Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma.

  • ECHL
      • 27.11.2025 01:00
      • Arsenal
      • 3:1
      • Bavariya
      • 27.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 2:1
      • Inter
      • 27.11.2025 01:00
      • Ayntraxt F
      • 0:3
      • Atalanta
      • 27.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:4
      • PSV
      • 27.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 3:4
      • Real Madrid
      • 27.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 5:3
      • Tottenhem
      • 27.11.2025 01:00
      • Sporting
      • 3:0
      • Bryugge
  • OChL-2
      • 27.11.2025 12:45
      • Makartur
      • 2:1
      • Tay Po
      • 27.11.2025 15:00
      • Istern
      • 0:5
      • Gamba Osaka
      • 27.11.2025 15:00
      • Ratchaburi
      • 2:0
      • Tep Han Nam Din
      • 27.11.2025 15:00
      • Poxang Stilers
      • 2:0
      • Pathum Yunayted
      • 27.11.2025 17:15
      • Kongan Hanoi
      • 2:1
      • Beyjing Guoan
      • 27.11.2025 17:15
      • Tampines Rovers
      • 5:3
      • Kaya–Iloilo
  • «A» Seriya
      • 29.11.2025 00:45
      • Komo
      • -:-
      • Sassuolo
      • 29.11.2025 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Verona
      • 29.11.2025 19:00
      • Parma
      • -:-
      • Udineze
      • 29.11.2025 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 29.11.2025 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Elche
      • 29.11.2025 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Osasuna
      • 29.11.2025 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Alaves
      • 29.11.2025 22:30
      • Levante
      • -:-
      • Atletik Bilbao
  • Superliga
      • 29.11.2025 15:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Dinamo
      • 29.11.2025 15:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Paxtakor
      • 29.11.2025 15:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Sho‘rtan
  • APL
      • 29.11.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Byornli
      • 29.11.2025 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Lids
      • 29.11.2025 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Bornmut
      • 29.11.2025 22:30
      • Everton
      • -:-
      • Nyukasl
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 13 32
2 Barselona 13 31
3 Vilyarreal 13 29
4 Atletiko 13 28
5 Betis 13 21
6 Espanyol 13 21
7 Xetafe 13 17
8 Atletik Bilbao 13 17
9 Real Sosyedad 13 16
10 Elche 13 16
11 Sevilya 13 16
12 Selta 13 16
13 Rayo Valyekano 13 16
14 Alaves 13 15
15 Valensiya 13 13
16 Malyorka 13 12
17 Osasuna 13 11
18 Jirona 13 11
19 Levante 13 9
20 Real Ovyedo 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур Valensiya 1-0 Levante
13-тур Alaves 0-1 Selta
13-тур Barselona 4-0 Atletik Bilbao
13-тур Osasuna 1-3 Real Sosyedad
13-тур Vilyarreal 2-1 Malyorka
13-тур Real Ovyedo 0-0 Rayo Valyekano
13-тур Betis 1-1 Jirona
13-тур Xetafe 0-1 Atletiko
13-тур Elche 2-2 Real Madrid
13-тур Espanyol 2-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

29/11/25 Xetafe - Elche
29/11/25 Malyorka - Osasuna
29/11/25 Barselona - Alaves
29/11/25 Levante - Atletik Bilbao
30/11/25 Atletiko - Real Ovyedo
30/11/25 Rayo Valyekano - Valensiya
30/11/25 Real Sosyedad - Vilyarreal
30/11/25 Sevilya - Betis
30/11/25 Selta - Espanyol
01/12/25 Jirona - Real Madrid

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kichkina shahzoda Koutinyoning keyingi faoliyati qanday?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2018 yil yanvar oyida "Barselona" o‘z tarixidagi ikkinchi rekord darajadagi transferini amalga oshirdi. Kataloniyaliklar mavsum o‘rtalarida "Liverpul"dan yarim himoyachi Filippe Koutinyoni 120 million yevro evaziga sotib olishdi. Bonuslar va boshqa pullar bilan qo‘shib hisoblaganda umumiy transfer miqdori 135 milliongacha oshdi. Xuddi shu miqdorni "ko‘k-anorranglilar" 2017 yilda mos ravishda "Borussiya Dortmund" jamoasiga vinger Usmon Dembele uchun ham to‘lagan edi. Odatda yanvar oyida yuz million yevroga teng kelishuvlar mavjud emas, ammo "Barselona" tavakkal qildi, ehtimol bu summa "Liverpul"ni ham hayratga solgan bo‘lsa ajab emas.

Kataloniya klubining o‘sha paytdagi murabbiyi Ernesto Valverde deyarli har bir uchrashuvda Koutinyodan foydalanishga majbur bo‘lgan. Murabbiyni bunga futbolchining transfer narxi majbur qildi. Ammo ba’zida mutaxassis klub tarixidagi eng qimmat o‘yinchilardan birini maydonda yo‘qotib qo‘ygandek tuyulardi. Vaziyat barcha tomonlama yomonlasha boshladi va futbolchi yiliga oladigan 13,5 million yevro maoshiga yarasha o‘yin ko‘rsata olmadi. Natijada, "Barselona" pulni tejash uchun qimmatbaho xaridini ijaraga berib yuborishga majbur bo‘ldi. 2019 yilning avgustida "Bavariya" braziliyalik futbolchini bir yilga ijaraga oldi.
Koutinyoning Germaniyadagi faoliyati ham juda omadli o‘tgan deya olmaymiz. Ha, futbolchi "nemis mashinasi" tarkibida o‘ynab yurgan paytda g‘olib bo‘lmagan musobaqasi qolmadi. Futbolchi "Bavariya" bilan 5ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Qiziq tomoni o‘tgan mavsumda Koutinyo Chempionlar Ligasida 3 marta raqiblar posbonini ranjitgan va shulardan ikkitasini "Barselona" jamoasi darvozasiga kiritgan. Aynan shu o‘yinda kataloniyaliklar Germaniya chempioniga 2:8 hisobida yutqazishdi. Keyinchalik ham futbolchi nemis klubida qolishni istagandi, ammo "Bavariya" "ko‘k-anorranglilar"ning moliyaviy talablaridan qoniqmadi. Natijada, futbolchi o‘zi bilan bir nechta medallarni olib, "nemis mashinasi"ni tark etdi.


Koutinyoning "Barselona"ga qaytishi ma’lum bo‘lgan paytda Kataloniya jamoasini Kike Setyen boshqarayotgan edi. Mutaxassis bir necha bor rahbariyatdan "sehrgar" Koutinyo bilan ishlash istagini borligini bildirgan va uning ajoyib o‘yiniga qoyil qolganligini aytgan edi. Valverdedan farqli o‘laroq, braziliyalik futbolchini qayerda, qanday o‘ynatishni bilishini ham aytib o‘tdi. Nihoyat, futbolchi o‘zining sevimli jamoasiga qaytdi. Ammo, Felippe qaytib kelganda Setyen "Barselona"dan ketgan edi. Braziliyalik futbolchi o‘z qarashlariga ega bo‘lgan murabbiy Ronald Kumanning qo‘l ostida shug‘ullanishga majbur bo‘ldi.

Avvaliga futbolchi La Ligada yaxshi harakat qilayotgan edi. Koutinyo Ispaniya chempionatining joriy mavsumidagi dastlabki uchta uchrashuvda samarali harakatlari bilan ajralib turdi. Ammo, shundan so‘ng Filippening o‘yini biroz pasayib ketdi va maydondagi harakatlarining vaqti ham kamayib boraverdi. "Osasuna" va "Ferensvarosh"ga urgan gollar ham braziliyalikning natijalarini yaxshi tomonga o‘zgartirmadi. Biroz vaqt o‘tgach, vaziyat butunlay ayanchli bo‘lib qoldi: Koutinyo tizzasidan jiddiy jarohat oldi, shu tufayli u 2021 yil boshidan boshlab maydonga tushmadi. Haqiqatan ham, Koutinyo "Barselona" tarkibida yo‘qligi unchalik sezilmadi. Chunki, uning maydondagi o‘rnini Pedri egallab oldi va yo‘qligini umuman sezdirmadi. Kataloniyaliklar allaqachon 18 yoshli yarim himoyachiga asosiy tarkibda maydonga tushishi uchun bor imkoniyatni yaratib bermoqda.

"Barselona" uchun Pedri o‘yin ko‘rsatgani yaxshi, ammo Koutinyo uchun unchalik yoqmasligi aniq. Yarim mavsumda 3 ta operasiyani boshdan kechirgan braziliyalik futbolchi Kuman o‘zini asosiy tarkib o‘yinchi deb hisoblamasligini tushunadi , qolaversa Pedri o‘zining o‘rnini egallashni kuzatib turishi juda achinarli holat. "Barselona"ning prezidenti Joan Laporta braziliyalikni sotishni afzal ko‘rmoqda. Yozda Koutinyoni transferga qo‘yish orqali, kataloniyaliklar pul ishlab olishmoqchi va boshqa bir futbolchini sotib olishni maqsad qilishgan.

Koutinyo qayerga borishi mumkin?


"Arsenal"

London klubi Koutinyoning "Barselona"dan ketgandan keyin, sotib olish uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. "Kanonirlar" avvalroq Filippeni olishga urinishgan, ammo turli sabablarga ko‘ra bu harakat muvaffaqiyatsiz tugagan edi. Keyin ular Martin Edegorni "Real"dan ijaraga olishdi va hozirda Martin "Arsenal"da ajoyib o‘yinlar namoyish etmoqda. "To‘pchilar"ning yaqin kelajakdagi asosiy vazifa norvegiyalikni sotib olishdir. Garchi buni amalga oshirish qiyin bo‘lsa ham. "Qaymoqranglilar" aslida yosh yarim himoyachini sotib yuborishmoqchi emas, shunchaki tajribasini oshirish uchun imkoniyat yaratib berishgan. Shuning uchun "Arsenal" hozirgi kunda ham braziliyalikka qiziqish bildirishda davom etmoqda. Agarda, Edegor yozda "Real"ga qaytib ketsa, unda londonliklar Koutinyoni qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rishadi.

"Tottenxem"

Oldinroq "shporlar" Koutinyoni sotib olishga juda yaqin kelgan edi. "Tottenxem" futbolchini ijaraga olmoqchi edi, ammo u Londonga ko‘chib o‘tishni rad etdi. O‘sha paytda Filippe "Liverpul"dagi faoliyatidan keyin, endi boshqa APL klubida o‘ynay olmasligini aytgan edi. Ammo, hozir vaziyat boshqa, shuning uchun ham "shporlar" braziliyalik iqtidorga hali ham qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda "Tottenxem"da faqat bitta hujumkor yarim himoyachi bor - Dele Alli. Ammo, ushbu futbolchini London klubi sobiq murabbiyi Joze Mourinyo unchalik yoqtirmasdi. Alli qanchalik iqtidorli bo‘lmasin, portugaliyalik maydonga juda kam tushirdi. Shu sababli Dellida o‘yin amaliyoti juda kam. Shuning uchun futbolchi "shporlar" ko‘chib o‘tishini taxmin qilish mumkin. Boshqa tomondan, hozirgi "Tottenxem"ning qarshi hujumdagi o‘yin uslubi Filippega mos kelishi haqiqatga yaqinroq.

"Everton"

"Everton" yulduz futbolchilarni jamoaga jalb qilishni boshlab yuborishgan. "Irislar" o‘tgan mavsum boshida Xames Rodrigesni o‘z safiga qo‘shib oldi, ammo klub shu bilan to‘xtab qolish niyatida emas. O‘tgan yildan beri "Everton" braziliyalikka katta qiziqish bildirmoqda. Hozirgi kunda liverpulliklar safida Rodriges va islandiyalik futbolchi Gilfi Sigurdsson kabi iqtidor egalari to‘p tepmoqda. Shuning uchun ham Koutinyo mazkur jamoa safida qiyinchilikka uchramasa kerak. Qolaversa, hozirda "Everton"da Filippe o‘ynaydigan chiziq bo‘sh. Chunki, Xames deyarli hujumkor yarim himoyachi pozisiyasida o‘ynamaydi. "Everton" hali APLning eng yuqori pog‘onalariga da’vogar jamoalardan emas, ammo ular o‘z oldilariga katta maqsadlarni qo‘yishgan. Kolumbiyalik "Real"dan oddiyroq klubga o‘tishdan tortinmadi. Balki Koutinyo ham shunday qilishi kerakmikan. Ba’zan o‘z saviyasidan pastroq jamoalarda to‘p surish, futbolchilarga karyerasini qayta boshlashga va o‘zlarini baxtli his qilishga yordam beradi. Nimalar bo‘lishini kuzatamiz.

Kiritildi: 00:31, 27.06.2021. O'qildi: 3462 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Барселона Ferran Torres 7
4 Атлетико Xulian Alvares 7
5 Леванте Karl Etta-Eyong 6
6 Мальорка Vedat Muriki 6
7 Эспаньол Pere Milya 5
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Сельта Borxa Iglesias 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.