Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • 0:5
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • 1:0
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • 3:1
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • 2:1
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:1
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
  • La-liga
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • 2:1
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • 0:2
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • 2:1
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 0:2
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Lechche
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 32 62
4 Atletiko 33 58
5 Betis 33 50
6 Selta 32 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 32 42
9 Atletik Bilbao 33 42
10 Osasuna 32 39
11 Valensiya 33 39
12 Rayo Valyekano 32 38
13 Espanyol 32 38
14 Jirona 33 38
15 Alaves 33 36
16 Elche 32 35
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 32 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 32 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

26/04/26 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04/26 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04/26 Real Ovyedo - Elche
26/04/26 Osasuna - Sevilya
27/04/26 Vilyarreal - Selta
28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mashhur futbol yulduzlari qaysi klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Har qanday klub o‘z kelajagi uchun zamin hozirlash niyatida jamoa akademiyasiga asos soladi. Har qanday klub boshqa joydan futbolchi xaridini amalga oshirmay ham kuchli jamoa shakllantirishi mumkin. Ammo bu uchun uzoq vaqt, sabr hamda mablag‘ talab etiladi. Shuning uchun ham bu ishni eplay olgan jamoalar futbol dunyosida qadrlanadi. Jahon futboliga tayyor futbolchilarni yetkazib berishda yo‘lga qo‘yilgan, uzoqni ko‘zlangan maqsad bilan harakat qilinishi samarali natijani ta’minlaydi. Ammo masalani boshqa tomoni ham borki, bunday kuchli akademiyaga ega klublardagi hamma futbolchilar ham yuqori saviyada o‘ynay olmaydi. Bu kamdan-kam uchraydigan, biroq ko‘p narsaga, ba’zida esa butun boshli futbol tarixiga ta’sir etuvchi hodisa sanaladi. Dunyoga mashhur bo‘lgan klublardan qaysi mashhur futbolchilar chiqqaniga quyida nazar solib o‘tamiz.

10. Fabregas – «Arsenal» 

Barselona shahrining «La Masiya»sidan boshlab yosh bolakayning umri butunlay futbolga bog‘langan edi. Fabregas yoshligidan «kanonirlar» uchun foydali bo‘lishi oshkor bo‘la boradi. U 2003 yilda «Arsenal»ning asosiy jamoasida, atigi 16 yoshida debyut o‘yinini o‘tkazgan edi. Shundan so‘ng, ispaniyalik Yevropaning eng ko‘zga ko‘ringan yosh o‘yinchisi sifatida faoliyat olib bordi. Dunyo ommasining nazariga tushdi. Fabregas oradan ko‘p o‘tmay, 21 yoshida jamoa sardoriga aylanadi.

9. Jek Grilish – «Aston Villa»

Klub maktabiga 6 yoshli bolakay olib kelinganida, uni kelajakda kim bo‘lishini hali hech kim bilmas edi. Lekin uning harakatlaridan klub murabbiylari yorqin kelajakni tahmin qilishgan. Grilish «Villa»dagi dastlabki yillaridanoq hamma uchun sevimliga aylangan edi. U 2013 yilda «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda zahiradan maydonga tushiriladi va bu uning debyut o‘yini sifatida tarixda qoladi. Grilish bugunga kelib Britaniya futboli tarixida eng yirik transfer qiymatiga ega futbolchiga aylandi.

8. Jon Terri – «Chelsi»

«Aristokratlar»ning akademiyasidan chiqqan eng nomdor futbolchilardan – Terri harakatlari va muvaffaqiyatlari o‘rtasida ancha katta davr mavjud. U hamma uchun asl mehnat nimalarga poydevor bo‘lishini isbotlagan. «Vest Xem»dan 14 yoshida keltirilgan yigitcha asosiy tarkibda 1998 yilda ilk marta maydon yuzini ko‘rgan edi. U mana shu debyutidan boshlab 19 davomida «ko‘klar» uchun to‘p surdi. Dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylandi. Jon Terri eng yaxshi jamoa sardori bo‘la oldi.

7. Ueyn Runi – «Everton»

Bitmas shijoat va jasoratli harakatlari bilan maydonda ko‘rinish bera boshlagan Runi faoliyatining ilk yillarini insonlar yodida qolishini ta’minlagan edi. Uning texnikasi o‘ziga xosligi bilan boshqa tengqurlaridan ajralib turardi. «Everton» maktabini bitirib, 16 yoshida debyut o‘yinini o‘tkazgan hujumchini oradan ikki yil o‘tib, «MYU» o‘z tarkibiga jalb etadi. Runi u yerda jahon darajasidagi top futbolchi bo‘lib shakllanadi.

6. Jeyms Milner – «Lids»

Milner Britaniya orolidan chiqqan eng kuchli futbolchilar qatoriga kirmasada, uning faoliyat yo‘li hammaga o‘rnak bo‘la oladi. U «Liverpul» hamda «Manchester Siti»dagi yutuqlaridan oldin «Lids»da pishib yetilgan edi. Klub akademiyasida toblangan yigitcha 2002 yilda APLning eng yosh to‘purariga aylanadi. 2004 yilda «Siti»ga o‘tishi, Milner faoliyatining omadli paytini boshlab beradi.

5. Fil Foden – «Manchester Siti»

Klub rahbariyati o‘z akademiyasi uchun katta sarmoya kiritganidan so‘ng, muvaffaqiyatli maktab yaratgan jamoalar qatoriga kira oldi. U yerdan saviyasi baland futbolchilar yetishib chiqishni boshladi. Jamoa maktabining ilk ko‘zga ko‘ringan qaldirg‘ochlaridan bo‘lgan Foden 2017 yildagi yutuqlaridan so‘ng, Angliyaning yangi avlod futbol yulduziga aylandi. Dunyodagi yosh futbolchilar ichida iqtidori bilan ajralib turuvchi yigitcha, «Siti»ning asosiy tarkibida yuqori darajaga erishayotgan talantlardan biriga aylandi.

4. Rayan Giggz – «Manchester Yunayted»

Manchester shahrining qizil tomonida eng boy va shonli tarixga ega bo‘lgan klub maktabidan allaqachonlar buyuk nomlar chiqa boshlagan edi. Bu futbolchilarning ilk vakili Giggz hisoblanadi. Uelslik futbolchi 1987 yilda, 14 yoshida jamoaga qo‘shiladi. Keyinchalik, 23 yil davomida asosiy tarkibda sobitqadam bo‘ldi. O‘z vaqtida Ser-Aleks Fergyussen Giggzning cheksiz iqtidoriga tan bergan edi. Chunki aynan u 1990 hamda 2000 yillar boshida «MYU»ning uzoq davom etgan muvaffaqiyatli odimlarining kaliti bo‘lgan.

3. Vilfrid Zaha – «Kristal Pelas»

Manchester shahri klublaridan o‘zi uchun panoh topa olmagan bolakay Londonga keladi va «Kristal Pelas» klubi maktabida o‘qiy boshladi. U shundan buyon klubi sharafi uchun jon olib, jon bermoqda. Uning tengsiz iqtidoriga hech kim shubha bilan qaray olmaydi. Chunki Zaha allaqachon APLning gigant jamoalariga o‘zining nimalarga qodir ekanini ko‘rsatib qo‘ygan.

2. Garet Beyl – «Sautgempton»

Chempionlar ligasi, Ispaniya va Jahon chempioni bo‘lishdan oldin, hamda «Tottenxem» bilan APLni yondirmasdan ilgari, Beyl boshqacharoq muhitda edi. Hammasi «Soutgempton» bilan boshlangan. U klub akademiyasini tugatib, 2006 yilda, 16 yoshida APLda debyut qilgan edi. Beyl yosh va tezkor bo‘lgani uchun tezda e’tiborga tushib, 2007 yilda «shporlar» tarkibiga borib qo‘shiladi. Undan keyingi yillar u bilan nimalar bo‘lganini siz yaxshi bilasiz...

1. Harri Keyn – «Tottenxem»

Keyn uzoq yillar «shporlar» akademiyasida tahsil olgach, 16 yoshida asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tadi. U 2014-15 yilgi mavsumda doimiy maydonga tusha boshladi. Ingliz straykeri APLdagi ilk to‘liq mavsumini 21 ta gol bilan yakunladi va shundan buyon Jahon darajasidagi futbolchi maqomiga sazovor bo‘ldi. Uning narxi bugunga kelib, 150 million funtdan baland baholanayotgani bejiz emas, albatta. Harri Keyn shubhasiz eng sermahsul, dunyodagi eng yaxshi liganing eng yaxshi hujumchisidir.


Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 21:18, 20.08.2021. O'qildi: 7256 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
7 Барселона Robert Levandovski 12
8 Алавес Lukas Boye 12
9 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
10 Алавес Toni Martines 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик