Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 01.12.2025 00:45
      • Roma
      • 0:1
      • Napoli
      • 02.12.2025 00:45
      • Bolonya
      • 1:3
      • Cremonese
  • La-liga
      • 01.12.2025 01:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 02.12.2025 01:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Valensiya
      • 03.12.2025 01:00
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 03.12.2025 23:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Real Madrid
  • APL
      • 03.12.2025 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Everton
      • 03.12.2025 00:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 03.12.2025 01:15
      • Nyukasl
      • -:-
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 14 34
2 Real Madrid 14 33
3 Vilyarreal 14 32
4 Atletiko 14 31
5 Betis 14 24
6 Espanyol 14 24
7 Xetafe 14 20
8 Atletik Bilbao 14 20
9 Rayo Valyekano 14 17
10 Real Sosyedad 14 16
11 Elche 14 16
12 Selta 14 16
13 Sevilya 14 16
14 Alaves 14 15
15 Valensiya 14 14
16 Malyorka 14 13
17 Osasuna 14 12
18 Jirona 14 12
19 Levante 14 9
20 Real Ovyedo 14 9

O'tgan o'yinlar.

14-тур Xetafe 1-0 Elche
14-тур Malyorka 2-2 Osasuna
14-тур Barselona 3-1 Alaves
14-тур Levante 0-2 Atletik Bilbao
14-тур Atletiko 2-0 Real Ovyedo
14-тур Real Sosyedad 2-3 Vilyarreal
14-тур Sevilya 0-2 Betis
14-тур Selta 0-1 Espanyol
14-тур Jirona 1-1 Real Madrid
14-тур Rayo Valyekano 1-1 Valensiya

Navbatdagi o'yinlar.

06/12/25 Real Ovyedo - Malyorka
06/12/25 Vilyarreal - Xetafe
06/12/25 Alaves - Real Sosyedad
06/12/25 Betis - Barselona
07/12/25 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12/25 Elche - Jirona
07/12/25 Valensiya - Sevilya
07/12/25 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12/25 Real Madrid - Selta
09/12/25 Osasuna - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Roberto Manchini: «Shunchaki, o‘zgacha uslub yaratishni xohladik»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Evropa chempionati / Murabbiylar
Rukn: Intervyular
A A A

Roberto Manchini misolida olsak, raqamlar butun voqelikni to‘liq aks ettirmaydi. Yorqin dalil - uning futbolchi sifatida JCHdagi o‘yinlari soni nolga teng. Robertoni hech qachon maydonda ko‘rmaganlar bu raqamdan oddiy xulosa chiqarishlari mumkin: «Manchini futbolchi sifatida kuchli sanalmagan». Lekin aslida boshqacha. Deylik, «Sampdoriya» va «Lasio» klublarida Robertoga ustozlik qilgan shvesiyalik murabbiy Sven-YOran Eriksson uni ajoyib «rassom» va daho ijodkor sifatida maqtagandi. «Manchini maydondagi vaziyatlarni boshqalardan ko‘ra, tezroq payqardi. Uning maydonni ko‘ra olish qobiliyati aql bovar qilmas darajada baland edi», - degandi hayratomuz ifodada shved mutaxassisi. Manchinining o‘zi esa, umidsizlikka yo‘g‘rilgan xalqaro faoliyatini «bema’nilik», deb biladi. Bunga sabab sifatida uzoq va og‘riqli muvaffaqiyatsizliklar tarixi, Roberto Badjo bilan bir paytda o‘ynagani va murabbiylarga bog‘liq 2ta jiddiy kelishmovchilikni keltiradi. Uning aytishicha, Italiya terma jamoasini boshqarishi - ikkinchi imkoniyat. 56 yoshli mutaxassis shunga muvofiq,  takroriy imkoniyatni qat’iyat bilan ushlab oldi. Mana, Italiya futboli tarixida eng noshudi sifatida tilga olingan, ya’ni oxirgi 60 yil ichida birinchi marta JCHni o‘tkazib yuborgan jamoa Yevro-2020 guruh bosqichi yakuniga ko‘ra, 30ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etdi. Qarang, so‘nggi 11ta uchrashuvdagi to‘plari nisbati  - 32:0! Yana o‘sha raqamlar... Bular qanchalik qoniqarli bo‘lmasin, voqelikni qisman ko‘rsatadi, xolos. Binobarin, Manchini yo‘lga qo‘ygan uslub Italiya futboli an’analariga uncha mos kelmaydigan hujumkor yondashuvga asoslangan. Xullas, Italiya termasi turklarni 3:0 hisobida yengib, Yevro-2020 favoritlari qatoriga qo‘shilgach, FIFA.com sayti Manchinini eksklyuziv suhbatga chorladi. Italyanlar ushbu intervyudan keyin Shveysariya termasi darvozasiga ham javobsiz 3ta gol urishdi va ishtirokchilar orasida birinchi bo‘lib «pley-off» chiptasini qo‘lga kiritishdi.

- Roberto, yaqinda 5 yillik yangi shartnoma ostiga imzo chekdingiz. Ushbu bitimning muddati noodatiy, ayniqsa, zamonaviy futbol uchun. Bu ishingizdan nechog‘li zavqlanishingizni to‘liq anglatadimi?

- Rejaga muvofiq, jahon chempionatida g‘olib chiqishga intilamiz. Shuning uchun shartnoma muddati uzoq, bu mantiqan uzoq vaqt­ga mo‘ljallangan loyihani aks ettiradi. 3 yil oldin ishni qanday holatda boshlaganimizni hisobga olsak, ayni payt hammasi yaxshi ketmoqda. Bunda Italiya futbolida iqtidorli yoshlar ko‘pligining roli katta. Kelgusi yillar ham jamoamiz uchun samarali bo‘lishiga ishonaman.

- Aytingchi, murabbiylikka kirishganingizdan keyin Italiya termasini boshqarishni orzu qilganmidingiz?

- Ha. Futbolchilikda xalqaro faoliyatimni o‘spirinlik chog‘iyoq boshlaganman, biroq ko‘plab iste’dodlarga ega kuchli terma jamoa safida to‘p surgan bo‘lsamda, natija masalasida hech qachon omadim chopmagan. Masalan, 1990 yili Italiyada tashkillashtirilgan jahon chempionatini olsak, musobaqa davomida umuman mag‘lubiyatga uchramadik, ammo 6ta g‘alaba va 1ta durang bilan ham yakunda atigi 3-o‘ringa joylashdik. Qandaydir jinnilik! Endi o‘tmishda qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlarni qaytarish umididaman.

- Buyuk iste’dodingiz va klub darajasida katta shuhrat qozonganingizga qaramay, mundialda o‘zingizni ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagansiz. Deylik, o‘sha JCH-90da jamoaning foydalanilmagan a’zosi bo‘lib qolgansiz. Bundan qanchalik afsuslanasiz? Ushbu holat murabbiylikda ustuvor vazifangizni belgilaydimi?

- Xalqaro faoliyatimni juda erta boshlaganimni hisobga olsak, Italiya termasi safida naq 4ta JCH va shuncha Yevropa chempio­natida o‘ynashim mumkin edi. Albatta, shunday bo‘lishini xohlaganman! Ammo turli sabab ortidan kerakli natijaga erisholmadim. Faqat U-16 toifasidagi Yevropa chempionatida zafar quchganim bundan mustasno. Ha, endi futbolchilikda zabt etilmagan cho‘qqilarga murabbiy rolida chiqishni istayman. Asosiy maqsad ham shu.

- Sven-YOran Eriksson yaqinda futbolchi-Manchinini eslab, juda iliq gaplar aytdi, xususan, nihoyatda talabchan va g‘ayratli bo‘lganingizni ta’kidladi. Qiziq, murabbiy-Manchiniga futbolchi-Manchini bilan ishlash yoqarmidi?

- Albatta, shunday iqtidorli, texnik salohiyati baland va ilhomga to‘la futbolchi bilan ishlashga qarshi chiqmasdim! Zero, ushbu fazilatlarning barchasi ijobiy. Aytgancha, Sven-YOran men uchun o‘z ishining dahosi edi va undan ko‘p narsalarni o‘rganganman. Vaziyatdan foydalanib, unga yana bir bora minnatdorchilik bildirishim kerak. Chinakam buyuk inson.

- Futbolga berilib ketgan xalqning umidi ortidan keladigan kuchli bosimni qanday yengish mumkin? Bundan qochishning iloji bormi?

- Yo‘q, aslo! Bu - Italiya! Mamlakatimizda 60 million aholi bor va muxlislar talabini chetlab o‘tish imkonsiz. Ikkinchi tomondan, mavjud holat italiyaliklarning milliy jamoaga qanchalik bog‘langanlarini ko‘rsatadi. O‘rtadagi uzviylik ayniqsa, katta turnirlarda yaqqol seziladi. Asosiysi, italiyaliklar futbolni chinakamiga yaxshi ko‘radilar va bu ajoyib.

- Pandemiya paytida hammaga qiyin bo‘ldi: bo‘sh stadionlarda o‘ynash, logistika masalalari, COVID yuqtirish xavfi... Murabbiy uchun shuncha muammoni hal etish barobarida tajribasini oshirib borish og‘ir emasmi?

- Hech shubha yo‘q, pandemiya butun dunyo odamlarini sinovdan o‘tkazdi. Darhaqiqat, o‘ta murakkab davr. Axir ilgari bunday keng qamrovli virusga duch kelgan emasdik. Umid shuki, kelajakda hech qachon bunaqasini qayta ko‘rmaymiz. Odamlar yaqinlarini yo‘qotishdi, xavf ostida yashashdi. Koronavirus - hamma uchun birdek kelgan eng yomon xastalik. Tabiiyki, muammo sport bilan shug‘ullanadiganlarni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Bunda bizdan faqat umumiy vaziyatga tezroq moslashish talab etildi.

- Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tite yaqinda sizni alohida maqtadi: «Manchini nafaqat qayd etayotgan natijalar, balki jamoasi uslubini keskin o‘zgartirgani uchun ham hurmatga sazovor». Hamkasblardan bunday e’tirof eshitish yoqimli bo‘lsa kerak...

- Tite ajoyib murabbiy va uning futbol dunyosidagi eng ilhomlangan hamda ijodkor xalq vakili ekanligini hisobga olsak, bu normal holat. Braziliyaliklar odatda hujumga o‘tmagan raqibni futbolga hurmatsiz qaraganlikda ayblashadi. Hozirgi Italiya termasi hujumda ham ajralib turganidan juda xursandman. Shuning barobarida unutmaslik kerak, mamlakatimiz futbolining o‘tmish yutuqlari - 4ta jahon kubogi va Yevropa chempionati oltin medali asosan himoyaviy yondashuv ortidan kelgan. Demoqchimanki, har bir millatning o‘ziga xos o‘yin uslubi bor va Italiyada mudofaa sifati bugungi kunda ham ahamiyatlidir. Haqiqat bitta - yaxshi jamoa tuzish uchun hujum va himoya o‘rtasida mukammal muvozanatni saqlash lozim.

- Italiya termasini yangi sarguzashtlarga shaylantirish yo‘lida ushbu muvozanatni to‘g‘rilashga bel bog‘laganingiz tayin. Xo‘sh, barchasini obdon o‘ylab ko‘rganmisiz, qandaydir xavotir yo‘qmi?

- Boshqaruvni ancha qiyin pallada qo‘lga oldim, shunga qaramay, boshidan o‘zgacha uslub yaratishni xohladim. Keyin tarkibga ko‘plab yosh iste’dodlarni jalb qildik, ular yangi uslubni tatbiq etishimizda qo‘l kelishdi. Shu tariqa tajovuzkor futbolga asos sola boshladik. O‘zi oldingi jamoalarimda ham hamisha shu yondashuv asosida ishlashga harakat qilganman. Ba’zan muvaffaqiyatga erishasiz, gohida omadsizlikka yuz tutasiz - bu futbol qonuniyati. Muhimi, muxlislarimizga jozibali terma jamoa o‘yinini tomosha qilish va zavq olish imkoniyatini yaratish uchun juda maqbul vaqt kelgandi.

- Oxirgi 3 yilda jozibali o‘yin­ni ta’minlaganingiz va shu asnoda ajoyib natijalarga erishganingizni ta’kidlashmoqda, vaholanki, jamoangizga dunyo miqyosidagi yulduzlar etishmayotgani ham bor gap. Bunga nima deysiz?

- To‘g‘ri, Italiya futboli azaldan jahon darajasidagi o‘yinchilarga ega bo‘lgan. Hozir nega shunday ulkan iste’dodlar yo‘q? Bir narsa deyish qiyin. Muhimi, Italiyada buyuk futbolchilarning yangi avlodi bosh ko‘tarmoqda. Menimcha, hozirgi yoshlar yaqin kelajakda dunyo yulduzlari qatoriga qo‘shilish uchun yetarli malakaga egalar. Barchasi vaqt hukmidagi masala. Umid qilamanki, yigitlarimizni g‘alabalar sari yetaklash orqali ularga maqsad tomon olg‘a intilishlarida talabga muvofiq yordam bera olamiz.

- Italiya termasi boshqaruvini JCH-2018 saralashidagi omadsizlikdan keyin qo‘lga oldingiz. Shubha yo‘q, mundialdan chetda qolish Italiya futboli uchun jiddiy jarohat bo‘ldi. Shu og‘riq ham qo‘shimcha motivasiya sifatida xizmat qildimi?

- Ko‘nikish oson bo‘lgani yo‘q, albatta. Jumladan, shaxsan men ham rosa qiynaldim. Axir allaqachon 50 yoshdan oshganman va har doim terma jamoaning jahon chempionatida ko‘rganman. Ammo bu ham jozibali sportning haqiqiy mohiyati, garchi biz uchun azobga aylangan bo‘lsada. Umid qilamizki, bunaqasi boshqa takrorlanmaydi. Vazifamiz - shunga yarasha yaxshi ishlash. Zero, hozir ko‘plab milliy jamoalar raqobatbardosh holga kelgan davrda turibmiz. Agar ishga jiddiy yondashmasangiz, ortda qolib ketishingiz hech gap emas.

- Sizningcha, qaysi jamoalar Yevro-2020 masofasini tekis bosib o‘tishga qodir? Umuman, bosh sovringa da’vogarlar sifatida qaysi raqiblarni ko‘rsata olasiz?

- Ayni payt jahon va Yevropaning amaldagi chempionlari - Fransiya hamda Portugaliya termalari qolganlardan kuchliroq, jumladan, bizdan ham. Shuningdek, oxirgi 5 yil ichida yuqori saviyada to‘p surgan jamoalar e’tiborga munosib - ularning tarkibida ham tajribali futbolchilar biznikiga qaraganda, ko‘proq. Hozirgi loyihani atigi 3 yil oldin boshladik va ayni pallada yuqori darajaga intilyapmiz. Ammo alohida ta’kidlayman: taxminlarni tan olmaslik futbolning o‘zgarmas mohiyatidir.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:39, 25.06.2021. O'qildi: 2413 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 14
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Мальорка Vedat Muriki 8
4 Барселона Ferran Torres 7
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Леванте Karl Etta-Eyong 6
7 Вильярреал Alberto Moleyro 6
8 Эспаньол Pere Milya 5
9 Бетис Kucho Ernandes 5
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.