Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Murabbiylar: O‘zga yurtda qadr topib...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Shveysariya termasi Yevro-2020 chorak finaligacha yetib borib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijalardan birini qayd etdi. Muvaffaqiyat kelib chiqishi bosniyalik bo‘lgan murabbiy Vladimir Petkovich bilan qo‘lga kiritildi. U jamoani naq 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida Petkovich Bundesliga, «A» seriya va APLdan tushgan takliflarga rad javobini berdi - ammo uni hamon millionlab tomoshabinlar tanishmaydi. Quyidagi maqolada ushbu mutaxassis bilan tanishtirmoqchimiz.

Petkovich 25 yoshdaligida ota-onasi bilan Yugoslaviyadan Shveysariyaga ko‘chib o‘tdi. Barchasiga mamlakatdagi beqaror siyosiy vaziyat sabab bo‘lgandi. O‘shanda 80-yillar o‘rtalari edi, Yugoslaviya inqirozga yuz tutgan, ko‘p o‘tmay tarqalib ketgandi. «Shunchaki, futbol o‘ynash uchun qadrdon uyimni tark etdim. Hamma narsani barbod etayotgan siyosiy tizimning bir qismi bo‘lishni xohlamadim. Tinchlik va xotirjamlikni istadim, shu bois, stabil Shveysariyaga ketdim».

Dastavval Petkovich Caritas katoliklar cherkovi qoshidagi xayriya tashkilotida ishladi - parallel ravishda til o‘rgandi. U yerda boshqa yugoslaviyalik qochoqlarning moslashishlariga yordamlashdi. «Mening missiyam odamlarga ko‘mak berish ekanligini his qildim. O‘shanda Yugoslaviyadan kelgan qardoshlarimizning qulay hayot kechirishlarini ta’minlashga intildim. Hozir futbolchilarning o‘sishlari uchun harakat qilyapman».

Mavsum-2012/2013da «Lasio» bilan qo‘lga kiritilgan Italiya kubogi Petkovichning murabbiylik faoliyatidagi yagona sovrindir: uning jamoasi Rim derbisida «Roma» ustidan zafar quchgandi. Qahramonimiz tarixga nazar solarkan, shunday deydi: «O‘shanda bu g‘alabaning nechog‘li buyuk ekanligini tushunmagan ekanman. Fanatlar sovrin uchun quvonishyapti, deb o‘ylagandim. Ammo oradan ko‘p yillar o‘tdi va 26 may mening ikkinchi tug‘ilgan kunimga aylandi. «Lasio» muxlislari Italiya, Shveysariya, AQSHda kutib olishadi va o‘sha 26 may kungi muvaffaqiyat uchun rahmat aytishadi».

Petkovich «Lasio»ni bir yarim yil boshqardi va shu muddatni faoliyatidagi eng muhimi deb hisoblaydi. Nega unga shunchalik omad kulib boqdi? Buning bir sababi bor ekan: «Rafiqamni Shveysariyada qoldirdim. Shu bois, Rimda bor e’tiborim ishga qaratildi, meni hech nima chalg‘itmadi. Bu to‘g‘ri qaror edi, garchi turmush o‘rtog‘im ranjigan bo‘lsa ham. U Italiyaga borishni xohlagandi».

2014 yilning 3 yanvari. Shveysariya termasi JCH-2014dan keyin Vladimir Petkovichni bosh murabbiylikka tayinlashi haqida xabar berdi. 2014 yilning 4 yanvarida «Lasio» prezidenti Klaudio Lotito Petkovichni iste’foga chiqardi.

Petkovich keyinchalik o‘sha damlar haqida gapirgandi: «Lasio» bilan o‘rtamizda xunuk voqea ro‘y bergandi. Shveysariya sabrsizlik qilib, kutilmaganda mening tayinlovim haqida xabar berdi. Lotito bilan suhbatimiz xush kayfiyatda o‘tdi, deyish qiyin edi, u italyanchada nojo‘ya so‘zlarni aytib so‘kindi. Klaudio Yangi yil munosabati bilan menga mashina sovg‘a qilgandi. Uni qaytarishimga to‘g‘ri kelgandi».

Petkovich 8ta tilni biladi. Ularni rafiqasi bilan bahslashish natijasida o‘rgangan. Sanab ko‘ring: ingliz, italyan, fransuz, nemis, ispan, rus, bosniya va xorvat tillari. Ruschani maktabda yod olgan. Ispan tili masalasida esa quyidagilarni so‘zlab berdi: «Lilyen bilan tez-tez tortishib turardik. Bir safar u qaysidir yangi tilni o‘rgana olmasligimni aytdi. Men esa bu borada muammo yo‘qligini aytdim. Bir haftadan keyin ispan tili bo‘yicha muallimga qatnay boshladim».

Uning termasida mahalliylashtirilgan futbolchilarning ko‘pligiga izoh ham tayyor: «Agar xorijlik futbolchi Shveysariya termasida yomon o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa - bu uning yomon o‘yin o‘tkazganini anglatadi. Hech kim uni chindan yurakdan o‘ynamaganlikda ayblamaydi. Shunaqasi ham bo‘ladi».

Hozir Shveysariya milliy jamoasida kelib chiqishi Albaniya, Dominikan, Chili, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan bo‘lgan futbolchilar to‘p surishadi. Petkovich bundan zavqalanadi: «Tarkibingizda turli millat vakillari, turfa qarashga ega o‘yinchilarning borligi ajoyib. Hattoki, bu terma jamoa bo‘lsa ham. Nima uchun? Kimdir texnik jihatdan kuchli bo‘lishi mumkin. Kimdir ortiqcha tryuklarsiz o‘ynab, faqat natijani ko‘zlaydi. Ammo qiziqarli va yorqin jamoa shunday to‘planadi».

 O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:50, 21.07.2021. O'qildi: 4129 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик