Bugun 25 noyabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 13 32
2 Barselona 13 31
3 Vilyarreal 13 29
4 Atletiko 13 28
5 Betis 13 21
6 Espanyol 13 21
7 Xetafe 13 17
8 Atletik Bilbao 13 17
9 Real Sosyedad 13 16
10 Elche 13 16
11 Sevilya 13 16
12 Selta 13 16
13 Rayo Valyekano 13 16
14 Alaves 13 15
15 Valensiya 13 13
16 Malyorka 13 12
17 Osasuna 13 11
18 Jirona 13 11
19 Levante 13 9
20 Real Ovyedo 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур Valensiya 1-0 Levante
13-тур Alaves 0-1 Selta
13-тур Barselona 4-0 Atletik Bilbao
13-тур Osasuna 1-3 Real Sosyedad
13-тур Vilyarreal 2-1 Malyorka
13-тур Real Ovyedo 0-0 Rayo Valyekano
13-тур Betis 1-1 Jirona
13-тур Xetafe 0-1 Atletiko
13-тур Elche 2-2 Real Madrid
13-тур Espanyol 2-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

29/11/25 Xetafe - Elche
29/11/25 Malyorka - Osasuna
29/11/25 Barselona - Alaves
29/11/25 Levante - Atletik Bilbao
30/11/25 Atletiko - Real Ovyedo
30/11/25 Rayo Valyekano - Valensiya
30/11/25 Real Sosyedad - Vilyarreal
30/11/25 Sevilya - Betis
30/11/25 Selta - Espanyol
01/12/25 Jirona - Real Madrid

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 25.11.2025

      07:00 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Флуминенсе".
      10:00 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Трабзонспор".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Сантос".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Гремио".
      16:00 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Трабзонспор".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Сантос".
      20:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Генчлербирлиги".
      22:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:10 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      00:00 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Трабзонспор".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Сантос".
      04:00 "Бесконечная история". "1992 год".
      04:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 25.11.2025

      06:10 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Ski GP1, Sky ladies GP1.
      06:40 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Runabout and freestyle.
      07:10 "Страна спортивная".
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 2 в Шанхае, Китай. Олимпийский лук. Личное первенство.
      09:55 "Золотой капитан". Специальный репортаж.
      10:10 Бильярд. Кубок мира в России. Мужчины. Свободная пирамида. 1/2 финала.
      11:55 LIVE Спортивная гимнастика. Кубок Михаила Воронина в Москве. День 2. Прямая трансляция.
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:20 LIVE Спортивная гимнастика. Кубок Михаила Воронина в Москве. День 2. Прямая трансляция.
      16:45 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы.
      19:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталии, Турция. Блочный лук. Команды.
      20:40 "Корабелки". Специальный репортаж.
      20:55 LIVE Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Динамо" (Москва) - "Локомотив" (Новосибирск). Прямая трансляция.
      23:00 "Непобедимый".
      23:30 Спортивная гимнастика. Кубок Михаила Воронина в Москве. День 2.
      02:20 "Эволюция спорта".
      02:50 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 25.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Волейбол. Чемпионат России. Женщины. Суперлига. "Локомотив" (Калининградская область) - "Уралочка-НТМК" (Свердловская область).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:25 Смешанные единоборства. ACA 196 в Минске. Олег Борисов против Жосиеля Силвы.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "1970 - 1975 гг.".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:35 Д/ф "Новак Джокович. Только победа".
      19:45 LIVE Футбол. FONBET Кубок России. Путь регионов. 1/4 финала. "Торпедо" (Москва) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      22:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      22:15 LIVE Футбол. FONBET Кубок России. Путь регионов. 1/4 финала. "Арсенал" (Тула) - "Рубин" (Казань). Прямая трансляция.
      00:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Бильярд. Кубок мира в России. Свободная пирамида.
      03:55 "Эволюция спорта".
      04:55 Д/ф "Лионель Месси".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 25.11.2025

      05:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. День 2.
      06:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      07:30 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 8 в Дубае, ОАЭ. Обзор.
      08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. День 2.
      09:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      11:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Даунхилл. Обзор сезона.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Гургле, Австрия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      13:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Гургле, Австрия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      14:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. День 2.
      14:55 LIVE Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 2 в Фалуне, Швеция. HS 105. Квалификация. Прямая трансляция.
      16:00 Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Польша - Италия.
      18:15 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 2 в Фалуне, Швеция. HS 105. Квалификация.
      18:55 LIVE Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 2 в Фалуне, Швеция. HS 105. Прямая трансляция.
      20:55 Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Польша - Италия.
      22:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Женщины. Германия - Италия. Прямая трансляция.
      01:00 Олимпийский канал. "Монументы", 2 эп.
      01:30 Олимпийский канал. "Монументы", 3 эп.
      02:00 Автоспорт. TCR World Tour. Финальный этап в Макао, Китай. Обзор.
      02:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 2 в Фалуне, Швеция. HS 105.
      04:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Гургле, Австрия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Taqdir: Tushdagi jodugar ta’siri...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bu yil yoz fasli nafaqat Yevropa, balki Janubiy Amerikada ham odatdagiga nisbatan issiqroq o‘tmoqda. Deyarli bir vaqtga to‘g‘ri kelgan qit’a chempionatlari tufayli harorat yanada ko‘tarilib ketdi. Shunday ekan, faqat Yevro-2020 atrofida aylanavermay, Braziliya mezbonlik qilayotgan «Kopa Amerika»ga ham birrov nazar solib qo‘yish kerak. Zero, KONMEBOLning bosh turniri ishtirokchilari orasida qiziqarli taqdir sohiblari talaygina...

Karlos Lampe - Boliviya devori

Libertadores kubogi-2018 yarim finali arafasida Esteban Andrada jarohatlangach, yolg‘iz darvozabon bilan qolgan «Boka Xuniors» shoshilinch tarzda Chilining «Uachipato» klubida «quruq» o‘yin­lar seriyasi bo‘yicha turli rekordlarni birma-bir qulatayotgan boliviyalik tajribali kiperni ijara kelishuvi asosida o‘z safiga qo‘shib olgandi. «Bu o‘ta yoqimli tush. Hamisha aynan «Boka»ga muxlislik qilganman, bolaligimda Oskar Kordoba va Pato Abbondansyeri o‘yinlarini hayrat bilan kuzatardim. 3 oylik ijara muddati yillarga cho‘zilishidan umidvorman», - degandi o‘shanda Karlos quvonchini yashirmay. Biroq boliviyalik darvozabon faqat Libertadores kubogida ishtirok etdi - 3ta uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi. Madriddagi «Santyago Bernabeu»da o‘tkazilgan mashhur finalning javob uchrashuvida esa, hattoki, «zayavka»dan ham chetda qoldi. Chunki Andrada tiklanib, o‘z o‘rniga qaytgan, jamoa esa ijara muddatini uzaytirishni istamagandi. Boliviya terma jamoasida esa hammasi boshqacha - Lampe 5 yildan buyon almashtirilmas 1-raqam rolida. Risoladagidek mahorat va chaqqonlik baland bo‘yli (192 santimetr) Karlosga La-Pas tashqarisida ham muvaffaqiyat qozonish umidini beradi. Chaqqonlik unga bolaligidan meros - buni vaqtida basketbol bilan shug‘ullanish jarayonida o‘zlashtirgan. Umuman, basketbolchilar oilasida tug‘ilgan Karlos boshida futbol haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. Deylik, 16 yoshida ham parket ustida sariq tusli to‘p ortidan yugurardi. U 2 marta basketbol bo‘yicha Janubiy Amerika chempionatida qatnashishga ham ulgurgan. Biroq otasi va opasi qismati (Boliviyada bu sport turi bo‘yicha professional musobaqa yo‘q edi) uning manfaatliroq sport bilan shug‘ullanishini taqozo etdi. Shu tariqa futbolga hujumchi sifatida bosh suqqan Karlos tez orada otasi tavsiyasiga ko‘ra, darvozada o‘ynashni ma’qul ko‘rdi. Boliviya futbolining eng mohir kiperi Amerika kubogi-2021 guruh bosqichi doirasidagi 4ta o‘yinda 10ta gol qo‘yib yubordi va turnir bilan erta kunda xayrlashdi. Afsus... Axir futbolda uningdek qiziqarli taqdir sohiblari kam...

Ekvadorlik «qoidabuzar» qochoq

Vaqtida Meksikaning «Tigres» klubi muxlislari jamoa to‘purari Enner Valensiyani qanday «jin chalgani»ni tushunolmay qolgandilar. Gap shundaki, 2 yilda 30tadan ortiq gol urgan ekvadorlik hujumchi birdaniga to‘xtagandi. Shu asnoda uning golsiz seriyasi naq 10 oyga cho‘zildi. Qarangki, Enner futboldagi asosiy vazifasini Ekvador terma jamoasida esladi. Faqat 2019 yilning kuzidagina omma hujumchining butun fikru-xayoli sobiq turmush o‘rtog‘i Sintiya bilan sud mojarosiga qaratilganligidan xabar topdi. Sintiya futbolchini farzandlariga aliment to‘lamaganlikda ayblagan, u esa sobiq rafiqasi pulni o‘z ehtiyojlariga sarflayotganligini aytgandi. Ammo Valensiyaning iddaolariga hech kim quloq solmadi. Oxir-oqibat, mojaro ayanchli intiho topdi - sud 17000 dollar qarz to‘planib qolgani ortidan Valensiyaga qamoq jazosi belgiladi. E’tiborli tomoni, uni Ekvador termasining chililiklarga qarshi saralash o‘yini payti hisbga olishdi. O‘shanda polisiyachilar hujumchini elektrokarda maydondan olib chiqishgandi. Yakunda Ennerni «Tez yordam» mashinasida olib ketishdi, keyin u qandaydir yo‘l bilan mamlakatdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Mojaroga o‘sha yilning kuzida nuqta qo‘yildi: Sintiya yangi turmush o‘rtog‘i bilan kazinoda ko‘ngilxushlik bilan band bo‘lib, qizchasini mashina ichida 1 soatdan ortiq qarovsiz qoldirgandi. Natijada ishratparast juftlikni voyaga yetmagan bolaga zulm qilganlikda ayblashdi va Mayami sudi futbolchini oqlab chiqdi. «Nihoyat, yana oilam bilan birga ekanligimdan mamnunman. Murabbiy va jamoadoshlarim shaxsiy muammolarimni hal etishda yaqindan yordam berishdi. Endi gollar haqida o‘ylash vaqti keldi», -  degan Valensiya 2019 yilning 29 oktyabrida o‘g‘ilchali bo‘ldi, ertasiga qizini Mayamidan olib keldi va yana gol urishni boshlab yubordi. U endi Turkiya maydonlari to‘p surmoqda.

Medel - haqiqiy mard o‘g‘lon

Chili terma jamoasi anchadan buyon tarkibni yangilash masalasida jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Aniqrog‘i, chililiklar hanuzgacha qatorasiga 2 marta qit’a chempioni bo‘lgan «Oltin avlod» vakillari ko‘magiga tayangan holda, ish yuritishmoqda. Qayerda va qaysi klubda o‘ynashidan qat’iy nazar, hamisha muxlislar yoqimtoyi bo‘lib qolayotgan Gari Medel shunday fidoyilardan biridir. Chili milliy jamoasi Braziliya-2014 mundialida maydon egalariga qarshi bahsda chinakam jasorat namoyish etgandi. Mushaklari cho‘zilgan va oyog‘i bog‘langan holda to‘p surgan Medel o‘shanda ham yaqqol ajralib turgandi. «Soatiga 140 kilometr tezlikda keta turib, old oynadan uchib ketishimga olib kelgan halokatdan keyin hech narsadan cho‘chimaydigan bo‘lib qoldim», - degandi futbolchi. Darhaqiqat, u 21 yoshida yorug‘ dunyo bilan xayrlashishga yaqin turgandi: «Ertalab soat chamasi 7da avtomobilni boshqara turib, ko‘zim ilindi. Kamar taqishni ham unutgandim. Boz ustiga, tezlikni oshirib yuboribman. Mashinam to‘siqqa urilganidan keyin uyg‘ondim. Ayni shu ko‘rgilik ham meni yanada toblantirdi». Medel xorijga chiqqan payt Lotin Amerikasi vakillariga xos futbol va giyohvand moddalarga daxldor hikoyalar aytishni xush ko‘radi: «Agar qulog‘imdan tortgan holda, menga dakki bergan otam nasihatiga quloq solmaganimda, butun umrimni narkodilerlar kabi panjara ortida o‘tkazarmidim...». Braziliya termasiga qarshi kechgan o‘sha tarixiy uchrashuvdan keyin futbolchini namo­yish etgan mardligi, vatanparvarligi, millatga xos jangovar ruhiyati va fidoyiligi uchun Chili armiya­si bosh qo‘mondonining shaxsan o‘zi korvo pichog‘i (faqat Chiliga xos buyum) hamda harbiylar esdalik tangasi bilan mukofotladi.

Qo‘g‘irchoqlarni o‘pish shart...

Ko‘plab futbolchilar odatda turli udumlarga ixlos qilish orqali o‘zlariga nisbatan ishonchni mustahkamlashga urinadilar. Shundaylardan biri - Urugvay termasi vakili Naytan Nandes. Bolaligida tinch o‘tirolmaydigan bo‘lajak futbolchi soatlab to‘p ortidan yugursa ham, sira charchamasdi. Ana shu fazilati uning mehnatsevarligida o‘z aksini topgan. Biroq yarim himoyachi yutuqlarini hamisha nafaqat kuch-salohiyati, balki bolaligidan ajralmas do‘stiga aylangan bir juft qo‘g‘irchog‘iga ham bog‘laydi. Chunonchi, ularni Naytanga onasi sovg‘a qilgan! Eng asosiy udum - uchrashuv boshlanishi arafasida qo‘g‘irchoqlarni o‘pish. Boz ustiga, bu irimga barcha jamoadoshlari amal qilishlari shart. «Bir safar Boliviya termasiga qarshi o‘yinga yo‘l olganimizda, Kristian Rodriges qo‘g‘irchoqlardan naf chiqmasligini aytgandi. Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi? U uchrashuvning 10-daqiqasidayoq jarohatlandi va kiyinish xonasiga, qo‘g‘irchoqlar tomon yo‘l oldi. Luis Suares ham boshida qo‘g‘irchoqlarimga ishonmasdi, ammo hozir ularni hamma kabi sevadi», - deydi irimchi Naytan.

Charchamaslik sababi - tushdagi quvlashmachoq

Karib dengizi sohilida joylashgan Uraba ko‘rfazida dunyoga kelgan Xuan Kuadrado o‘zaro urushlar muhitida ulg‘aydi. Janubiy, Markaziy va Shimoliy Amerikani o‘zaro bog‘lab turadigan yirik iqtisodiy markaz narkomafiya vakillari uchun asosiy qarama-qarshilik maydoni sanalardi. Ko‘chada o‘q ovozi eshitilganida, Xuan darhol uylariga chopar va shkaf ortiga yashirinib olardi. Otasi jasadi ustida yig‘lab o‘tirgan onasini ko‘rganidan keyin shu qo‘rqinchli «o‘yin» uning uchun real voqelikka aylandi. Xunuk manzara oqibatida bolakay tunda bosin­qirab, dahshatli tushlar ko‘radigan bo‘lib qoldi. Muhimi, Kuadrado ularning  biridan o‘zi uchun ijobiy xislat oldi. «Otam hayotdan ko‘z yumganidan keyin tushimda meni ko‘pincha jodugar kampir quvlardi. Undan qochishga jon-jahdim bilan urinardim. Shu tush ta’siridami, maydonda ham ko‘p yugurishga odatlandim», - deydi Kolumbiya milliy jamoasi yetakchilaridan biri.

Tinib-tinchimas serqirra faxriy

Paolo Gerrero Germaniya futboli bilan xayrlashganidan keyin butun bir davr o‘tib ketgandek. Fakt shuki, Janubiy Amerikaning ko‘zga ko‘ringan o‘yinchilaridan birini na faxriylik, na mojarolar va na jarohatlar to‘xtatishga qodir. U hamon Peru termasida harakatlantiruvchi kuch maqomida. Gerrero oxirgi yillarda bir qator ko‘ngilsiz voqealarni boshdan kechirdi. O‘zi bilmagan holda, giyohvand o‘simlik yaproqlaridan tayyorlangan choy ichgani uchun 14 oylik diskvalifikasiya bilan jazolandi. Paolo faqat terma jamoalar sardorlarining aralashuvi bilan Rossiya mundialida qatnashishga muvaffaq bo‘ldi, ammo keyin jazo muddatini o‘tadi. Shundan so‘ng qariyb 1 yilni jarohatini tuzatishga sarfladi. Uning yashil maydon tashqarisidagi hayoti ham shiddatli kechmoqda. Bir safar jurnalist ayol Paoloni Peru terma jamoasi joylashgan bazadan ruxsatsiz chiqib ketganlikda aybladi. Futbolchi esa o‘sha ayolni sudga berib, tuhmat uchun jazoga tortilishini talab qildi. Oqibatda jurnalist 5 oyga ozodlikdan mahrum etildi, to‘g‘ri, 76 kundan keyin hukm shartli jazo bilan almashtirildi. Gerrero yana bolalarni yaxshi ko‘rishi va turli ijtimoiy tadbirlarda faol qatnashishi bilan tanilgan. Boshqa bir qiziqishi - ot sporti. Unda turli musobaqalarda ishtirok etadigan va g‘olib chiqadigan xususiy tulporlari bor. Paolo bundan tashqari, biografik filmda suratga tushishga ham ulgurgan.

Navbat - egizaklarga

Paragvay terma jamoasi tarkibida faqat yuzlaridagi xolga qarab, ajratish imkoni bor egizaklar to‘p surishadi. Gap Oskar va Anxel Romero haqida ketmoqda. Ular bir necha yillik ayrolikdan so‘ng «San-Lorenso»da yonma-yon o‘ynamoqdalar. Asli argentinalik Oskar va Anxel bolalik paytidayoq «Boka Xuniors» tizimidan joy olishlari mumkin edi. Biroq byurokratik to‘siq bunga imkon bermagan: bolalar hujjatida ularni atigi 1 marta ko‘rgan otaning imzosi yo‘qligi barchasini rasvo qiladi. Oxir-oqibat, Paragvayning «Serro Por­tenyo» klubini yengilmas chempionga aylantirgan aka-ukalar ajralib ketishdi - Anxel Braziliyaga yo‘l oldi, Oskar esa Argentina, Ispaniya va Xitoy klublarida to‘p surdi. Orada «Korintians» egizaklarni birlashtirishga va’da berdi, ammo rahbarlarning almashuvi bu rejani yo‘qqa chiqardi. Nihoyat, ularning yo‘llari «San-Lorenso»da yana kesishdi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:51, 09.07.2021. O'qildi: 3860 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Барселона Ferran Torres 7
4 Атлетико Xulian Alvares 7
5 Леванте Karl Etta-Eyong 6
6 Мальорка Vedat Muriki 6
7 Эспаньол Pere Milya 5
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Сельта Borxa Iglesias 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.