Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 25 50
3 Aston Villa 25 47
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Fulhem 25 34
13 Kristal Pelas 25 32
14 Brayton 25 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 25 26
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 25 15
20 Vulverhempton 25 8

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

G‘oyibdan kelgan omad qushi yoxud, «Tottenhem»ni o‘ziniki qilayotgan Nunu

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Uch o‘yin, uch g‘alaba va o‘tkazib yuborilgan gollarsiz. Premyer-liga turnir jadvalida yakka peshqadam va bularning barchasi Harri Keynni jamoada saqlab qolgan holda. “Tottenhem” muxlislari uchun avgust oyi bundan zo‘r o‘tishi mumkin emasdi.

Bu avgust uchun ideal ssenariy, ayniqsa asosiy raqibning o‘yinlarini hisobga oladigan bo‘lsak, “Arsenal” startdagi uch mag‘lubiyatdan so‘ng to‘plar nisbati 0:9 va turnir jadvining oxirgi pog‘onasida. Go‘yo, “shporlar” uchun bundan baxtli kunlar yo‘q.

Nunu – “Tottenhem”ning chempionatni uchta g‘alaba bilan boshlagan birinchi murabbiyi

72 yil davomida “shporlar” chempionatni ketma-ket uchta g‘alaba bilan boshlamagan edi. Bu oxirgi marta London klubi bilan 1949-50 yillar mavsumida sodir bo‘lgan, o‘shanda Artur Rou boshchiligida “Tottenhem” ketma-ket 10 uchrashuvda g‘alaba qozongan. Bu natija faqat ikkinchi divizionda sodir bo‘lgandi. Lekin bu mavsumdagi Nunu Santu jamoasining natijasi mukammal, ayniqsa, “Tottenhem” umuman gol o‘tkazib yubormaganini hisobga olsak.

Mavsum avvalida yana bir boshqa holat yuz beryapti. Ya’ni “Tottenhem” yetakchi “Arsenal” esa jadvalning eng quyida joylashgan. Hech qachon bu holat APL turnir jadvalida kuzatilmagan holat ekan.
London klubi rahbariyati pragmatik murabbiyni jamoaga taklif qilib, adashmaganga o‘xshaydi.

Aftidan, “Tottenhem” o‘zi bilmagan holda omad qushini topib oldi

Albatta, bu natijalar yana qancha davom etishini vaqt ko‘rsatadi. Lekin Nunu Santu boshchiligidagi jamoaning birinchi uchrashuvlardagi o‘yinlari haqida faqatgina optimistik fikrlar paydo bo‘la boshladi. O‘zi Santuni “Tottenhem”ga qanday kelib qolganini eslaysizmi ?

Ten Xag, Nagelsmann va Fliklar umuman muzokara qilishdan ham bosh tortishdi, Rojers “Lester”ga bergan va’dasini bajardi. Pochettino esa PSJda yangi transferlar bo‘lishini bilib jamoada qoldi. Konte Paratichining chaqirig‘i bilan “Tottenhem”ga kelishga tayyor edi, lekin Levi italiyalikning talablarini ortiqcha deb hisobladi. Gattuzo varianti muxlislarga ma’qul tushmadi. Natijada klub “Vulverxempton”dan ketishni rejalashtirib yurgan Santuni jamoaga taklif qildi.

Ba’zida qiyin vaziyatlarda qilingan qarorlar bizni yuqori maqsadlarga erishishga turtki bo‘lib xizmat qiladi. Portugaliyalik o‘zini Premyer-ligada “Vulverxempton” boshchiligida qanday murabbiy ekanligini hammaga ko‘rsatib qo‘ygandi. U jamoasi bilan APLda ikki marta yettinchi o‘rinni egalladi. U bir vaqtning o‘zida pragmatik futbol namoyish qilishi bilan birga g‘alabalardan maqtanib yurmaydi. So‘nggi yillardagi Mourinyoning aksi.

U “Vulverxempton”ni doimo maksimum kuchda o‘ynashga o‘rgatdi. Londonliklar bilan ham bu ishni takrorlab ko‘rishga harakat qiladi. “Shporlar” mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlashsa hech ham ajablanmaslikni maslahat beraman. Bundan tashqari Santu jamoaviy yutuqlarni olib kelishi mumkin. Masalan, Konferensiyalar ligasi g‘olibiga aylanish.

Keynni safda olib qolish, jamoaga ishonch bag‘ishlaydi

Transfer oynasi davrida Harri Keynning “Manchester Siti”ga o‘tishi muqarrar bo‘lib tuyuldi, lekin sardor jamoada qolmoqda bu “Tottenhem” va Levi uchun katta g‘alaba. Yuqori darajada o‘ynaydigan haqiqatan ham bebaho futbolchilar jahon futbolida hali ham borligining bir isboti bo‘ldi bu voqea. Aytaylik, jamoa Keynni sotdi va 150 million funtni oldi. Birinchidan, bu miqdor kadrlarni kuchaytirishga teng kelmaydi, ikkinchidan, dunyoda “Tottenhem”da o‘ynashga tayyor bo‘lgan Harri darajasidagi boshqa futbolchining o‘zi yo‘q. Ba’zi yo‘qotishlar o‘rnini shunchaki bosish mumkin emas.

Hozirgi peshqadamlik hech nimani hal qilmaydi

“Tottenhem” Premyer-ligani “Manchester Siti” ustidan g‘alaba bilan boshladi, keyin esa yangi murabbiyning sobiq klubini mag‘lub etishdi. FIFA kunlari oldidan “Uotford”ning ham qarshiligi sindirildi. “Man Siti” va “Uotford”ga qarshi o‘yinlarda Son Xyon Min g‘alaba to‘plarini kiritdi, “Vulverxempton”ga qarshi o‘yinda “shporlar”ning asosiy tarkibiga qaytgan Dele Alli penaltidan gol urdi. Nunu Santu ketma-ket uch g‘alabadan so‘ng, o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi:

Bu g‘alabalar umuman hech narsani anglatmaydi. Hammani, nafaqat futbolchilarni, balki muxlislarimizni ham “Tottenhem”ning peshqadam ekaniga e’tibor bermaslikka chaqiraman. Keling, ishlashda davom etaylik, bizda hali ko‘p ishlar bor, o‘yinning ko‘p jihatlarini takomillashtirish kerak”.

“Tottenhem”ning uchta g‘alabasi ko‘p xulosalar chiqarishga yetmasligi aniq. Ammo Santuning kelishi bilan jamoa o‘z tarixida qayd etilmagan ko‘rsatkich namoyish etdi.

“Bu faqat boshlanishi. Men har doim aytganman, men uchun jismoniy holat, tashkilotchilik va jamoa bo‘lib ishlash muhim. Mening vazifam – bu tizim va o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va men yigitlarimning iqtidoriga shubha qilmayman. Biz izchil va diqqatli bo‘lishimiz, o‘yindan o‘yinga o‘sishimiz va rivojlanishni to‘xtatmasligimiz kerak”.

Xulosa

Umuman olib qaraganda Santu har bir murabbiy gapirishi kerak bo‘lgan fikrlar bilan chegaralandi. Uning qanday jamoa tuzayotganini esa futbolni faqat gollari uchun tomosha qiladigan muxlislar tushinmasligi mumkin. Ammo haqiqiy muxlislar sinfi borki, ular tahlilni boshlab yuborgan. Siz ham tahlil qiling, APL jozibasidan bahra oling. “Tottenhem”ga muxlislik qiling.

Ruslan Maksimov tayyorladi

Kiritildi: 16:24, 31.08.2021. O'qildi: 6728 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 12
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Фулхэм Xarri Uilson 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.