Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 21 52
2 Real Madrid 21 51
3 Atletiko 21 44
4 Vilyarreal 20 41
5 Espanyol 21 34
6 Betis 21 32
7 Selta 21 32
8 Real Sosyedad 21 27
9 Osasuna 21 25
10 Jirona 21 25
11 Elche 21 24
12 Sevilya 21 24
13 Atletik Bilbao 21 24
14 Valensiya 21 23
15 Alaves 21 22
16 Rayo Valyekano 21 22
17 Xetafe 21 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 20 17
20 Real Ovyedo 21 13

O'tgan o'yinlar.

21-тур Levante 3-2 Elche
21-тур Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
21-тур Valensiya 3-2 Espanyol
21-тур Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
21-тур Vilyarreal 0-2 Real Madrid
21-тур Atletiko 3-0 Malyorka
21-тур Barselona 3-0 Real Ovyedo
21-тур Real Sosyedad 3-1 Selta
21-тур Alaves 2-1 Betis
21-тур Jirona 1-1 Xetafe

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kanchelskis «Navbahor» bilan bo‘lgan vaziyat haqida gapirib berdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Intervyular
A A A

“Navbahor” klubi FIFA qaroriga ko‘ra, sobiq bosh murabbiy Andrey Kanchelskisga 1,6 million dollar to‘laydigan bo‘ldi.

Rossiyalik mutaxassis “Navbahor”da 2018 yil oktyabridan 2019 yilning iyunigacha ishlagan. O‘sha yilning avgust oyida rossiyalik murabbiy yana jamoaga qaytdi va 2020 yil oktyabrgacha ishladi. Klub murabbiy bilan kelishilgan pullarni to‘lab bermagach, Kanchelskis FIFAga murojaat qildi. Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi murabbiyning shikoyatini ko‘rib chiqdi va u haq ekanligi to‘g‘risida bayonat berdi. Endi “Navbahor” 30 kun ichida murabbiyga qarzni berishi kerak bo‘ladi.

Bu voqeadan keyin "Match TV" Kanchelskis bilan intervyu uyushtirdi.

— Shartnoma bekor qilinishining asosiy sababi nima edi?
— Birinchidan, bu futbolda kuzatiladigan holat. Sizga pul to‘lanmaganidan keyin sabr ham tugaydi. Klubda professional bo‘lmagan xodimlar bilan ishlash ham bunga sabab bo‘ldi. Futbol odami bo‘lmagan shaxslar bilan bahslashish, ularga doimo nimanidir tushintirish vaqt o‘tishi bilan jonimga tegdi. Men faqat muxlislarga achindim, ularning klubini futbolga aloqasi bo‘lmagan shaxslar boshqaryapti.

— Siz aytayotgan professional bo‘lmaganlar kimlar?
 — Bular klub ichiga kirib qolgan oddiy tadbirkorlar. Bunaqa holat Rossiya klublarida ham uchrab turadi. Boshqa sohadagi ba’zi insonlar sizga futbolni tushintirmoqchi bo‘lishadi.

— Siz aytib o‘tgan ishbilarmonlar sizni jamoaga taklif qilgan, shundaymi?
— Yo‘q, men Namangan viloyati hokimi bilan muzokara olib borgandim, keyin u boshqa lavozimga o‘tib ketdi. Men u yerda bo‘lganimda, klubda uch marta rahbar o‘zgardi. Rahbariyatning o‘zgarishi har doim ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ikkinchi murabbiy Aleksey Belenkov bilan birgalikda biz bunga e’tibor bermaslikka harakat qildik va maksimal darajada ishladik. Natijada Belenkov tushunarsiz narsada ayblanib, ishdan bo‘shatildi. Shuningdek, u ham FIFAga shikoyat bilan chiqdi va ijobiy qarorni kutmoqda.

— U sizdan ancha oldin shikoyat qilgandi. Siz Kanchelskis bo‘lganingiz uchun tezroq yechim topdingizmi?
— Yo‘q, aslo unday emas. FIFA uning masalasida allaqachon qaror qabul qilgan. Hozirda Sport arbitraj sudi qarori kutilmoqda.

— Klub o‘zingiz bilan kelishib ko‘rishga urinmadimi?
— Mening shartnomamdagi miqdordan tashqari ular yana 200 ming dollar kompensasiya berishi kerak edi. Bu qo‘shimcha pulning ichida mening salomatligim va qo‘shimcha xarajatlar ko‘zda tutilgandi. Men yon berishga tayyor edim, lekin hozir hech qanday murosaga kelish mumkin emas. Ular menga Toshkentdagi xususiy klinikada koronavirus bilan davolanish uchun sarflagan mablag‘imni hali ham qaytarishmadi, garchi bu bir yil oldin bo‘lgan bo‘lsa-da. Aytgancha, davolanish shartnomada ko‘rsatilgan edi. Mana shunday munosabatda bo‘lishdi. Endi ular o‘zlarining variantlari bilan oldimga kelishyapti, lekin bu masala men uchun yopilgan.

— Bu voqea klubga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
 — “Navbahor”ga qanday choralar ko‘rilishini bilmayman. Men odamlar bunday harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligini tushunishini istardim. Ulaf FIFA va CAS kabi tuzilmalar borligini tushunishini istardim.

— Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida “Navbahor” rahbariyati sizni ichkilikbozlikda ayblayotganini yozishdi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?
— Ular ham nimadir deb, o‘zlarini oqlashi kerak-ku. Men doim “Navbahor” bazasida yashaganman. Agar siz aytgan holat kuzatilganda futbolchilar buni ko‘rgan bo‘lishardi. Agar men bilan ishlagan bironta futbolchi bu gapni aytsa, bu tuhmatdan boshqa narsa emas.

— “Navbahor”ga qaytganingizdan afsuslanmaysizmi?
— Qachonki, siz bilan viloyat hokimining shaxsan o‘zi gaplashib, jamoaga taklif qilganda rad javobini berish qiyin bo‘ladi. Prinsipial jihatdan men hech qanday pushaymon emasman. Pandemiyadan oldin biz yaxshi natijalarga erishdik, biz uchinchi o‘rinda edik. Keyin, butun jamoa koronavirus bilan kasallandi, qiyin davr boshlandi va rahbariyat qo‘llab-quvvatlash o‘rniga, negativ fikrlar bildira boshladi. Klubning og‘ir moliyaviy ahvolini tushunib, maoshimni ham qisqartirishga rozi bo‘ldim. Ammo ular buni ham inobatga olishmagan ko‘rinadi.

— “Navbahor”dagi ishingizni qanday baholaysiz?
— Menga o‘z ishimni baholash qiyin. Men klubda bo‘lganimda, uchta futbolchi terma jamoaga, yana bittasi Olimpiya terma jamoasiga chaqirilgan. O‘runov hatto Rossiya chempionatiga ko‘chib o‘tdi.

Natijalarga kelsak, “Paxtakor”ga qarshi jang qilish juda qiyin bo‘ldi. Garchi biz unga har safar jang taklif qilgan bo‘lsak ham. Muxlislarga rahmat! Ular juda qiziqqon, lekin adolatli. Ularga salomatlik tilayman. Afsuski, shunday holat yuz berdi.

— O‘zbekiston futbol rahbariyatiga qanday maslahat berardingiz?
— Biz professional klublar boshqaruvida nimalar bo‘layotganini yaqindan kuzatib borishimiz kerak. Hukumat pulini oladigan ba’zi jamoa rahbarlari uni samarasiz sarflamoqda. Ya’ni, musobaqalar va klublarni boshqarishda professional bo‘lmagan menejmentni ko‘ramiz. Bu borada o‘zbek futboli darajasida pasayish kuzatilmoqda. Vaziyat Rossiyada ham xuddi shunday.

Professionallar yetarli emas. O‘zbekiston futbol federasiyasi rahbariyati mentalitet, imkoniyatlar, maqsadlarni hisobga olgan holda o‘yinni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqishi zarur.

O‘zbekistonda futbolni yaxshi ko‘rishadi va qanday o‘ynashni bilishadi. Zaxirani tayyorlashning samarali tizimini yaratish va Yevropaning kuchli ligalariga futbolchilarni eksport qilishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ularda ham mavjud. Masalan, Ahmedov, Shomurodov yoki O‘runovni olaylik. Afsuski, O‘zbekistonda professional menejerlarni tayyorlash darajasini yaxshilash uchun sharoit yaratilmagan. Men o‘z tajribamdan amin bo‘ldimki, federasiya va liga rahbariyati ta’lim dasturini ishlab chiqishni boshlashi va o‘zbek futboli faxriylarini menejment, iqtisodiyot va sport huquqi bo‘yicha o‘rgatish kerak. Noprofessionallik va ochko‘zlik raqobatning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shu bilan birga, mamlakatda havas qilarli rahbarlar ham bor, lekin futbolni tushunadigan va unga g‘amxo‘rlik qiladigan sifatli menejerlar yetishmayapti. Hamma umid shunday kadrlarni tarbiyalashdan iborat.

Kiritildi: 20:16, 31.08.2021. O'qildi: 4289 marta. Fikrlar: 22 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 21
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Осасуна Ante Budimir 9
6 Вильярреал Alberto Moleyro 8
7 Барселона Rafinya 8
8 Бетис Kucho Ernandes 8
9 Сельта Borxa Iglesias 8
10 Барселона Lamin Yamal 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.