Bugun 3 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • APL
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • 0:0
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Manchester Siti
      • 03.01.2026 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 03.01.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Byornli
      • 03.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 03.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Arsenal
      • 04.01.2026 17:30
      • Lids
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 04.01.2026 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Brentford
      • 04.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Liverpul
      • 04.01.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 04.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.01.2026 22:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 03.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Milan
      • 03.01.2026 16:30
      • Komo
      • -:-
      • Udineze
      • 03.01.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Parma
      • 03.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Piza
      • 03.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Lechche
      • 04.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Roma
      • 04.01.2026 16:30
      • Lasio
      • -:-
      • Napoli
      • 04.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Cremonese
      • 04.01.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Torino
  • La-liga
      • 03.01.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Xetafe
      • 03.01.2026 18:00
      • Selta
      • -:-
      • Valensiya
      • 03.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.01.2026 22:30
      • Elche
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 04.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Barselona
      • 04.01.2026 18:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Levante
      • 04.01.2026 20:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Betis
      • 04.01.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Jirona
      • 04.01.2026 22:30
      • Alaves
      • -:-
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 19 41
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 19 33
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 19 29
8 Everton 19 28
9 Brentford 19 27
10 Kristal Pelas 19 27
11 Fulhem 19 27
12 Tottenhem 19 26
13 Nyukasl 19 26
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 19 21
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
19-тур Kristal Pelas 1-1 Fulhem
19-тур Liverpul 0-0 Lids
19-тур Brentford 0-0 Tottenhem
19-тур Sanderlend 0-0 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

03/01/26 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01/26 Brayton - Byornli
03/01/26 Vulverhempton - Vest Xem
03/01/26 Bornmut - Arsenal
04/01/26 Lids - Man. Yunayted
04/01/26 Tottenhem - Sanderlend
04/01/26 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01/26 Fulhem - Liverpul
04/01/26 Everton - Brentford
04/01/26 Manchester Siti - Chelsi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Noqulay trassada qolgan «nemis mashinasi»: Qaltis boshqaruvdagi Nagelsmann. "Yangi Bavariya" haqida qisqacha

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Myunxenning «Bavariya» klubida kichik bo‘lsada transformasiya hodisasi sodir bo‘ldi. Albatta, bu yerda gap klub asosini tashkil etadigan futbolchilar haqida ketgani yo‘q.

Jamoaning Yevropada tengsiz bo‘lishiga asosiy sababchi hisoblangan Xansi Flik o‘z vakolatiga ko‘ra iste’foga chiqdi. Endi uning zimmasida ancha jiddiy va mas’uliyatli vazifa turibdi. Tabiiyki, g‘alati eshitilishi mumkin bo‘lgan kutilmagan fikrlar ham bo‘ldi: nega aynan Flik? Nega aynan eng pik nuqtasiga chiqqan payti? - Hamma gap ham aslida shu yerda.

Xansi Flikning iste’fosi haqidagi xabarlar allaqachon erta bahordan boshlab matbuotga sizib chiqqan edi. Biz ko‘p kuzatganmizki, murabbiylar joriy lavozimlaridan ketishlarini e’lon qilishgan paytda bu jamoaning o‘yini va futbolchilarning kayfiyatiga hamisha salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan. Asosiy rejasi o‘zgargan inson xohlaymizmi yo‘qmi albatta o‘zi turgan relsdan ancha chetga chiqib qoladi. Uning o‘y xayollarida endi o‘zining bo‘lajak ma’suliyatli vazifalari aylana boshlaydi, yangi ishiga o‘zini ruhan tayyorlab boradi.

To‘g‘ri, bu yerda hech kim ularni g‘irromlikda ayblamoqchi emas. Ammo mavsumning eng qizg‘in pallasida, klub uchun eng muhim lahzalarda bu kabi qarorlar yaxshilikka olib kelmasligi aniq edi. Bu yo‘lda barcha aslida ortiqcha narsalarga chalg‘imagan holatda birgina missiya yo‘lida birlashishlari kerak. Flikning esa yakunda o‘z qarori qurboniga aylanganiga guvoh bo‘ldik. «Nemis mashinasi» qanday sabablar ro‘kach qilinmasin Chempionlar ligasini tark etdi. Bu fakt va jiddiy voqelik sifatida qaraladigan natija! Erta iste’foning aks ta’sirlarini «Bavariya»ning yangi murabbiyi Yulian Nagelsmann misolida ham ko‘rganmiz.

U boshchiligidagi «Leypsig» ikkinchi davrani ancha ishonchsiz kayfiyatda o‘tkazdi. Klub o‘z murabbiyini prinsipial raqibiga qo‘yib yuborgach, navbatdagi o‘yinlarda xuddi boshsiz qolgan chavondoz kabi harakat qildi. Bu esa murabbiy va rahbariyat o‘rtasidagi ramziy devor buzilganini anglatardi. Natijada, «Leypsig» ketma-ket uchrashuvlarda ochkolarni boy berdi va yakunda o‘zi allaqachon mustahkamlab qo‘ygan ikkinchi o‘rnini «Borussiya» Dortmundga berib qo‘yishiga bir bahya qoldi. 

Keyin esa biz ko‘targan yuqoridagi sababdanmi yoki bo‘lmasa biroz tajribasizligi tufaylimi Nagelsmann «Bavariya»dagi debyut o‘yinlarini ko‘ngildagidek o‘tkaza olmayapti. Balki unga rostan ham katta klubda ishlash tajribasi yetishmayotgandir. «Qizillar» uchun joriy mavsum starti ancha omadsiz keldi. Jamoa o‘tkazilgan ketma-ket 5 ta o‘yinda birorta g‘alaba qozona olgani yo‘q. Orada 3 ta mag‘lubiyat mavjud!!! Ularning barchasi o‘rtoqlik maqomida bo‘lganiga qaramay klub tarixida hali bundayin muvaffaqiyatsizlik kuzatilmagan edi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham endi Yulianning zimmasida Flik tashlab ketgan ulkan mas’uliyat turibdi. U tez orada o‘ziga kelib, jamoada yo‘qolgan ruhni yigitlarga qaytarishi zarur. Nagelsmann klubdagi ushbu holatga izoh berdi: «Hozir barchamiz uchun ham og‘ir davrlar. Bir murabbiyning o‘rnini tezda egallab, bo‘shliqlarni berkitish imkonsiz. Hammasiga vaqt talab etiladi. Klub o‘z holatiga qaytishi uchun biroz vaqt bor. Bu tabiiy hol. Hatto jurnalistlar ham katta muddatli tanaffusdan so‘ng kompyuterlaridagi klavish harflari joylashuvini yoddan chiqarib qo‘yishadi. Futbolchilarda ham xuddi shunday holat». Albatta Yulian bu gaplarini yumor aralash ifoda etyapti. Uning bu firkrlaridan ozmuncha o‘tmay «Bavariya» Bundesliga birinchi turida «Borussiya M»ga qarshi o‘yin o‘tkazdi va durang natija qayd etdi. Nagelsmann undan oldin aytgan yumor endi muxlislarga zaxarxanda ko‘rinishida ta’sir eta boshladi. «Napoli»ga uchragan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatli bahsni maydondan Oliver Kan ham kuzatib bordi. U muxlislarni barchasini jiddiy qabul qilmaslikka chorladi. O‘sha payti tarkibda Yevrodan charchab kelgan terma jamoa o‘yinchilari joy olmagan edi. Birgina shu omil Nagelsmann uchun himoya qalqoni bo‘la olar edi xolos.

Flikning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatsizligi rosmana muxlislarning g‘azabiga sabab bo‘ldi. Zero, bunga yetarlicha asoslar ham bor edi. Amaldagi chempion jamoaning kelgusi mavsumda ham yana birdek stabil o‘yin ko‘rsatishiga hech kim kafolat bera olmaydi. Bu amaliyot albatta temir irodaga ega «Bavariya»ni ham chetlab o‘tmasligi tabiiy. Sirtdan kuchli zirxga ega ko‘ringan jamoa ikki mavsumda borgan sari to‘kilib-to‘kilib harakat qildi. Bu borada Flik zaxirasiz o‘yin amaliyotini sira anglab yetavermadi. Natijada asosan bir xil tarkib bilan o‘ynagan klubning barcha frontlarga ham kuchi yetmay qoldi. Bu ayniqsa hujum chizig‘ida yaqqol ko‘zga tashlandi.

Levandovskiga mos alternativning yo‘qligi muhim bahslarda katta kamchiliklarga sabab bo‘ldi. «PSJ» bilan uchrashuvda ham eng ko‘p vaziyat yaratgan «Bavariya»ning imkoniyatlarni golga aylantirish foizlari juda past edi. Chupo-Moting deyarli maydonda ko‘rinmadi desak ham bo‘laveradi. Qolgan chiziqlarda vaziyat bundanda yomonroq. Kosta va Odriosolaning aytarli naf keltirgan o‘yinlarini muxlislar eslay olishmasa kerak. 8 milliolik xarid Dare haqida ham shunday firkrlarni aytish mumkin. Mark Roka esa lazaretdan beri kelgani yo‘q. «Bavariya» Kimmix va Goretskaga o‘rinbosar sifatida Zabiser variantini endi ko‘rib chiqmoqda. Yuqoridagi ikki nemisning yo‘qligi yarim finalning ikkinchi bahsida rosa bilindi, eslandi.

Biroq Flik bu borada rahbariyat oldida o‘z pozisiyasini bildirgan. U rahbariyatga kerakli transferlar to‘g‘risida bir necha bor murojaat qilib ham ko‘rdi. Ammo yakunda klub ijrochi raisi Salixamidjich bilan konfliktga borgani qoldi. Ikki oradagi munosabatning buzilishi germaniyalik mutaxassisning ham kursisi qimirlab qolganini bildirardi. Unga qo‘shilib Rummeningge ham «kattalar» bilan murosa ko‘chasini tanlay olmadi.

Natijada voqea yuqoridagi ikki shaxsning alal oqibat jamoadan ketishi bilan yakunlandi. Endi eski rahbariyat yangi murabbiyga ham o‘z qarashlarini singdirishi aniq. «Bavariya» baribir jiddiy transferlarni amalga oshiradigan jamoa emas. Bu yerda akademiya yoshlariga jiddiy urg‘u beriladi. Shunga monand seleksiya ishlari va yoshlar tizimiga puxta poydevor yaratilgan. Nagelsmannda esa aynan shunday yangicha futbol va zamonaviy dunyoqarash to‘g‘risida yetarlicha tushuncha mavjud. Har qalay dunyo futboliga yangicha moda olib kirayotgan «Red Bull» maktabini ko‘rgan mutaxassis bu yerda nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi. Unga kerak bo‘lgan masalliqlar ham yetarlicha. Buyog‘ini esa vaqt ko‘rsatadi.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Kiritildi: 12:30, 20.08.2021. O'qildi: 3971 marta. Fikrlar: 12 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
8 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Манчестер Сити Filip Foden 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.