Parijga Leo Messining shaxsiy samolyoti qo‘nganidan keyin "PSJ"ning ko‘plab yangi muxlislari paydo bo‘la bo‘la boshladi.
Messining ba’zi muxlislari bundan oldin ham "klubga qo‘shilishgan" - masalan, Messi erkin agentga aylanganida, argentinalik futbolchining "Barsa"dan ketishini e’lon qilingani va "PSJ"ga futbolchisiga aylanishi haqidagi mish-mishlar tarqala boshlagach, parijliklarning muxlislari orta boshladi. Buni "PSJ"ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridagi o‘sishdan ham bilish mumkin.
Parij klubining ijtimoiy tarmoqlardagi o‘sishga erishgan sahifalari:
Facebook: 12-iyunda 41,3 million obunachi, 16 -avgustda 45,4 million obunachiga ko‘paydi (9,93 foizga).
Instagram: 12-iyunda 29,1 million obunachi, 16 -avgustda 47,5 million obunachiga ko‘paydi (63,23 foizga).
Twitter: 12-iyunda 7,8 million obunachi, 16 -avgustda 9,9 million obunachiga ko‘paydi (26,92 foizga).
YouTube: 12 -iyunda 2,2 million obunachi, 16 -avgustda 5,3 million obunachiga ko‘paydi (140,91%ga oshgan!).
Albatta, Leo Messi parijliklar safida birinchi rasmiy o‘yinini o‘tkazganidan keyin bu raqam yanada oshadi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi 20 avgust kuni "Brest"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.