Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 01.11.2025 01:00
      • Xetafe
      • 2:1
      • Jirona
      • 01.11.2025 18:00
      • Vilyarreal
      • 4:0
      • Rayo Valyekano
      • 01.11.2025 20:15
      • Atletiko
      • 3:0
      • Sevilya
      • 01.11.2025 22:30
      • Real Sosyedad
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 02.11.2025 01:00
      • Real Madrid
      • 4:0
      • Valensiya
      • 02.11.2025 18:00
      • Levante
      • -:-
      • Selta
      • 02.11.2025 20:15
      • Alaves
      • -:-
      • Espanyol
      • 02.11.2025 22:30
      • Barselona
      • -:-
      • Elche
      • 03.11.2025 01:00
      • Betis
      • -:-
      • Malyorka
  • Superliga
      • 01.11.2025 17:00
      • Andijon
      • 1:1
      • Buxoro
      • 02.11.2025 15:00
      • Neftchi
      • 2:1
      • Surxon
      • 02.11.2025 15:00
      • So‘g‘diyona
      • 3:0
      • Qizilqum
      • 02.11.2025 17:15
      •   Mash’al
      • 0:0
      • Qo‘qon-1912
      • 03.11.2025 18:30
      • Paxtakor
      • -:-
      • Bunyodkor
  • «A» Seriya
      • 01.11.2025 19:00
      • Udineze
      • 1:0
      • Atalanta
      • 01.11.2025 22:00
      • Napoli
      • 0:0
      • Komo
      • 02.11.2025 00:45
      • Cremonese
      • 1:2
      • Yuventus
      • 02.11.2025 16:30
      • Verona
      • -:-
      • Inter
      • 02.11.2025 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lechche
      • 02.11.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Piza
      • 02.11.2025 22:00
      • Parma
      • -:-
      • Bolonya
      • 03.11.2025 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Roma
      • 03.11.2025 22:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 01.11.2025 20:00
      • Byornli
      • 0:2
      • Arsenal
      • 01.11.2025 20:00
      • Kristal Pelas
      • 2:0
      • Brentford
      • 01.11.2025 20:00
      • Fulhem
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 01.11.2025 20:00
      • Nottingem Forest
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 01.11.2025 20:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Lids
      • 01.11.2025 22:30
      • Tottenhem
      • 0:1
      • Chelsi
      • 02.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 2:0
      • Aston Villa
      • 02.11.2025 19:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 02.11.2025 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Bornmut
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 26 52
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 26 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 26 29
12 Surxon 27 28
13 Buxoro 27 25
14 Xorazm 27 24
15 Mash’al 26 23
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al - Qo‘qon-1912

Navbatdagi o'yinlar.

02/11/25 Mash’al - Qo‘qon-1912
03/11/25 Paxtakor - Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8446 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2890 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol uyga qaytishni Buffondan o‘rgansin: Ko‘ziga yosh olgan qariya Jiji iqrori

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Afsonaviy Janluidji Buffon «Yuventus»dagi shonli davrlariga yakun yasagan holda, sobiq jamoasiga qaytmoqda. Aslida kelganiga ancha ham bo‘ldi, biroq uni kutib olish jarayoni kutilmagan emosional ruhda o‘tdi desak yangilishmaymiz.

Endi muxlislar uni qadrdon klubi va ahil safdoshlari bilan tasavvur qilishmaydi. Qanchalik g‘alati eshitilmasin endi tajribali posbonning bundan keyingi faoliyatini B Seriya klublaridan biri «Parma» safida ko‘rishga ko‘nikib ketamiz, nachora. Aslida Buffonga kelganda hayotning barcha charxpalagi teskari aylangandek, go‘yo undan har safar atayin omadini tortib olishgandek ko‘rinaveradi. Chempionlar ligasida omadi yurishmagan qahramonimiz yoqimtoy shahriga qaytgan bir paytda jamoa B Seriyaga ravona bo‘lmoqda. Mayliga. Balki buning tagida ham qandaydir ramziy ma’no yashirindir. Nima bo‘lgan taqdirda ham Buffon bugun Parmada, u naq 20 yil o‘tib yana o‘sha «qizil-sariq» libosni egniga iladi, yana o‘sha eski tengdoshlari bilan g‘alaba va triumf hislarini tuya boshlagan eski onlarini qayta bir-sira xayoldan o‘tkazadi. Bu jamoaning, ayniqsa u joylashgan liganing Jijiga begonaligi bormi? - sira ham.

To‘g‘ri, saviyasi ancha past bo‘lgan musobaqa muhiti, o‘yinchilar darajasi va muxlislar e’tibori haqida gap ketishi mumkin. Biroq bularning hozir Buffonga zarracha ham qizig‘i yo‘q. U bu yoshda ortiqcha dabdabani xohlamaydi. U o‘zi uchun tanish bo‘lgan havolardan to‘yganicha simirib ketaveradiganlar xilidan. Ayrim o‘g‘li qatori keladigan jamoadoshlarining savollaridan ham ortiqcha xafa bo‘lib yurmaydi. Qaytaga, yumor aralash kulib javob berib qo‘yadi xolos: "Ehh tirmizakkinalar! bu klubni A Seriyaga qaytadan olib chiqishga chakana mashaqqat ketdimi?! U paytlar senlar hali tug‘ilmagandilaring ham, uka" - shunaqa. 

Darhaqiqat, «Parma»ni o‘sha barchaga tanish eski davrlariga qaytarish va kamida A Seriyaga olib chiqish uchun ham balki g‘oliblik ruhi va kurashuvchanlik hislarini tatib ko‘rgan o‘g‘lonni bu yerga olib kelish avvaldan o‘ylangan puxta rejadir. Ha, bu ish amalga oshdi, buyuk futbolchilarning debyut klublariga qaytishi aslida odatiy hollardan biri. Nima bo‘lgan taqdirda ham endi Buffonning nostaljiga ko‘milgan ajoyib o‘yinlaridan bahramand bo‘lish barchaga qiziq bo‘lsa ne tong.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, Buffon proffessional faoliyatini boshlagan bir davrda «Parma»ning hozirgi ba’zi o‘yinchilari hatto tug‘ilmagan ham edilar.

«Men o‘sha eski damlarimni eslasam o‘zimga katta motivasiya olaman. Meni ikki xil dunyo odami desa ham bo‘laveradi: "Parma"da yurgan paytim internet yo‘q, hatto klubning rasmiy saytlari ham bo‘lmagan. Biroq hozirchi? Bu ko‘pchilikka g‘alati eshitiladi. Ikkita turlicha davr sinovlaridan chiqqan xulosalar seni faqat oldinga boshlashi mumkin. Ha, buni tasavvur qilish juda qiyin», deydi Jiji.

Bu yerdagi tinimsiz mehnati va o‘z ustida jiddiy ishlashi oqibatida 5 yil o‘tib qahramonimizning hayotida yangi sahifa ochiladi: 2001 yildan endi u milliy terma jamoa a’zosi va biroz o‘tib «Yuventus»dan kelib tushgan jiddiy taklif. O‘shanda Buffon «keksa sinyora» safiga 54,5 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi. Darvozabonlar tarixidagi eng yirik hisoblangan bu transfer rekordini 17 yil o‘tib Alisson yangiladi xolos (62,5 million).

20 yil oldingi o‘spirin va hozirgi daho oldida yetarlicha farqlarni topish mumkin, biroq ichki va tashqi siyrat hamon o‘sha-o‘sha. U bugun jonajon shahriga 11 ta «skudetto», beshta mamlakat kubogi hamda Jahon chempionati oltin medali bilan qaytmoqda. U boshqa yirik, grand klublar taklifini rad etdi va yakunda bu yerni tanladi:

«Bu aql bovar qilmas tuyg‘u. Insonning avval o‘zi tanish bo‘lgan maskanga qaytishi yoqimli, bu tuyg‘ularni hozir sizlarga tasvirlab bera olmayman. Men o‘zimdan oldingi sportchilar qo‘ygan qadamni tashladim. Bu qarorni anchadan beri o‘ylab yurar edim».

Janluidji hozir 43 yoshda. «Yuventus»ning so‘nggi 2-3 mavsumdan buyon ko‘rsatayotgan o‘yinlariga diqqat qilsangiz, sezilarli pasayishga guvoh bo‘lasiz. Ronaldu bilan yaxlit shakllanib borayotgan jamoa eski uslubidan tobora voz kechib bordi, tabiiyki Buffonni ham o‘zi bilan birga olib ketdi desak yangilishmaymiz. Bu yoshda ham maydonda ko‘rinish beraverishiga qaramay o‘yinidagi pasayish bundan buyog‘iga ko‘proq ko‘zga tashlanib boraveradi. Jiji hatto bir mavsumga Parijga ham borib kelishga ulgurdi. Ammo jonajon klubi va Vatan sog‘inchi sabab yana Italiyaga qaytib keldi. Biroq shunga qaramay Pirlo juda ko‘p muhim bahslarda «keksa sinyora»ning keksa vakiliga asosiy tarkibdan joy berdi. Vaholangki, bu jarayon hech qachon eski tanishlik haqqi yoki qariyaning hurmatini joyiga qo‘yish va’jidan emas edi.

 

Qahramonimiz o‘z jamoasini muhim pallalarda og‘ir vaziyatlardan matonat bilan olib chiqdi, omadsiz o‘tgan mavsumda rosmana «jamoa yarmi» bo‘lib berdi. Tabiiyki, bir mavsum uchun 29 ta uchrashuv unga ishonib topshirilishi yomon natija emas. A Seriyani qariyalar diyori deguvchilar adashishmaydi. Ibra va Roni bu yerda javlon urib yoshliklarini eslamoqchi bo‘lishyotganiga qaramay ular singari o‘yinchilarni istalgan jamoadan istalgancha topish mumkin. Bu qatorlarni ko‘rib esa qahramonimiz bir jumlani eslatib ketadi:

Yoshlik - bu hech qachon raqamlarga bog‘liq bo‘lmagan jarayon. Muhimi, g‘alabaga tashnalik yo‘qolmagan, deydi Buffon - faoliyatimni o‘zimdan kichik aksariyat raqiblarimdan keyinroq tugatishimga ishonamana. Biroq bu borada birgina insonni o‘zimga etalon sifatida bilaman. U ham bo‘lsa Ronaldu. Krish mahorat vaqtga bog‘liq emasligini har qadamida isbotlaydi. Bilmadim, u qachon futboldan ketadi, lekin ishonchim komilki, men o‘sha kuni uni futbolchi sifatida kuzatib qo‘yaman (kuladi).

Umuman olganda men bir narsani anglab yetganman. Vaqtning o‘tib borishi senga aks ta’sir ko‘rsatishi bor gap. 36-37 yoshimda bundanda kuchliroq bo‘lishim mumkinligini his qildim. Ko‘pchilik seni yoshing qirqqa qarab ketyaptimi, bas tamom, e’tiborni uzishadi. Bu esa umuman xato fikr, kerak bo‘lsa natijalar bilan sobitdir, barchasi ruhiy-psixologik holatga bog‘liq. Hozir o‘yiningiz pasaydimi? - yo‘q aksincha men ayni paytdagi faoliyatimni 6-7 yil avvalgi Jijidan ustun qo‘ygan bo‘lar edim. Hozir ancha tetikroqman. Tajriba barchasi uchun kalit. Bu yarim tayyorgarlik degani. O‘z formangni qanday qilib stabil ushlab turishing mumkinligini o‘rgatuvchi yagona shaxs - bu o‘zing. Birovlarga taqlid qilib o‘z shaxsiyatingni yo‘qotma.

Kuchli darvozabon bo‘lish uchun faqatgina kuchli kiperlik sirlari kifoya qilmaydi. Sen birinchi galda maydonni his qila bilishing kerak. Bu yerda doim ham tezkor qo‘llargina vaziyatni hal qilavermaydi. Bugungi kunning zamonaviy posboni oyoq bilan o‘ynash mahoratini ham shakllantirgan bo‘lishi zarur. Men 14 yoshimgacha yarimhimoyachi bo‘lib o‘ynaganman. Bu esa kelgusi darvozabonlik faoliyatimda menga katta yordam berdi. Sheriklarimni his qilishim uchun ham bu o‘ta qulay. Mendan shunday o‘ylar o‘tgan: "Jiji, sen bu yerda nima qilyapsan, kimligingni anglayapsanmi? Bu yerdagi vazifangni bajardingmi? - har gal uchrashuv yakuniga yetgach men o‘zimga shu savolni qayta va qayta berib ko‘raman. Natijada shuni ilg‘ab yetdimki, Buffon 35 yoshigacha hech narsaga erishmapti, tushunyapsizmi hech narsaga! O‘sish surati nol. Insonni umrida ikkita hayoti bo‘lar ekan: ikkinchi hayotingga o‘tmishdagi xatolaringni idrok etgach, kirib kelasan. Men esa buni to‘la his qildim. U men uchun aynan 35 dan so‘ng boshlanadi. O‘shandan boshlab barchasini o‘zgartirdim. Jismoniy mashqlar soni oshgan, o‘zingga bo‘lgan attribut kuchaygan, hayot esa yana qaynashda davom etaveradi. To‘g‘ri, do‘stlaring bilan kamroq muloqot qilishing mumkin, muhimi endi sen o‘zing bilan ko‘proq suhbatga kirisha boshlaysan, yakka motivatoringga ega bo‘lasan. O‘zingni tergaysan, kamchiliklaringni qayta kashf qilasan, asosiysi yetisholmayotgan kemtigingni topgan bo‘lasan, endi maqsad aniq va tugal. Ishonaver, buyog‘i o‘ylaganingdan ham silliq kechadi. Odam to‘g‘ri va sog‘lom fikrlashi evaziga istalgan maqsadiga juda oson erishishi mumkin.

Darhaqiqat, "Parma" Buffonning oilaviy sevimli jamoasi bo‘lgan. Bolaligidan tortib u jamoasining bitta ham o‘yinini o‘tkazib yubormay kuzatganini yaxshi eslaydi. U 13 yoshida o‘z orzusiga erishishga muvaffaq bo‘ldi. Qizig‘i, "Parma"ning butun tarixi davomidagi eng shonli davri aynan Janluidji harakat qilgan o‘nyillikka borib taqaladi. Jamoa 1992 yildan e’tiboran A Seriyaning stabil jamoasiga aylanib bordi. 1996-97 yilgi mavsumda ichki chempionatdagi kumush medallar, turli xil qisqa yillar mobaynida qo‘lga kiritilgan Italiya kubogi va superkubogi, shuningdek UYEFA kubogi va Yevropa kubok egalari kubogi sovrinlari o‘rtamiyona sanalgan jamoa uchun sensasion olamshumul natijalar hisoblanadi.

Bunda albatta qahramonimiz Buffonning ham hissasi katta. Shundan so‘ng "Parma" Italiyaning "Yuventus", "Milan", "Inter" kabi klublari qatorida sovrindor jamoalar sirasida tilga olinadigan bo‘ldi. O‘shanda jamoada bir muddat hatto Kannavaro, Krespo, Zola hamda Tyuram kabi iqtidorlar to‘p surgan. Shundan so‘ng esa buyog‘i barchaga ma’lum, klub bankrotga uchraganidan so‘ng Jiji ham uni tark etishga majbur bo‘ldi. U suyukli jamoasiga borini berib harakat qildi. Endi esa faoliyatini kuchliroq jamoada davom ettirishga uning har tomonlama haqqi bor edi.

Sen meni bolalik kezlarimdanoq qo‘limdan tutding, yiqilsam haydamading. Menga o‘zligimni tanishga yordam berding. Yosh o‘spiringa har bir futbolchi orzu qiladigan ulkan titullarni ulashding. Sen kichik Jijiga «buyuk» sifatingnida tuhfa etding.

Kelaqol, endi bu safar meni navbatim. Men seni buyukligingni qaytarishga yordam beraman. Barchasiga birgalikda kurashamiz. Seni joying B Seriyada emas. Aslida bu o‘rinlarga haqli emassan. Meni faqat o‘z orzuyini ushaltirmoqchi bo‘lgan manmanga yo‘yma. Aslo! Bu otam va butun jamoa muxlislari orzusi, har bir parmalik iltijosi,  men bu jangga shayman.

 - Buffon.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi.

Kiritildi: 21:05, 11.08.2021. O'qildi: 5181 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Бунёдкор Luis Kachorri 8
9 Насаф Dragan Cheran 8
10 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.