Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol tarixidagi eng g‘alati raqam egalari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbol maydonida yugurib ketayotgan o‘yinchini eng avvalo nimasi bilan ajratib olishni barcha yaxshi bilsa kerak. Hech bo‘lmaganda, uning yuzini, ismini va maydonning qaysi qismida harakatlanayotganini ko‘rmay turib ham raqamiga qarab, o‘sha futbolchi qaysi ampula egasi ekanini taxmin qilish mumkin. Jamoaga yangi futbolchi kelib qo‘shilayotgan paytida ham uning tanlayotgan raqami hammani e’tiborida bo‘ladi. Biz futbolchilarni 1dan 11gacha bo‘lgan an’anaviy raqam olsa, o‘zimizda uni maydonda qaysi funksiyaga moslangani haqida tasavvur paydo qilamiz. Hatto o‘yinchilarning o‘zi ham raqam tanlovi haqida gapirishni xush ko‘rishadi. Ammo tarixda shunday futbol shaxslari borki, ularga qaysi raqamda o‘ynashning ahamiyati bo‘lmagan. Ularni raqamidan ham qanday futbolchi ekanini bilish mushkul sanaladi. Biroq aynan mana shu narsa, g‘alati bo‘lsada, esda qolarli tarix yaralishiga sabab bo‘lgan. Quyida shunday futbolchilarning bir nechtasi haqida bilib olasiz.

10. Biksent Lizarazu – 69

2005 yilda ushbu o‘yinchi «Bavariya»ga yana qaytadi. O‘shanda o‘zi uchun yangi, 69-raqamni tanlaydi. Bu bir qarashda kulgili bo‘lishi mumkindir. Ammo buni o‘ziga yarasha sabablari mavjud. Uning bunday noodatiy raqam tanloviga sabab Lizarazu 1969 yilda tug‘ilgan bo‘lib, bo‘yi 1,69, og‘irligi esa 69 kilogramm bo‘lgan.

2. Uillyam Gallas –10

Gallas 2006 yilda «Arsenal» bilan shartnoma imzolagach, jamoaning eng muhim raqamlaridan biriga egalik qilishni so‘ragan. Bu esa uning qobiliyati va maydondagi roliga unchalik ham mos emasdi. Qolaversa, bu raqamda sal oldin mashhur futbolchi Bergkamp o‘ynab ketgan. Shunday bo‘lsa ham u o‘ziga mos uchinchi raqamni emas, balki o‘ninchini tanlagan. Bu raqamni Arsen Venger unga berilishini istamagan edi.

8. Edgar Devids – 1

Ikki mavsum davomida avtohalokat tufayli maydonga tusha olmagan Devids, 2012 yilda jamoasida o‘yinchi-murabbiy bo‘lishga rozilik bildiradi. Shunda yarimhimoyachi birinchi raqamli futbolkada o‘ynay boshlagan edi. Ha, bu darvozabon raqami. Shunday bo‘lsa ham maydonda uning roli qanchalik muhimligini anglatib turar edi.

7. Krishtianu Lupatelli – 10

Devids yarimhimoyachi bo‘la turib, birinchi raqamli libosda yurganda, 2000 yillarning boshida Italiyada o‘ninchi raqamdagi darvozabon bor edi. U «Roma»dan «Kyevo Verona»ga ijaraga o‘tgan Lupatelli bo‘lib, darvozabon bu borada do‘stlari bilan garov o‘ynagani tufayli o‘ninchi raqamni olgan edi.

6. Ossi Ardiles – 1

Angliyadagi Devids qilgan ish kabi Ardiles ham g‘alatilik sari qadam tashlagan edi. Raqamlar alifbo tartibida beriladigan tizimda Ardiles kiperlarning birinchi raqamini taqishga muyassar bo‘lgan o‘yinchiga aylandi. Bu hammada hayrat uyg‘otgan edi.

5. Xicham Zeruali – 0

Marhum futbolchi Zeruali 1999-2002 yillar mobaynida «Aberdin» klubidagi faoliyati bilan tanilgan edi. U nafaqat ajoyib o‘yini balki libos raqamini «ajoyib»ligi bilan hammaga tanish edi. Bunday raqam Britaniya futboli tarixida boshqa uchramagan. U bir mavsum davomida no‘linchi raqamda harakat qilgan. Zeruali tez orada, 2004 yilda vafot etadi.

4. Aruna Kone – 2

Ochig‘ini aytganda hujumchilarning bunday raqam tanlashi kam uchraydigan hol edi. Ularda to‘qqizinchi raqamli ko‘ylakni ko‘rib o‘rganib qolganmiz. Ammo Kone «Levante»dagi o‘yinlarida ikkinchi raqamni oladi. 2012 yilda «Uigan» bilan bitimidan keyin ham shu raqamda o‘ynaydi. Faoliyatining oxirida, 2017 yilda «Sivasspor»da hatto bu raqamga sodiq qolgan.

3. Nikolas Bendtner – 52

Nemis futbolchisi «Volfsburg»da uchinchi raqamni olishidan oldin, «Arsenal»da 26-raqamda, keyinroq 52-raqamda o‘ynagan. Hujumchining o‘zi bunday qilishida alohida ma’no borligini aytgan. Ammo bu narsa futbol olamini hayratga solgani ham bor gap.

2. Xorxe Kampos – 9

Ajoyib karyeraga ega darvozabonlardan biri Kampos, keng maydon bo‘ylab harakat qilardi. U ko‘pincha darvozasini tashlab chiqar, jarima maydonchasi tashqarisida dribling qilishga harakat qilar edi. Binobarin, u bu ishni yaxshi bajargan. U butun faoliyati davomida to‘qqizinchi raqamda harakat qilgan.

1. Ivan Zamorono — 1+8

Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Siz bunda Messi va Pelening mo‘’jizalarini esdan chiqarib turing. Hatto undan ham qiziq voqealar bo‘lgan. 1996 yilda «Inter» bilan shartnoma imzolagan Zamorono 9-raqamni olishni istaydi. Ammo unga na to‘qqiz va na o‘ninchi raqam nasib etmadi. Chunki ularda Ronaldo va Roberto Bajolar o‘ynar edi. Shundan so‘ng, Ivan 18 raqamni oladi va ikkita son orasiga qo‘shuv belgisini qo‘yadi. Bu esa o‘zi istagan to‘qqizinchi raqamni anglatar edi. Naqadar topqirona harakat! 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 21:18, 18.08.2021. O'qildi: 7198 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик