Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yozning barbod bo‘lgan transferlari

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ushbu yoz biz muxlislarga ajoyib lahzalarni taqdim etdi. Yevropa chempionati, Amerika kubogi va boshqa qiziqarli voqealar. Messi va Ronaldu o‘z jamoalarini o‘zgartirishlari ham katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Lekin yozning eng kutilgan transferlari baribir amalga oshmay qoldi. Keling, ularni ko‘rib chiqamiz.

Erling Holand “PSJ” yoki “Man Siti”
Bitimning taxminiy qiymati: 200 million yevro.

Agar Mbappe “Real”ga o‘tib ketganida, shayxlarda Holandni jamoa olib kelishga pullari tayyor bo‘lardi. Ammo yana bir jihat bor, hujumda Ikardi, Di Mariya, Draksler, Mbappe, Neymar va Messi bo‘lsa, Erlingga mablag‘ sarflashning ma’nosi yo‘q. Ammo norvegiyalikning fantastik ko‘rsatkichlari bor. Hatto “Bavariya”da ham unga qiziqish bo‘ldi, lekin nemislar Erlingning agenti uchun 40 mln yevro beradigan jamoa emasdi. Bunday vaziyatda “Manchester Siti” o‘rtaga qo‘shilishi mumkin edi. Ularda hammaga ma’lum bo‘lganidek, puldan muammo yo‘q. Gvardiola ushbu vaziyatda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qo‘rqdi, chunki hech kim Holandni yangi jamoada o‘ynab ketishiga kafolat berolmaydi. Shu tariqa Holand kamida qishgacha o‘z jamoasida qoldi.

Jul Kunde va “Chelsi”
Bitimning taxminiy qiymati: 60 million yevro.

Granovskaya yozda Lukakuning transferi va Saulning ijarasiga sarflagan puliga qaraganda, o‘z futbolchilarini sotib va ijaraga berib ko‘proq mablag‘ ishlab topdi. Bu vaziyatda Tuxelga yana bir transferni amalga oshirishga imkoniyat berildi. Nemis murabbiyi klub bilan muzokaralari uzoq vaqtdan beri muhokama qilinib kelingan futbolchini jamoaga olib kelish kerak dedi. Ammo ispanlar “Chelsi”ning bir nechta taklifiga ham rad javobini berishdi. “Barselona” ham Kundega qiziqqani aytildi, lekin ularda pul yo‘q edi. “Real” bor diqqat e’tiborni Mbappening transferiga qaratdi. Natijada, Kunde “Sevilya”da qoldi, garchi u o‘z intervyusida jamoadan ketishga tayyorligini aytgan bo‘lsa ham.

Federiko Kyeza va “Liverpul”
Bitimning taxminiy qiymati: 70 million yevro.

Siz o‘z jamoangizda yetakchi bo‘lgan holda Yevropa chempioni bo‘ling va sizga APLdan xaridorlar topiladi. “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Liverpul” Federikoni sotib olish imkoniyatiga ega edi. Ammo Allegri qaytganidan keyin, italiyalik insayderlarning fikricha, bunday variantni yo‘qqa chiqardi. Ko‘rib turganimizdek, u Ronaldu bilan xayrlashishga tayyor edi, lekin yosh italiyalikni sotishdan bosh tortdi. Balki bu klub uchun ham, futbolchi uchun ham to‘g‘ri qaror bo‘lgandir. “Fiorentina” tarbiyalanuvchisi darhol Premyer-ligaga moslasha olmasligi ehtimoli bor edi. Va unga qiziqqan klublarning tarkibiga qaraydigan bo‘lsak ham ular Federiko uchun tarkibdan joy topib berishi qiyish ish edi. Yangi mavsumda “Yuventus”ga o‘z pozisiyalarini saqlab qolish qiyin bo‘ladi, lekin Kyeza o‘z pozisiyada.

Pogba “Real Madrid”, “Yuventus” yoki PSJ
Bitimning taxminiy qiymati: 60 million yevro.

Ronalduning qaytishi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan bir vaqtda, hamma “Manchester Yunayted” Pogba bilan xayrlashishga tayyor ekanligi haqida gapira boshlashdi. Fransuzning agenti ketishga yuz martalab ishora qilgan, ammo Polning shartnomada shunday talablari borki, uni hamma klub ham ko‘tara olmaydi. Boshqa tomondan, “Manchester Yunayted”ning o‘zi yarim himoyachi bilan shartnomani yangilashga shoshilmayapti va amaldagi kelishuv bir yildan so‘ng tugaydi. Shubhasiz, PSJ va “Yuventus” hozir ortiqcha xarajat qilishni xohlamadilar, “Real” esa Kamavingani tanladi. Kroos va Modrich qariyapti va ularga munosib o‘rinbosar kerak, balki Pogba kelasi yozda Madridga ko‘chib o‘tar.

Harri Keyn va “Manchester Siti”
Bitimning taxminiy qiymati: 170 million yevro.

Daniyel Levi jamoa sardori va to‘purarini jamoada saqlab qoldi. Lekin bu strategik xato bo‘lib qolishi mumkin. Jamoaning yangi stadion qurish uchun olgan juda katta qarzlari bor. Keyn jamoada qolganiga qaramay, u ketishni xohlayotganini bir necha bor aytib o‘tdi. “Manchester Siti”dan juda katta pul so‘raldi, tabiiyki bu narsa klubni transferdan voz kechishi uchun qilinadi. Bu vaziyatda “Tottenhem” xo‘jayini ayyorlik qildi, avvalroq Levi Keyn jamoadan ketishga qaror qilsa, o‘zim unga yordamlashaman, degan edi. Son va Keyn Eshpiritu Santu jamoasi uchun muhim, ammo “shporlar” Angliya chempionatida g‘olib bo‘lishlari dargumon.

Kilian Mbappe va “Real Madrid”
Bitimning taxminiy qiymati: 220 million yevro.

PSJ faqatgina futbol klubi emas, chunki u odatdagi mantiqqa amal qilmaydi. Messini ham jamoa ko‘p narsaga qurbi yetishini yana bir bor hammaga ko‘rsatib qo‘yish uchun taklif qilishdi. Endi u jamoaga Liga 1'da “Lill” va “Monako” qarshligini sindirishda yordamlashadi. Klub Messidan tashqari boshqa futbolchilar bilan katta maoshga shartnoma imzoladi. PSJ UYEFAning taqiqlaridan qo‘rqmaydi, chunki klub prezidenti Cheferin bilan yaqin do‘stlar. Va ular daromad haqida o‘ylamaydilar, “Real Madrid” Mbappening shartnomasi uchun bonuslar bilan hisoblaganda 220 million yevro taklif qilgan. Mbappe esa 10 oydan keyin tekinga boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. Kilianning o‘zi ham “Real”ga o‘tmoqchi edi, lekin shayxlar bunga yo‘l qo‘yishmadi.

Bu yoz mukammal transferlarga boy bo‘ldi, lekin bugungi ro‘yxat shuni ko‘rsatadiki, hamma klublar ham, o‘zlari orzu qilgan futbolchilarini jamoaga qo‘shib ololmadi.

Ruslan Maksimov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:25, 03.09.2021. O'qildi: 7996 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик