Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Omadli ibtido, shonli davr va alamli intixo

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Pardalar yopilmoqda. Chiroqlar o‘chmoqda". "Kamp Nou"ning tirik afsonasi o‘z uyidan uzoqlashmoqda. Endi u 100 ming kishilik ulkan arenada to‘p tepmaydi, tepsa ham ko‘k-qizil libosda emas. Ha, ishonmaganimiz va qabul qila olmayotgan holatimiz jonli tarzda ko‘z oldimizda ro‘y berdi. Turli nashrlardagi xabarlar va xatto rasmiy bayonotlar ham bizni bunga ishontira olmayotgan edi. Endi ishondik! U ko‘z yoshlar ila va qalbida "Barselona"ga muhabbat ila o‘z klubini tark etmoqda. Nima bo‘lgan taqdirda ham, u shu klubni sevishini va qolishni juda xohlaganini aytdi. Benazir bearmon Kataloniya klubini tark etmoqda, biroq tark etishni xohlamagan paytida.

Ibtido

Yosh Leo Kataloniya klubiga 2000 yilda katta orzular, yuksak maqsadlar va bir qator muammolar bilan tashrif buyurdi. Hamma biladi Messi bilan qanday muammolar yuz berganini. Kichik bo‘yi, kichik jussasi uning ulkan iqtidoriga to‘siq bo‘la olmadi. U bu klub safida tobora o‘sib borardi. 2003 yildan katta futbolga kirib kelgan Leo avvaliga "Barselona" "S" va "B" tarkiblarida harakat qildi. Uning maydonda bajarayotgan qoyilmaqom ishlari tezda e’tiborga tushdi. Bora-bora u asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi va Ronaldinyo, Puyol, Deko, Xavi va yana ko‘plab afsonalar bilan to‘p tepdi. Barcha unda bor iqtidorni aniq tiniq ko‘ra olardi. Sababi, uning iqtidori kerak bo‘lsa, zulmatda ham porlab, atrofga nur sochgudek edi. Hammasi shu tariqa davom etar edi...

Gvardiola, "Barselona" va Messi

Gvardiolaning "Barselona"sini men klubning eng pikka chiqqan davri dech olaman. U va jamoasi ko‘rsatayotgan o‘yini deyarli mukammal edi. O‘ziga xos uslub, aniq bir mexanizm evaziga Pep ajoyib jamoa qurdi. Bu jamoaning asosiy bo‘g‘ini Inyesta, Xavi va Messi bo‘lgan. Yosh mutaxasis qo‘l ostida Messining o‘yini tobora ochilib borardi. Bu yosh shovvozni raqiblar to‘xtata olmas va u gol, assist va kerak bo‘lsa, "oltin to‘p"larni qalashtirib tashlashni boshladi. 23 yosh, 3 ta "oltin to‘p". Shunchaki dahshatli natija. Bu orada u klub bilan 2 marta YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Keling, La Liga va Ispaniya kubogini eslamay keta qolay. Sababi, bu sovrinlarni o‘sha paytlardagi "Barselona" o‘z nomiga rasmiylashtirib olgan edi. Xullas, Messi va uning jamoasida hammasi yaxshi edi.

Yangi davr

Ketma-ket ikki mavsum YECHLdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Gvardiola "ko‘k-anorranglilar"ni tark etdi va endi buyog‘iga jamoada ko‘p narsa o‘zgarishi tayin edi. Jamoani Tito Vilanova va undan so‘ng Xerardo Martino boshqardi. Bu davr davomida Kataloniya klubi biroz ojizlashib qoldi, ammo argentinalik iqtidor egasi o‘z o‘yini bilan hamon hammani hayrat osmoniga yetaklar va o‘ziga xos natijalar qayd etar edi. "Barselona" tarkibiga avval Neymar, so‘ngra Suaresning kelishi, ajoyib bir trioni shakllantirdi. MSN uchligi endi raqiblarini ayab o‘tirmas edi. Yangi kelgan Luis Enrike ham klub o‘yinida o‘zgarishlar qildi va biroz "yovvoyi"roq futbolni targ‘ib qildi. Bu jamoada qanotlarning o‘ta faol ishlashi va klassik o‘sha tiki-taka o‘yg‘unlashdi va katta bir kuchga aylandi. 2015-2016 yilgi mavsum jamoa o‘zi qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni o‘ziniki qilib oldi. Ikki mavsumlik to‘xtalishdan so‘ng yana u yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi. Uning ertagi shu tariqa davom etardi.

Davr ketdi

Enrike boshchiligidagi "Barselona" ham YECHLda ikki bor muvaffaqiyatsizlikka uchragach, unga ham chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘yishdi. So‘ngra Neymar ham Kataloniya klubi tarkibini tark etdi. Enrike ketdi, Neymar ketdi va davr ketdi. Ha, buyog‘iga klub endi oldingidek bo‘la olmadi. Allaqachon, Xavi va Puyolini qo‘ldan chiqargan klub, Inyesta bilan ham xayrlashdi. Shunday qilib, Yevropani titratgan Messi, Inyesta, Xavi uchligi butkul tarqadi va MSN triosi ham bir a’zosini yo‘qotdi. Buyog‘iga klub qay holatda bo‘ladi. Yirik xaridlar, an’analardan voz kechish va nosog‘lom ichki muxit ta’sirida bu klub nari borsa, YECHL yarim finaliga yetib keldi va alamli mag‘lubiyatlarni qabul qilib oldi. Shuncha muammolar orasida bir nom hamon o‘z "jilosi"ni yo‘qotmagan edi, ammo u harchand kuchli o‘yin ko‘rsatsa-da, futbol jamoaviy o‘yin. U oxiri klubdan ketishga qaror qildi. Shunchalik darajada uni sabr-kosasini to‘ldirishdi...

Favqulotda burilish

Messini baribir shartnoma ushlab qoldi. Bu orada klubda ko‘p o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Laporta prezident bo‘ldi va tizimni butunlay o‘zgartirdi. Yangi transferlar va bir qancha yaxshi loyixa Messini qolishga ishontira oldi. Faqat klubda moliyaviy muammolar vujudga kelgan edi. Bartumeu klubga 1 milliarddan ortiq qarzni "meros" qilib tashlab ketgan edi. Messi endi klub bilan shartnomani uzaytirsa bo‘ldi edi. Hammasi yaxshi, hammasi joyida. Yo‘q. Bunday bo‘lmadi. Sekin-astalik bilan shu voqeaga keldik. La Liga talablari, moliyaviy muammolar Messini ketishiga sabab bo‘ldi. U bilan "Kamp Nou" to‘la muxlis, ko‘zlarida yosh bilan xayrlashmadi.Barchasi favqulotda sodir bo‘ldi.

Vidolashuv

Katta bir davrni kichik satrlarda xotirlab o‘tdik. Axir, bu qanaqasi bo‘ldi. Leo endi "Barselona"da o‘ynamaydi. Minglab afsonalar bilan sodir bo‘lgan voqea nega bu safar hammasinikidan-da ko‘proq futbol muxlislarini larzalantirmoqda. Sabab, vaqt, holat va xohish bir bo‘lib bu ketishni fojia darajasigacha olib keldi. Messining ketishiga qandaydir turnir formati sabab bo‘lganini qabul qilish qiyin, albatta. Yana u klubni shunday bir qiyin holatda o‘zi xohlamagan holda tark etmoqda. Bugun uning matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va u deyarli butun marosim davomida ko‘z yoshlar ila uzoq nutq so‘zladi va bir kun qaytib kelishini aytdi. Bu biroz "Barselona" muxlislariga taskin bera olar, biroq u boshqa "Kamp Nou"da to‘p tepmaydi, u boshqa bu klub uchun katta ehtimol maydonga chiqmaydi. U gol urganda "Barselona" "hisobni ochdi" va "tenglashtirdi" yoki "qisqartirdi" deya olmaymiz. Uzoq yillik o‘zaro muhabbat, uo‘g‘unlik va vafodorlik shu yerda to‘xtadi. 

Ichim bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolganday, xuddi. Muxlis o‘laroq emas, odam o‘laroq. Endi "Barselona"da Messi yo‘q. Endi Messi "Barselona"da yo‘q. Ma’nosi bir xil jumlalar, holati ham bir xil futbolchi va jamoa. Qachondir biz Messining boshqa jamoada o‘ynashiga va Kataloniya klubining Messisiz o‘ynashiga ko‘nikib ketamiz. Biroq, xotiralar abadiy. Ularni esa unutib bo‘lmaydi. Har safar eslanganda ko‘ngilni g‘ash qiluvchi xotiralar...

 

                                                                Xudayqulov KARIM maqolasi

Kiritildi: 20:11, 08.08.2021. O'qildi: 4503 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик