Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 09.11.2025 00:45
      • Parma
      • 2:2
      • Milan
      • 09.11.2025 16:30
      • Atalanta
      • 0:3
      • Sassuolo
      • 09.11.2025 19:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Napoli
      • 09.11.2025 19:00
      • Jenoa
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 09.11.2025 22:00
      • Roma
      • 2:0
      • Udineze
      • 10.11.2025 00:45
      • Inter
      • 2:0
      • Lasio
  • APL
      • 09.11.2025 01:00
      • Chelsi
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.11.2025 19:00
      • Aston Villa
      • 4:0
      • Bornmut
      • 09.11.2025 19:00
      • Brentford
      • 3:1
      • Nyukasl
      • 09.11.2025 19:00
      • Nottingem Forest
      • 3:1
      • Lids
      • 09.11.2025 19:00
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Brayton
      • 09.11.2025 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Liverpul
  • La-liga
      • 09.11.2025 01:00
      • Espanyol
      • 0:2
      • Vilyarreal
      • 09.11.2025 18:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:0
      • Real Ovyedo
      • 09.11.2025 20:15
      • Rayo Valyekano
      • 0:0
      • Real Madrid
      • 09.11.2025 22:30
      • Malyorka
      • 1:0
      • Xetafe
      • 09.11.2025 22:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Betis
      • 10.11.2025 01:00
      • Selta
      • 2:4
      • Barselona
  • Superliga
      • 09.11.2025 15:00
      • Qizilqum
      • 2:1
      • Andijon
      • 09.11.2025 17:15
      • Xorazm
      • 0:2
      • So‘g‘diyona
      • 10.11.2025 18:00
      • Surxon
      • 1:0
      • Sho‘rtan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9730 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3041 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 10.11.2025

      06:30 Д/ф "Джеррард. Прирождённый лидер".
      07:35 "Непобедимый".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      10:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      16:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      22:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      02:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 10.11.2025

      06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 76 кг.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Самбо. Чемпионат мира в Кыргызстане.
      09:40 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:10 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      11:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      13:20 "10 лет в спорте". "2022/2023".
      13:50 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд.
      14:45 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд.
      15:40 "Эволюция спорта".
      16:10 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 81 кг.
      17:20 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 87 кг.
      18:30 "География спорта". Астрахань.
      19:00 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 4. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:25 "Непобедимый".
      21:50 Бильярд. Кубок Кремля в Москве. Пул. Финал.
      23:10 "10 лет в спорте". "2022/2023".
      23:40 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      01:15 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд.
      02:05 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд.
      03:00 "Эволюция спорта".
      03:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 81 кг.
      04:30 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 4. Вечерняя сессия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 10.11.2025

      05:00 Д/ф "Игорь Численко. Удар форварда".
      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Автодор" (Саратов) - ЦСКА (Москва).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Гульназ Губайдуллина.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "1930 - 1935 гг.".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:30 Новости.
      17:35 LIVE Громко. Прямой эфир.
      19:00 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 4. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Факел" (Воронеж) - "Спартак" (Кострома). Прямая трансляция.
      23:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      00:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Армейский рукопашный бой. Кубок Победы в Москве.
      03:30 "География спорта". Астрахань.
      04:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Локомотив-Кубань" (Краснодар) - "Зенит" (Санкт-Петербург).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 10.11.2025

      05:30 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Финал.
      08:00 Зал славы. Олимпиада 2004 в Афинах.
      09:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Скоростной спуск.
      10:00 Автоспорт. WEC. Финальный этап. "8 часов Бахрейна" в Сахире. Лучшие моменты.
      12:30 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Финал. Сессия 2.
      15:00 Зал славы. Олимпиада 2008 в Пекине.
      16:00 Автоспорт. WEC. Финальный этап. "8 часов Бахрейна" в Сахире. Лучшие моменты.
      17:30 Велоспорт. Велокросс. Чемпионат Европы в Мидделкерке, Бельгия. Женщины.
      18:30 Велоспорт. Велокросс. Чемпионат Европы в Мидделкерке, Бельгия. Мужчины.
      19:30 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Финал. Сессия 2.
      21:30 Зал славы. Олимпиада 2008 в Пекине.
      22:30 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Скоростной спуск.
      00:00 Автоспорт. WEC. Финальный этап. "8 часов Бахрейна" в Сахире. Лучшие моменты.
      02:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Финал. Сессия 2.
      04:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Don Karlo yana «Real» bilan yoki Anchelotti Madriddan qo‘ng‘iroq bo‘lgach, bir soniya ham ikkilanmadi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Ha, italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti «Everton»dagi katta loyihadan voz kechib, «Real» boshqaruvini qayta qo‘lga oldi. Don Karlo avvalgi chorshanba oqshomi Madridda Florentino Peres bilan uchrashib, 3 yillik shartnoma ostiga imzo chekdi (unga ko‘ra, yiliga 6 million yevro miqdorida maosh oladi) va rasman «Qirollik klubi»ning yangi bosh murabbiyi sifatida darhol matbuot anjumanida ishtirok etdi. Tadbir boshida «Real» rahbariyati nomidan Emilio Butragenyo so‘zga chiqib, Anchelottiga murojaat qildi: «Karlo, yana bir bora klubga xush kelibsiz, deyishdan mamnunman. Madridliklar sizni juda yaxshi ko‘rishadi. Bu yerda amalga oshirgan ishlaringiz tahsinga loyiq, albatta. Jumladan, CHLning 10-kubogini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. Eng yaxshi tilaklarimiz siz va oilangizga! Uyingizga xush kelibsiz». Shundan so‘ng Anchelotti jurnalistlarning turli savollariga javob berdi.

Tayinlov va faxr

- Prezident Florentino Peres va Xose Anxelga rahmat. Sizlar bilan shu yerda ko‘rishib turganimdan xursandman, o‘zimni uydagidek his qilyapman. «Real» bilan birinchi davrda erishgan yutuqlarni takrorlashga bor kuch va g‘ayratimni sarflayman. Faoliyatimning o‘sha  bosqichidan faqat yorqin xotiralar qolgan. «Real»ga murabbiylik qilish nimani anglatishini yaxshi bilaman. Va’da beraman, mas’uliyati baland bu ishni katta zavq va quvonch bilan bajaraman, bor salohiyatimni ishga solaman. Zimmamga qanday mas’uliyat tushishini to‘g‘ri tushunib turibman. Qaytaraman, «Madrid»ni boshqarish - fantastika. Zero, gap dunyo futbolidagi eng yaxshi klub haqida ketmoqda. Bu yerda boshqa joylardagiga nisbatan ko‘proq mas’u­liyat borligi - odatiy hol. Qisqasi, barchasini yaqin o‘tmishdagi kabi qabul qilaman. Umuman, «Madrid»dan qo‘ng‘iroq bo‘lgach, bir soniya ham ikkilanganim yo‘q.

Ramossiz jamoa tuzish

- «Real Madrid» har qanday holatda, nima bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha turnirlarda faqat va faqat g‘alaba uchun o‘ynaydi. Demakki, klub hamisha eng yaxshi tarkib bilan kurashishi shart. Ramosga kelsak, hozirgina keldim va hali rahbariyat bilan turli masalalarni muhokama qilishga ulgurganim yo‘q. Qaytishim juda tez sodir bo‘ldi, hattoki, futbolchilar bilan gaplashib ko‘rmadim ham. Ularning ko‘plarini yaxshi bilaman va yana birga ishlash imkoniyati tug‘ilganidan xursandman. Kelajakni qanday tuzamiz? Buni yaqin kunlarda rejalashtiramiz, albatta.

Mbappe kabi katta yulduzlarga ehtiyoj

- Katta ijrochilar muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini oshirishadi, albatta, ammo jamoada muvozanatni ushlash, sifatli, hamjihat o‘ynashga qodir tarkib shakl­lantirish ham muhim. Albatta, individual jihatdan kuchli o‘yinchilar qo‘shimcha kuch bag‘ishlashadi, ammo futbolchilarni avvalo, jamoaviy harakatga yo‘naltirish maqsadga muvofiq, baribir.

Jamoa uslubi

- «Madrid» an’analariga ko‘ra, yorqin va shiddatli futbolni yo‘lga qo‘yish talab etiladi. So‘nggi yillarda futbol ancha o‘zgardi, endi u yanada tajovuzkor va uyushqoq ko‘rinish oldi. Shuningdek, ba’zi qoidalar ham boshqacha. Ammo «Madrid»da hammasi o‘zgarishsiz - hujumkor va yorqin futbol. Klub muxlislari birinchi navbatda, shuni talab qilishadi, tarix ham.

Tarkibga yondashuv

- Tarkibga yondashuvim? Qaytaraman, bu haqda hali hech kim bilan gaplashmadim. Hozirgi tarkib futbolchilarini yaxshi taniyman. Shu bilan birga ikkinchi jamoadagi istiqbolli yigitlarni ham, ijara safariga yuborilgan o‘yinchilarni ham bilaman. Imkoniyatimiz katta. Hozir klub ishlari bilan xotirjam holda tanishib chiqsam, bas. Eslatishim kerak, klubda birinchi marta ishlaganimda, «Kastilya»dan 4 nafar futbolchini «asosiy»ga tortdik. Bular - Morata, Nacho, Kazemiro va Xese. Muhimi, ular o‘ynab ketishdi. Qolaversa, Karvaxal ham bor edi. Yaqin kunlarda yangi mavsumga qanday tayyorlanish rejasini tuzamiz va shunga qarab ish tutamiz.

Faxriylarga munosabat

- Beyl, Isko, Marselo kabi faxriylar bilan yaxshi munosabatdaman. Ular hamon «Real» a’zolari va bu fakt har biriga turtki berishi kerak. Ha, barchasi maydonda ko‘rinadi. Demakki, faxriylar yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, murabbiylar shtabiga «Madrid» uchun o‘ynashga munosib ekanliklarini isbotlashlari kerak.

Prezident bilan suhbat

- Peresni bu yerga kelishdan biroz oldin ko‘rdim, biz qisqa gaplashdik. Unga taklif uchun minnatdorchilik bildirdim, chunki yana bu yerda ekanligimdan chinakamiga baxtiyorman. Ishni endi boshlayapmiz va barchasini «Madrid»ga maksimal darajada foyda keltiradigan darajada yo‘lga qo‘yishni istaymiz.

«Madrid» kelajagi

-  Karlo Anchelotti 6 yil oldingi murabbiy emas. Ha, ma’lum ma’noda o‘zgardim. Asosiysi, yana 6 yillik tajribam bor - ijobiy hamda salbiy. «Everton»da meni yaxshi kutib olishdi, ancha uyushqoq jamoa tuzdik, ammo u yerda muvaffaqiyatga erisholmadim. Fakt shuki, yomon tajriba ham mukammallik sari borishingizda qo‘l keladi. «Real» tarkibiga to‘xtalsam, u juda yaxshi. Axir ixtiyorimizda Kroos, Beyl va Benzema kabi tajribali futbolchilar va Rodrigo, Vinisius, Valverdedek buyuk iqtidorlar bor. Qisqasi, tarkib sifatli. Biroq vaziyatni yaxshiroq o‘rganib chiqqanimizdan keyin ro‘yxatni biroz qisqartirishga to‘g‘ri keladi. Murabbiylar shtabi? Yaqin kunlarda hammasini obdon rejalashtiramiz, shunchaki, bunga hali ulgurmadik.

Yana Serxio Ramos masalasi

- Ramos «Madrid» uchun muhim o‘yinchi, bu jamoaning g‘alabalari payti yaqqol ko‘zga tashlanadi. Albatta, Serxio bilan alohida gaplashamiz. Uning shartnomasi mudatini uzaytirish masalasida qi­yinchiliklar borligidan xabardorman, ammo to‘liq tafsilotlar bilan tanish emasman. Shunday ekan, hozir bu holat yuzasidan aniq gap aytolmayman.

Gol tanqisligi

- Benzema mavsum davomida 30ta emas, 50ta gol urishi kerak aslida. Vinisius ham muntazam raqib darvozasini nishonga olishi kerak. Binobarin, «Real» hammadan ko‘proq gol urishga qodir. Hozir bizda mavjud hujumchilar barcha zarur fazilatlarga egalar. Ayniqsa, Benzema bilan yana birga ishlash onlarini sabrsizlik bilan kutyapman. U o‘z o‘yinini ancha yaxshiladi va endi zimmasiga kattaroq mas’uliyat tushadi. Shuningdek, kelajagi buyuk yosh iqtidorlarni ham unutmaslik kerak. Tushunarliki, bizga ko‘p gol kerak, demak, hujum tizimi va kuchli mentalitetni shakllantirish talab etiladi.

Mavjud raqobat holati

- Ishonchim komil, ixtiyorimizdagi futbolchilar kuchli raqobatga tayyorlar. «Real» ayni shu tarkib bilan CHL yarim finaliga chiqdi va La Liga kubogi uchun oxirigacha kurashdi. Ijara safariga ketgan o‘yinchilarsiz!

Garet Beylga dalda

- U APLda oz o‘ynadi, lekin ko‘p gol urdi. Maydonga tushgan so‘nggi o‘yinlarda juda samarali harakatlandi. Uning nimalarga qodirligi ma’lum. Agar Garet yaxshi o‘ynashga ozgina turtki topsa, shubhasiz, eng yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazishi mumkin.

«Real»ga bog‘liq xotiralar

- Hammasini yaxshi eslayman: g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvlar, unvonlar, qiyin lahzalar... Men kelgan va ketgan kun ham yodimda. Mana, oradan 5 yil o‘tdi, lekin bu yerga qaytish o‘zgacha, baribir. Hammasi xuddi birinchi marta kelganim kabi. Farq bitta - o‘shanda ishonchim bu qadar katta emasdi, endi o‘zimni yaxshi his qilyapman. Prezident va Xose Anxel bilan ham, muxlislar bilan ham.

Zidan ishiga hurmat

- Zizu haqida nima deyishim mumkin? U bir urinish bilan CHLda 3 marta g‘olib chiqdi. Oxirigacha ajoyib ishladi. Butun dunyo Zizudan minnatdor bo‘lishi kerak. Ammo futbol qoidasi shuki, murabbiylar ketishadi va bosh­qalar kelishadi. U bilan hali gaplashmadim, lekin albatta, gapini olaman. So‘nggi yillarda vaqti-vaqti bilan xabar almashganmiz, ammo muntazam aloqa o‘rnatish imkoni bo‘lmadi. Zidan haqida nimalar yozishganini o‘qiganim yo‘q, uning o‘zi ochiqroq gapirgani ma’qul. Futbolchilar o‘ynaydilar, jurnalistlar tafsilotlarni yozadilar. Bu masalada futboldagi 40 yillik hayotim davomida hech narsa o‘zgarmadi. Buni to‘g‘ri qabul qilish va yo‘lda davom etish kerak. Zidan qanday talablarni ilgari surganiyu, nega ketganini muhokama qilmoqchi emasman. Chunki uning prezident bilan qanday munosabatda bo‘lganidan bexabarman.

Azarning formasi, Ronalduning qaytish ehtimoli

- Eden eng yaxshi ijrochilar qatorida, shubhasiz. Ha, u bu yerda muammolarga duch keldi va hali o‘zini maksimal darajada ko‘rsatolmadi. Lekin yangi mavsum Azar potensialini to‘liq ochishi mumkin. Krishtianuga kelsak, u bilan yaxshi munosabatdaman, ammo boshqa klublar futbolchilari haqida gapirish noqulay. Uning «Yuve» bilan shartnomasi bor va hozir qaytish ehtimolini muhokama qilish to‘g‘ri emas. Bilganim, Krish hamon juda yaxshi saviyada o‘ynamoqda, gollar urmoqda. To‘g‘ri, italiyalik jurnalist «Krishtianuning faoliyati oxirlab qoldimi?» - deb so‘raganida, «Ha» javobini berdim. Axir ilgari 50ta gol urardi, hozir 30ta. Ritm bir xil emas. Umuman, u menga hech qanday xabar yubormadi.

Tanqidni qabul qilish

- «Madrid»ning maqsadi hammaga ayon: CHL va La Ligada g‘alaba qozonish, Ispaniya kubogini yutish. Tanqid yaxshi. Dunyoda eng ko‘p kuzatiladigan klubda ishlar ekansiz, tanqiddan qochishingiz amri-mahol. Tabiiyki, hammasi har doim siz istagandek silliq kechmaydi. Muhimi, futbolchilar, murabbiylar va jurnalistlarga hurmatni saqlab qolish.

Kutilishicha, 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabidan Antonio Pintus, David Bettoni va Alvaro Arbeloa joy olishadi. Aytish joiz, «Real»ning U-14 jamoasi yakunlangan mavsum Arbeloa boshqaruvida o‘z toifasida Ispaniya chempioni bo‘ldi.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 16:00, 15.06.2021. O'qildi: 7420 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.