Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 04.11.2025 00:45
      • Lasio
      • 2:0
      • Kalyari
  • APL
      • 04.11.2025 01:00
      • Sanderlend
      • 1:1
      • Everton
  • La-liga
      • 04.11.2025 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Osasuna
  • Elit OCHL
      • 04.11.2025 15:00
      • Seul
      • 0:0
      • Chengdu Rongcheng
      • 04.11.2025 15:00
      • Matida Zelviya
      • 1:2
      • Melburn Siti
      • 04.11.2025 15:00
      • Sanfrechche Xirosima
      • 1:0
      • Kangvon
      • 04.11.2025 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shangxay Port
      • 04.11.2025 21:00
      • As-Sadd
      • 1:2
      • Al-Ahli (SA)
      • 04.11.2025 23:15
      • Al-Ittihod
      • -:-
      • Sharja
  • OChL-2
      • 04.11.2025 21:00
      • Sepohon
      • 2:2
      • Ahal
  • ECHL
      • 04.11.2025 22:45
      • Slaviya
      • 0:3
      • Arsenal
      • 04.11.2025 22:45
      • Napoli
      • 0:0
      • Ayntraxt F
      • 05.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 3:1
      • Yunion
      • 05.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 0:1
      • Monako
      • 05.11.2025 01:00
      • Yuventus
      • 1:1
      • Sporting
      • 05.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:0
      • Real Madrid
      • 05.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 1:1
      • PSV
      • 05.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 1:2
      • Bavariya
      • 05.11.2025 01:00
      • Tottenhem
      • 4:0
      • Kopengagen
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8879 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2948 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 05.11.2025

      06:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Палмейрас".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:10 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Газиантеп".
      15:10 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Гремио".
      17:10 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Витория".
      19:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Ботафого".
      22:20 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      00:20 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Фенербахче".
      02:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 05.11.2025

      05:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 55 кг.
      06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 59 кг.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      09:40 "Страна спортивная".
      09:55 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
      11:25 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 2.
      12:55 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      13:45 "10 лет в спорте". "2017/2018".
      14:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      15:00 "Страна спортивная".
      15:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 64 кг.
      16:25 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      17:05 "Команда мечты".
      17:30 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      18:10 "Лица страны". Иван Ревенко.
      18:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 55 кг.
      19:25 "Непобедимый".
      19:55 LIVE Боулинг. Кубок Дружбы. Россия - Узбекистан. Прямая трансляция.
      22:00 "10 лет в спорте". "2017/2018".
      22:30 "Век нашего спорта". Наталья Ветошникова.
      23:00 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
      00:25 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 2.
      01:50 "Команда мечты".
      02:15 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 1-й заезд.
      02:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 2-й заезд.
      03:40 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд.
      04:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд.
  • MATCH-TV
    • Sana: 05.11.2025

      05:00 "10 лет в спорте". "2023/2024".
      05:30 "10 лет в спорте". "2024/2025".
      05:55 Новости.
      06:00 Волейбол. Чемпионат России. Женщины. Суперлига. "Локомотив" (Калининградская область) - "Динамо-Ак Барс" (Казань).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Голевая неделя. РФ".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Диана Миронова.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:25 Матч! Парад.
      12:55 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      13:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Вид сверху".
      16:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:45 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Оренбург" - "Краснодар". Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Динамо" (Махачкала) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Динамо" (Москва). Прямая трансляция.
      00:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Бильярд. Кубок Кремля. Комбинированная пирамида. Мужчины.
      03:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 05.11.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 2.
      11:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3. Прямая трансляция.
      15:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      15:45 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      16:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3. Прямая трансляция.
      20:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 9 эп.
      20:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      22:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона.
      23:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Лионе, Франция.
      00:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3.
      02:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 9 эп.
      02:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      04:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Holand, Mbappe, Keyn, Messi. Yozning asosiy transfer sagalari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yozgi transferlar doirasida «PSJ» va «Barselona» klublari o‘z safiga bir nechtadan yangi futbolchi qo‘shib olishga ulgurdi, qolgan grand jamoalar ham transfer bozorida faol ish olib borishmoqda. Yozning qolgan qismida yana qanday katta transferlar amalga oshishi mumkin?

Erling Holand, 20 yosh
Qayerdan: «Borussiya» Dortmund
Qayerga: «Barselona», «Real», «Chelsi», «Manchester Siti»
Transfer qiymati: 130 mln yevro

Holand kashf qilinganidan buyon har transferlar oynasida top-klublar nigohida bo‘lib kelmoqda. 2019 yil yozida ushbu norvegiyalik vunderkin yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bir o‘yinida Honduras darvozasiga to‘qqiz gol urib, tillarda doston bo‘lgandi. O‘shanda «Zalsburg» ushbu yosh yulduzni yarim yil o‘z safida olib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bu vaqtda Holand o‘zini ko‘rsatish uchun to‘liq foydalandi va barcha turnirlar doirasidagi 22 o‘yinda 28 gol urdi, YECHL guruh bosqichida 7ta gol urib (shundan biri «Liverpul»ga) yana barchaning e’tiborini o‘ziga qaratdi. Dortmundning «Borussiya» klubi mavsumlar oralig‘ida, 2020 yil yanvarida ajoyib transferni amalga oshirdi - ushbu istiqbolli forvard atigi 20 million yevroga sotib olindi. Nemislar klubidagi bir yarim yilda Holand 59 o‘yinda 57 golni raqiblar darvozalariga joyladi va endi uning transfer qiymati 130 million yevrogacha o‘sgan (transfermarkt.de bo‘yicha) — undan faqat Kilian Mbappe qimmatroq.

Hozirda uni transfer qilishga urinmaydigan jamoalarni sanash unga da’vogarlarni sanashdan ko‘ra osonroq. Yosh futbolchi shu yil bahorida o‘z agentlari (otasi Alf-Inge Holand va Mino Rayola avval Ispaniyada, keyin Angliyada bo‘lishgan) bilan Yevropa bo‘ylab turne o‘tkazgandi. Uning xizmatlariga ayniqsa «Real» va «Chelsi» katta qiziqish bildirmoqda. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, London klubi 175 million yevro taklif qilmoqda.


 

Kilian Mbappe, 22 yosh
Qayerdan: «PSJ»
Qayerga: «Real»
Transfer qiymati: 200 mln yevro

Mbappening narxi shunchalik yuqoriki, unga da’vogar klublar soni bittagacha qisqargan — «Real». 22 yoshli hujumchi parijliklar bilan keyingi yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti, klub rahbariyati esa Mbappeni Madridga qo‘yib yubormoqchi emas. Payshanba kuni Marca «PSJ» bosslari forvard uchun moliyaviy jihatdan qaytarib bo‘lmas yangi taklif tayyorlayotgani haqida xabar berdi.

Ishga «PSJ»ning yangi a’zosi Serxio Ramos ham aralashdi: «Unga Parijda qolishni maslahat beraman. Albatta, men Kilianning kelajagiga aralashdigan odam emasman, ammo istardimki, u klubda qolsin. Bizga eng yaxshi futbolchilar kerak, Kilian esa ulardan biri, xuddi Neymar kabi. Biz birgalikda mo‘’jizaviy ishlar qilishga qodirmiz. Shunisi aniqki, «Real»da bo‘lganimda bunday gaplar ayta olmasdim. Ammo men hozir o‘z jamoam haqida o‘ylashim kerak va mening jamoam — «PSJ». Tarkibda eng yaxshi ijrochilar bo‘lishini istayman».


 

Harri Keyn, 27 yosh
Qayerdan: «Tottenhem»
Qayerga: «Manchester Siti», «Chelsi»
Transfer qiymati: 120 mln yevro

Angliyalik ko‘p muxlislar uchun Keyn hamon sirli bo‘lib qolmoqda. 27 yoshlilar avlodining eng kuchli hujumchisi hamon «Tottenhem»dan ketmadi (u 2011 yildan beri shu klubda). Ushbu ingliz futbolchisi hech qachon top-klublar e’tiboridan chetda qolmagan. Angliya grandlari va «Real» ko‘p marta uni sotib olishga uringan, bu transfer nihoyat shu yozda amalga oshadigan ko‘rinmoqda — Keyn o‘zi Londondan ketishni istayotgani haqida may oyidayoq ma’lum bo‘lgandi.

Uning eng ehtimoliy manzili — «Manchester Siti». Pep Gvardiola jamoasi markaziy hujumchi qidirmoqda. O‘tgan mavsumda jamoa hujum chizig‘i vakillari navbatma-navbat o‘zlarini bu pozisiyada sinab ko‘rishdi, eng ko‘p golni Ilkay Gundo‘g‘an urdi — barcha turnirlar doirasida 17 gol. Gabriel Jezus vaziyatlardan foydalanishda aniqroq harakat qila olmadi, Serxio Aguero esa jarohatlar tufayli deyarli o‘ynamadi. Yakunda argentinalik futbolchi erkin agent maqomida «Barselona»ga yo‘l oldi. Angliya termasi sardori uchun «Siti» katta mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi, uning transfer qiymati transfermarkt.de portalida 120 million yevroga baholangan.



 

Antuan Grizmann («Barselona») va Saul Niges («Atletiko»)
Qayerga: «Barselona» va «Atletiko» o‘rtasida almashuv

Grizmanning «Barselona»dagi faoliyati kutilganidek kechmadi. Bir tomondan, fransuz maydonda ikki futbolchi uchun o‘ynaydi va bosh murabbiy Ronald Kuman tomonidan ham, klub rahbariyati tomondan ham uning o‘zini klubga bag‘ishlashiga e’tiroz bo‘lishi mumkin emas. Boshqa tomondan, Grizmann — 120 million yevro evaziga xarid qilingan hujumchi, ammo u 99 o‘yinda 35 gol urdi. «Barselona»da uning maydondagi pozisiyasi tez-tez o‘zgardi, fransuzni jamoaviy muvaffaqiyat uchun qurbon qilishdi, ammo Grizmann baribir o‘zi uchun variantlar yaratib gollar urdi. Kataloniyaliklar endi Leo Messi bilan shartnomani yangilashi uchun maoshlar vedomostini yengillatishi kerak bo‘lmoqda va bu safar ham Grizmann qurbonlikka keltirilmoqda.

Deyarli hal qilingan variant — uni «Atletiko»ga qaytarish va evaziga Saul Nigesni olish.Madridliklar «Udineze» yarimhimoyachisi Rodrigo De Paul bilan tarkibni kuchaytirishdi va ko‘p yillardan buyon jamoada maydon markazida to‘p surib kelgan yetakchisi bilan xayrlashishga tayyor. Klublarning rejasiga ko‘ra, «matraschilar» kataloniyaliklarga transfer doirasida 15 million yevro to‘lab berishi kerak. Grizmann sobiq klubida yana avvalgi darajada o‘ynay boshlashi, Saul esa klubdagi muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin faoliyatini boshqa bir top-klubda qayta tiklashga urinib ko‘rishi mumkin.

To‘g‘ri, la liga rahbariyati hozirda ushbu transfer reglamentga qanchalar mos ravishda bo‘lishiga qiziqib qolgan va tekshiruvlar boshlagan.


 

Lionel Messi, 34 yosh
Qayerdan: «Barselona»
Qayerga: «Barselona»
Transfer qiymati: erkin agent

Argentinalik futbolchi hamon erkin agent maqomida qolmoqda. Lekin u «Barselona» bilan shartnomani yangilashiga shubha yo‘q. Chorshanba kuni Yevropaning eng taniqli insayderlari — Fabrisio Romanodan tortib Gilyem Balagegacha — klub va futbolchi besh yillik yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar tarqatishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Messi klubda qolish uchun maoshi ikki barobar qisqarishiga rozi bo‘lgan.

Boshqa tomondan, tomonlar «kelishuvga erishgani va erta-indin shartnoma imzolanishi» haqidagi xabarlarning yangi seriyasi har oyda chiqadi, ammo hozirgacha rasmiy kelishuv sodir bo‘lmadi. Umuman, «Barselona» yangi shartnoma tuzishi uchun avval to‘lovlar vedomosti masalasini hal etishi kerak, shundan keyingina la liga klubning yangi futbolchilarining shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi. Shunday ekan, popkornlarni yig‘ishtirishga hali erta.


Eduardu Kamavinga, 18 yosh
Qayerdan: «Renn»
Qayerga: «Manchester Yunayted», «PSJ», «Real»
Transfer qiymati: 55 million yevro

Bir yil muqaddam «Renn» o‘z vunderkindi Eduardu Kamavingani saqlab qola olgandi, ammo endi bu ish qiyinroq. O‘tgan mavsumda ushbu 18 yoshli yarimhimoyachi Chempionlar ligasida o‘ynadi va Fransiya termasida debyut qildi. Futbolchining klubi bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar amal qiladi va «Renn» agar hozir shartnomani yangilamasa yoki uni kattaroq pulga sotmasa, keyingi yil tekinga qo‘yib yuborishi kerak bo‘ladi.

Kamavingaga «PSJ» va «Real» klublari avvaldan qiziqib kelishmoqda, ammo «Manchester Yunayted» hozircha muzokaralarda faolroq. Taniqli insayder Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, «Renn» futbolchisini Angliyaga 30 million yevroga ham qo‘yib yuborishga rozi.
Eduardu Kamavinga.


Manuel Lokatelli, 23 yosh
Qayerdan: «Sassuolo»
Qayerga: «Yuventus», «Borussiya» D, «Arsenal»
Transfer qiymati: 35 million yevro

Lokatelli Italiya safidagi o‘yinlari bilan Yevro-2020 kashfiyotlaridan biri bo‘ldi. «Sassuolo» yarimhimoyachisi guruh o‘yinlarida jarohat tufayli o‘ynay olmagan Marko Verrattining yo‘qligini bilintirmadi, Shveysariya darvozasiga ikki gol urdi (3:0).

Italiyada Lokatellining talanti haqida avvaldan bilishadi. Havbek katta futboldagi faoliyatini 18 yoshida «Milan»da boshlagan, ammo ko‘p vaqt o‘tmay «rossoneri»lar undan voz kechishgan, u esa «Sassuolo»da faoliyatini tiklagan va hozirda jamoa sardoriga aylangan. 23 yoshli futbolchiga «Borussiya» D va «Arsenal» ham qiziqayotgandi, ammo «Yuventus» ularni ortda qoldirdi. Turinliklar Lokatelli bilan besh yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan, uning yillik maoshi miqdori uch million yevroga teng bo‘ladi. «Sassuolo» o‘z yetakchisi uchun 40 million yevro olmoqchi.


Rafael Varan, 28 yosh
Qayerdan: «Real»
Qayerga: «Manchester Yunayted»
Transfer qiymati: 70 million yevro

Jahon chempioni va Chempionlar ligasining to‘rt karra g‘olibi Varan 10 yillik faoliyatidan keyin «Real»ni tark etmoqda. Fransuz futbolchisining shartnomasi muddati keyingi yil yozida tugaydi, ammo tomonlar shartnomani yangilash ustida ishlashmayapti, uning ketish qarorini o‘zini Madridga olib kelgan fransiyalik murabbiy Zinedin Zidanning ketgani ham mustahkamlagan. Qaymoqranglilar esa futbolchini shu yozda sotmasa, keyingi yili tekinga qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Himoyachi uchun birinchilardan bo‘lib «Manchester Yunayted» da’vogar bo‘lib chiqqan. Inglizlar klub transfer uchun 50 million yevro to‘lab, Varanning o‘ziga yiliga 12 million yevro miqdorida maosh ko‘zda tutilgan besh yillik shartnoma taklif etmoqchi. Madridliklar esa transferdan kamida 60 million yevro ishlashni niyat qilgan.


Renatu Sanchesh, 23 yosh
Qayerdan: «Lill»
Qayerga: «Bavariya», «Barselona», «Liverpul»
Transfer qiymati: 30 million yevro

Yevro-2016dan Yevro-2020gacha besh yil o‘tdi, ammo Renatu Sancheshning faoliyatida hech narsa o‘zgarmagandek. 2016 yilda 18 yoshda bo‘lgan portugaliyalik turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lib «Bavariya»ga yo‘l olgandi. Ammo u myunxenliklar klubidagi raqobatni yenga olmadi, «Suonsi»ga ijara ham o‘xshamadi. Yordamga «Lill» keldi. Fransiyada Sanchesh o‘ziga keldi va o‘tgan mavsumda «Lill»ga «PSJ»dan chempionlik titulini olib qo‘yishda yordam berdi.

Yevro-2020da Sanchesh Portugaliya termasi safida yorqin o‘yin ko‘rsatdi va endi ushbu 23 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni «Barselona», «Liverpul» va yana «Bavariya» kuzatmoqda. Germaniya chempionlarida Sancheshni 30 million yevroga qaytarib sotib olish huquqi bor va shu tufayli ular ushbu futbolchi uchun kurashda eng qulay vaziyat hosil qilishgan.


Dushan Vlaxovich, 21 yosh
Qayerdan: «Fiorentina»
Qayerga: «Yuventus», «Liverpul», «Tottenhem»
Transfer qiymati: 40 million yevro

«Fiorentina»da mavsumni ishonchsiz boshlagan (A Seriyaning 11 turida atigi 1 gol) Vlahovich uni to‘purarlar ro‘yxatida 4-o‘rinda yakunladi (37 o‘yinda 21 gol) va chempionatning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi. Endi ushbu serbiyalik ko‘plab top-klub e’tiboriga tushgan. 21 yoshli hujumchini «Yuventus», «Liverpul» va «Tottenhem» kabi klublar o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Bu boradagi mish-mishlarni «Fiorentina» bosh direktori Jo Barone quyidagi so‘zlari bilan bosdi-bosdi qilmoqchi bo‘ldi: «Vlaxovich — «Fiorentina» futbolchisi. Futbolchining shartnomasi yana ikki yil amal qiladi, hozir biz uning agenti bilan yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqdamiz». Ammo uning urinishlari befoyda.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, klub rahbariyati futbolchi bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirib, uning yillik maoshini 2 million yevroga ko‘tarish bo‘yicha taklif bergan, ammo futbolchi bu shartlarga ko‘nmagan, uning agenti esa boshqa klubga transfer ustida ishlamoqda.

Shartnomani uzaytirish haqidagi gaplar, katta ehtimol bilan uning transfer narxini oshirishga urinish hisoblanadi. Bunday darajadagi talantli futbolchini Florensiyada ushlab qolishning imkoni bo‘lmaydi.


 

Manba: kun.uz
Kiritildi: 11:48, 18.07.2021. O'qildi: 12340 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.