Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jarohatlar so‘ndirgan futbol yulduzlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Jarohatlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbol olamida shunday futbolchilar borki bir on chaqmoq kabi porlab, so‘ng o‘chishgan. Ularni so‘ndirgan narsa esa jarohatlar! Yillar davomida jarohat iskanjasida qolgan yulduzlar bora-bora so‘na boshlaydi. Haqiqiy iste’dodlar gullagan davrini kasalxonada yoxud reserv o‘rindig‘ida o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Quyida bir nechta ana shunday jarohatlar so‘ndirgan yulduzlarni sanab o‘tamiz.

10. Marko Van Basten

Niderlandiyalik iste’dodning o‘yinini barcha eslaydi. 90 yillarda futbolda o‘ziga xos tezlik va uslubi bilan barchani hayratga solgan Van Basten 28 yoshida katta futboldan ketishga majbur bo‘ladi. U elit darajadagi to‘p nazoratiga va maydonning istalgan joyidan gol ura olish qobiliyatiga ega edi. Afsuski, to‘piqdan olgan jiddiy jarohati sabab, uning faoliyatiga bolta urildi. 1993 yilgi Chempionlar ligasi finalida «Milan» bilan mag‘lubiyatga uchrab, yana qattiq jarohatlanadi. Shundan so‘ng o‘nglana olmagan hujumchi futbolni tark etadi. Qisqa faoliyati davomida uchta Oltin to‘p sovrinini qo‘lgan kiritgan Van Basten barchani umrbodga yodida qolgan.

9. Fill Jons

Jons vaqtida Ser Aleks Fergyussenning ishongan o‘yinchilaridan biri edi. Ammo yillar davomida o‘zining regressiyasi tufayli futbol ommasi orasida memlarga sabab bo‘ladi. U sport formasida bo‘lganida va doimiy maydonda harakat qilgan paytlari «Yunayted»ga faqat va faqat g‘alabali yurishlar taqdim etardi. Davomli jarohatlar esa uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini hamda izchil o‘yin tizimini yo‘qotishiga olib kelgan. Shu sabab Jons faoliyati keskin pasayish bilan yakun topadi.

8. Ledli King

King timsolida jismonan baquvvat va tezkor, qolaversa aqliy yetuk hamda uzoqni ko‘ra oladigan futbolchi gavdalanadi. «Tottenxem» himoyachisi 1999 yildan to o‘zining faoliyati yakunlangan 2012 yilga qadar baholiqudrat jamoasi bilan birga bo‘ldi. Ko‘plab o‘yinlarda munosib qatnashib, muxlislar e’tiborini qozondi. Biroq doimiy tizza jarohatlari va sog‘liq bilan bog‘liq muammolar uni futboldan erta ketishga majbur qildi.

7. Mario Gyotze

2014 yilgi Jahon chempionati va yagona gol... Ushbu gol muallifi Gyotze edi va bu bilan u Germaniyaga uzoq kutilgan to‘rtinchi chempionlikni keltirgan. Dortmundning «Borussiya»sida porlagan yulduz «Bavariya»ga ko‘chib o‘tadi. Afsuski, u yerda doimiy jismoniy muammolar bilan yaxshi o‘ynay olmaydi. Ortga, Dortmundga qaytgan futbolchiga 2017 yilda miyopatiya tashxisi qo‘yiladi va bu narsa uni katta futbolda o‘sish jarayonini to‘xtashiga sabab bo‘ladi.

6. Marko Roys

Marko «Dortmund»ning yana bir ajoyib iste’dodi edi. 2010 yillarning o‘rtalarida u porlagan davrini boshdan o‘tkazdi. Keyingi galda esa davomiy jarohatlar unga o‘ynashga va o‘zini ko‘rsatishga imkon bermay qo‘ydi. Transfer narxi juda ham balandlagan paytida nemis o‘yinchisida muammolar paydo bo‘ladi va bu uni futboldan uzoqlashishga majbur qiladi. Roys hatto hozir ham yorqin futbol yulduzi bo‘lishi mumkin edi. Ammo...

5. Eduardo Da Silva

«Arsenal» kuchga to‘lgan tarkibga ega bo‘lgan mavsumda Eduardo klubning eng tezkor va energetik futbolchisi edi. U 2008 yilda chap oyog‘ining to‘pig‘i qiyshayib sinishi oqibatida o‘z faoliyatini tugatishga qadam tashlagan edi. O‘sha o‘yin «Birmingem» klubiga qarshi o‘tkazilgan va Eduardoga qarshi qo‘pollik ishlatgan Martin Teylor ancha vaqtga futbol bahslaridan chetlatilgan, biroq Da Silvaning faoliyatini butunlay tugatilishiga sabab bo‘lib qolgandi. U 2010 yilda London klubini tark etishga majbur bo‘ladi.

4. Aleksandr Pato

Milan shahri ko‘chalari ushbu inson nomini hech qachon unutishmaydi. «Milan»dagi dastlabki 18 ta uchrashuvida 9 ta gol urgan braziliyalik o‘smir yigit tezda barchani e’tiboriga tushadi. Uning «Barsa»ga qarshi YCHLda o‘tkazgan o‘yinini eslashning o‘zi kifoya. Oradan ko‘p o‘tmay uning boshiga ham jarohat atalmish g‘avg‘o keladi. Patoning butun kuch-g‘ayratga to‘lgan davri sog‘lig‘i bilan kurashda kechdi. Bu esa uning karyerasiga ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Shu zaylda Pato yosh bo‘la turib futboldan ketadi.

3. Adriano 

«Imperator» nomi bilan butun dunyoga qisqa davr mobaynida mashhur bo‘lib ketgan braziliyalik, «Inter»da Ronaldodan keyingi voris bo‘lib qolgan edi. Hatto Adriano undan ham qobiliyatliroq edi. Italiya va butun Yevropa bo‘ylab yangi yulduz yetishib chiqayotgandek edi, go‘yo. Biroq undan qilingan umidlarni bari barbod bo‘ldi. Undagi jarohatlar va otasining o‘limi futboldagi sinishini «ta’minlab berdi». Adriano bunday yo‘qotishlarga chiday olmadi butun faoliyatida sog‘liq muammosi bilan kurashdi va ko‘p o‘tmay futbolni tark etdi.

2. Oven Xargrivs

Oven futboldagi eng sirli shaxslardan biri edi. Kanadalik ingliz yigiti o‘z faoliyatini Germaniyada boshlaydi. Keyinchalik, «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tib, Angliyada mashhurlikka erishadi. Xargrivs tayanch zonasida hamma narsaga qodir futbolchi edi. U jismonan yetuk, tezkor, aqlli hamda to‘p bilan yaxshi muomala qila olgan. Buni ko‘rgan Fergyussen uni «MYU»ga taklif etadi va 2008 yilda Xargrivs «mankunyanliklar» safida YCHL kubogini qo‘lga kiritadi. Biroq sal o‘tmay tizzasidan olgan jarohati uning maydondagi harakatini cheklaydi. Bir necha yildan so‘ng, futbolchi 2012 yilda futboldan ketishga majbur bo‘ladi.

1. Jek Uilisher

2011 yildagi Chempionlar ligasi bahsida butun «Kamp Nou» ahlini o‘zining takrorlanmas harakatlari bilan lol qoldirgan yarimhimoyachi raqib o‘yinchilarini maydonning har bir qarichida dovdiratib qo‘ygan edi. Angliya terma jamoasi a’zosi va «Arsenal» yarimhimoyachisi Jek Uilsher o‘z vaqtida kuchli o‘yin namoyish etgan va o‘zining o‘ta aqlli uzatmalari bilan jamoasi g‘alabalariga sabab bo‘lgan edi. Yaxshi harakatiga yarasha raqib uni ayamas, oyog‘ining istalgan joyiga zarbalar berardi. Olingan jarohatlar uning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymadi. To‘pig‘ining sinishi esa, ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yuborishiga va zahiraga mixlanib qolishiga olib keladi. Mutlaqo ko‘rinmaydigandek tuyulgan narsa Jekning futboldan ketishiga sabab bo‘ldi.

Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 11:37, 05.08.2021. O'qildi: 4203 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.