“Navbahor” kecha Toshkentdagi “Jar” stadionida Termizning “Curxon” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Mazkur o‘yinda ustunlikka ega bo‘lgan namanganliklar mahoratli hujumchi Ibrohim G‘anixonovning 16 va 28-daqiqalarda urgan gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ta’kidlaganimizdek, “lochinlar” ushbu bahsning 1-bo‘limidayoq 2 ta gol urib, tanaffusga 2:0 hisobida chiqib ketishgandi.
Garchi ikkinchi bo‘limda ham har ikki jamoa a’zolarida bir qator imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, darvozalarga boshqa gol urilmadi.
Natijada mazkur o‘yinda Viktor Jalilov shogirdlari 2:0 hisobida zafar quchishdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
“Navbahor” – “Surxon” – 2:0 (2:0)
Gollar: Ibrohim G‘anixonov (16, 28).
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Igor Golban, Boyan Siger, Davron Hoshimov, Mirzohid G‘ofurov, Azimjon Ahmedov, Boyan Naydenov, Kosta Tenorio Gutiner, Quvondiq Ro‘ziyev, Ivan Solovyov, Ibrohim G‘anixonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Rahimjon Davronov, Zabihillo O‘rinboyev, Islomjon Isoqjonov, Abbosjon G‘ulomov, Sardor Telyakov, Ilhom Alijonov, Javohir Husanov, Mirzohid Mirzamahmudov, Xushnud Avilov, Temur Nabiyev.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.