«Brentford» APLning 35-turi doirasida o‘z maydonida «Vest Xem»ni mag‘lubiyatga uchratdi — 3:0.
Uchrashuvning 15-daqiqasida mezbonlar Konstantinos Mavropanosning avtogoli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Igor Tiago 52-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, oradagi farqni oshirgan bo‘lsa, 82-daqiqada Mikkel Damsgor bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
«Brentford» (51 ochko) barcha turnirlardagi yetti o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi va APL turnir jadvalida oltinchi o‘ringa ko‘tarildi. 36 ochkoga ega «Vest Xem» esa 17-pog‘onani egallab turibdi. Agar «Tottenxem» 35-turda «Aston Villa»ni mag‘lub etsa, londonliklar xavfli hududga (quyi ligaga tushib ketish zonasiga) tushib qolishi mumkin.
Parallel kechgan bahslarda «Nyukasl» «Brayton»ni mag‘lub etdi (3:1), «Vulverxempton» va «Sanderlend» uchrashuvida esa durang qayd etildi (1:1).
«BRENTFORD» — «VEST XEM» — 3:0
«Brentford Kommyuniti», Brentford
Gollar: Konstantinos Mavropanos 15-avtogol (1:0), Igor Tiago 54-pen (2:0), Mikkel Damsgor 82 (3:0).
«Brentford»: Kellexer, van der Berg, Kollinz, Lyuis-Potter (Xiki, 90+1), Kayode, Yensen, Yarmolyuk, Damsgor (Dasilva, 90+1), Shade (Ayer, 80), Uattara (Furo, 90), Tiago.
«Vest Xem»: Xermansen, Disasi, Mavropanos, Diuf (Traore, 74), Uoker-Piters (Van-Bissaka, 65), Fernandesh, Souchek, Sammervill (Skarlz, 88), Bouen (Magassa, 88), Pablo, Kastelyanos (Uilson, 65).
Ogohlantirishlar: Kayode (73) — Kastelyanos (59), Sammervill (62), Skarlz (90).
«NYUKASL» — «BRAYTON» — 3:1
«Sent-Djeyms Park», Nyukasl
Gollar: Vilyam Osula 12 (1:0), Den Bern 24 (2:0), Djek Xinshelvud 61 (2:1), Xarvi Barns 90+5 (3:1).
«Nyukasl»: Poup, Botman, Tshau, Bern, Mayli, Tonali, Gimarayns (Remsi, 90+1), Uillok (Xoll, 68), Joelinton, Merfi (Vissa, 68), Osula (Barns, 68).
«Brayton»: Verbryuggen, van Xekke, Boskali, Ferdi Kadioglu, Viffer (Veltman, 18; De Keyper, 81), Baleba (Ryutter, 80), Gros, Xinshelvud (Dank, 88), Mitoma, Minte, Uelbek (Kostulas, 80).
Ogohlantirishlar: Bern (53), Tonali (85), Vissa (87) — Veltman (22), Mitoma (39), van Xekke (90).
«VULVERHEMPTON» — «SANDERLEND» — 1:1
«Molinyu Stedium», Vulverxempton
Gollar: Nordi Mukyele 17 (0:1), Santyago Bueno 54 (1:1).
«Vulverxempton»: Bentli, S. Bueno, T. Gomesh, Moskera, Andre, Gomes, U. Bueno (A. Gomesh, 78), Pedro Lima (R. Gomesh, 46), Armstrong, Mane, Arokodare (Edozi, 90+3).
«Sanderlend»: Rufs, Ballard, Alderete, Mandava (Kirkin, 72), Mukyele, Sadiki (Diarra, 72), Jaka, Le Fe, Talbi, Xyum, Brobbi (Izidor, 72).
Ogohlantirishlar: Brobbi (45), Jaka (56), Kirkin (81), Rufs (90).
Chetlatish: Ballard (24).