‘shilgan Beyl faoliyatining avvalida yorqin o‘yinlari bilan jamoaga yaxshi kirishib ketdi. So‘ngra birin-ketin jarohatlar uning faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Uelslik doimiy zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. Madrid klubi ham undan qutulishning turli yo‘llarini qidirdi. U "qirollik klubi"dan baland maosh olardi va amalda jamoaga unchalik foydasi tegmas edi. "Qaymoqranglilar"ning niyati oxiri amalga oshdi. Hozir u sobiq jamoasi "Tottenxem"da to‘p tepmoqda va yaxshi o‘yin namoyish etmoqda Shunday bo‘lsa ham undan Madrid klubda ko‘p ishlar kutilgandi, ammo jarohatlar hamma rejalarni yo‘q qildi. Beyl 31 yoshda va endi katta ishlarni qilishga biroz kech, chamamda.

1. Marko Roys

Marko Roys so‘nggi yillarning eng iqtidorli yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi. Jahon Chempionatidan biroz vaqt oldin jarohat olgan va xatto Yevro-2016dan ham quruq qolgan. Har tomonlama kuchli o‘yinchi, ammo taqdiri o‘ta omadsiz. Iqtidorli futbolchi bo‘lgani uchun u hamon "Borussiya Dortmund" safida. Agar, jarohatlar olavermaganida biz hozir De Bryuyne, Modrich, O‘zil kabi kuchli yarim himoyachilar qatorida uni ham eslayotgan bo‘lar edik. Hali ham uni iqtidor jihatdan ulardan qolishadi deb o‘ylamayman. Shunchaki, jarohatlar uning faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. U maydonda bo‘lgan payti iloji boricha o‘yinlaridan rohatlanib qolish kerak. Sababi, bu har doim ham sodir bo‘ladigan hodisa emas.

 

                                                                        Xudayqulov KARIM tayyorladi

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:46, 14.06.2021. O'qildi: 4408 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.