Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 24.01.2026 00:45
      • Inter
      • 6:2
      • Piza
      • 24.01.2026 19:00
      • Komo
      • 6:0
      • Torino
      • 24.01.2026 22:00
      • Fiorentina
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.01.2026 00:45
      • Lechche
      • 0:0
      • Lasio
      • 25.01.2026 16:30
      • Sassuolo
      • 1:0
      • Cremonese
      • 25.01.2026 19:00
      • Atalanta
      • 4:0
      • Parma
      • 25.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • 3:2
      • Bolonya
      • 25.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Napoli
      • 26.01.2026 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Milan
  • La-liga
      • 24.01.2026 01:00
      • Levante
      • 3:2
      • Elche
      • 24.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:3
      • Osasuna
      • 24.01.2026 20:15
      • Valensiya
      • 3:2
      • Espanyol
      • 24.01.2026 22:30
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletik Bilbao
      • 25.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • 0:2
      • Real Madrid
      • 25.01.2026 18:00
      • Atletiko
      • 3:0
      • Malyorka
      • 25.01.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 25.01.2026 22:30
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Selta
      • 26.01.2026 01:00
      • Alaves
      • -:-
      • Betis
  • APL
      • 24.01.2026 17:30
      • Vest Xem
      • 3:1
      • Sanderlend
      • 24.01.2026 20:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Tottenhem
      • 24.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:1
      • Brayton
      • 24.01.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 2:0
      • Vulverhempton
      • 24.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Liverpul
      • 25.01.2026 19:00
      • Nyukasl
      • 0:2
      • Aston Villa
      • 25.01.2026 19:00
      • Brentford
      • 0:2
      • Nottingem Forest
      • 25.01.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • 1:3
      • Chelsi
      • 25.01.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Man. Yunayted
  • AFC U-23
      • 24.01.2026 20:00
      • Xitoy
      • 0:4
      • Yaponiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 21 52
2 Real Madrid 21 51
3 Atletiko 21 44
4 Vilyarreal 20 41
5 Espanyol 21 34
6 Betis 20 32
7 Selta 20 32
8 Osasuna 21 25
9 Elche 21 24
10 Real Sosyedad 20 24
11 Sevilya 21 24
12 Atletik Bilbao 21 24
13 Jirona 20 24
14 Valensiya 21 23
15 Rayo Valyekano 21 22
16 Malyorka 21 21
17 Xetafe 20 21
18 Alaves 20 19
19 Levante 20 17
20 Real Ovyedo 21 13

O'tgan o'yinlar.

21-тур Levante 3-2 Elche
21-тур Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
21-тур Valensiya 3-2 Espanyol
21-тур Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
21-тур Vilyarreal 0-2 Real Madrid
21-тур Atletiko 3-0 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vunderkindlar: 80 «limon»ga arzigulik iqtidor

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Serbiyalik Dushan Vlaxovich - tug‘ma iqtidor. Bu esa o‘ta xavfli ekanligini tajribali skautlar yaxshi tushunadilar. Shu sababli 21 yoshli hujumchi YECHL chorak finallarida o‘ynaydigan jamoalar safida emas. Serbiyalik iqtidor uchun futbolda u bilmagan jihatlar qolmaganini barcha seleksionerlar ko‘rib turishibdi. Bunisi ham yomon. Odatda, faqat zaif menejerlar shunaqa futbolchilarga yopishadilar.

Robinyo, Balotelli, Nasri va Yovetichlarning «Manchester Siti»ga kelishlari sababi ham shu. «Chelsi» ham bir necha marta rivojlanish qobiliyatiga ega bo‘lmagan o‘yinchilardan og‘zi kuygan. Va aksincha, mehnatdan qochmaydigan Saloh, De Bryuyne va Lukakularni qadrlay olmagan. To‘g‘ri, belgiyalik to‘purarni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi, faqat buning uchun kattagina mablag‘dan voz kechishiga to‘g‘ri keldi. Lekin asl snayperni izlayotgan yolg‘iz Tuxelning o‘zi emas.

Gvardiola anchadan beri Keynni qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. Biroq Daniel Levi o‘z qarindoshiga ham bir qultum suvni savob uchun sovg‘a qilishdan ko‘ra sotishni afzal biladi. U bilan savdolashish oson emas. Ajabtovur fe’l-atvorli boshqaruvchi bir qator manfaatli kelishuvlarni barbod qilgan. Oxir-oqibat, 1,17 mlrd. funtli qarz domiga g‘arq bo‘ldi.

Keyn sovrinsiz yuraverib toliqib qolgan bo‘lsada, uni «Siti»ga shunchaki qo‘yib yuborishmaydi. Buni bilgan Vlaxovich vakillari Xosepga hujumchini muqobil variant sifatida taklif etishdi. Kokorinning «to‘qqizlik» pozisiyasidagi raqobatchisi xususida har qancha maqtov ozlik qiladi. Vlaxovich hujum chizig‘ining cho‘qqisi uchun o‘ta munosib nomzod, to‘p bilan muomala san’atiga «A» seriyada talab darajasida sayqal berdi.

Serbiyalik hujumchining chap oyog‘i xuddi ixchamroq gavdali futbolchidan olingandek tuyuladi. Shu sababli «Fiorentina» murabbiylari undan sal orqaroqda, o‘yinni boshqarishda foydalanishga intilmoqdalar. Aynan shu assistentlik va dirijyorlik san’ati bobida u hozircha o‘rtacha saviya sohibi.

Boshqa tomondan, Levandovskida ham assistentlik darajasi mukammal emas, ammo gol «hidi»ni a’lo darajada his etadi. O‘tgan mavsum Vlaxovich bu borada Ronaldu (29), Lukaku (24) va Murieldan (22) keyingi o‘rinni egalladi. Lekin shuni ham inobatga olish kerakki, bu ko‘rsatkichga Vlaxovich yetakchi kvartetdagi jamoa bilan emas, mavsumni 14-pog‘onada yakunlagan «binafshalar» safida erishdi.

«Ikkinchi mavsum» sindromi ehtimoli yo‘q emas

Dushan Vlaxovichning «Fiorentina»dagi o‘tgan mavsumga qadar namoyish etgan o‘yini bilan 2020|21 yillar mavsumidagi ishtiroki o‘rtasida sezilarli farq mavjud. Kyeza «Yuventus»ga kelganida kutilgan o‘yinni ko‘rsata oldi, lekin Federiko Dushandan 2 yoshga kattaroq va futbolchilar oilasida ulg‘aygan - hatto tushida ham saboq olgan. Dushan esa «A» seriyaga barvaqt - 18 yoshda keldi va birdaniga Davide Astorining vafoti tufayli azadorga aylangan jamoadan o‘rin oldi.

Dushan Stefano Piolining faoliyatidagi rolini yuksak baholab, uni futbol otasi sifatida hurmat qiladi. Biroq «Fiorentina»da 2 yil ichida 5 marta murabbiy almashdi, Gattuzo bor-yo‘g‘i 3 hafta ishladi. Bu yog‘iga hujumchi o‘zini qanday his etadi, o‘tgan mavsumdagi yuksak saviyani davom ettira oladimi? «Binafshalar» rahbariyati esa serbiyalik futbolchi uchun 50-80 mln. yevroli taklifni hisobga olishlari lozim. Garchi yigitning tug‘ma iqtidor ekanligi shubhadan xoli bo‘lsa ham.

Vlaxovich - o‘ng oyoqli Shomurodov, degandi Karpin hazil aralash. 21 yoshli hujumchi shunday taassurot qoldiradiki, vaqti kelib u gollar va sovrinlarga boy bo‘lgan mashhur Zlatan yoki Mario maqomiga erishishi mumkin. Balotelli emas, Manjukich maqomiga.

Qisqasi, Dushan «Bavariya», «Atletiko» yoki «Yuventus»da a’lo sifatli rotasiya hujumchisi bo‘la oladi. Faqat Luis Suares eng yorqin davrida namoyish etgan hayratlanarli tomoshalarsiz. Umuman, hujumchilik kasbida ma’lum yaroqlilik muddati bo‘ladi. Ko‘psonli jarohatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ularning oyoqlari ko‘plab tepkilarga duchor bo‘ladi. Dushanda maqtanchoqlik odati bor - muhofaza getrani tizzalaridan yuqoriroq qismigacha berkitishidan tortib, raqibini takror-takror aldab o‘tishigacha. Tabiiyki, himoyachilar uni ayab o‘tirmaydilar.

Vlaxovich Diyego Simeonening «Atletiko»sida Madridda ko‘plab markaziy hujumchilar bilan osonlikcha til topishishi yoki «Manchester Siti»ga o‘tib, Gvardiolaning «Bavariya»sida Robert Levandovski boshdan kechirgan muammolarga duch kelishi mumkin. Zaxiraga mixlanib qolgan polshalik to‘purar bir o‘yinda 5ta gol urishni o‘ylab topgani unutilgani yo‘q. Ispaniyalik mutaxassis surbetlik bilan uni zaxirada qoldirayotgandi. Chunki futbolga u hamma kabi emas, o‘ziga xos tarzda yondashardi.

Yetuklikdan ancha olisda bo‘lgan Dushan birdaniga «Siti»ni kuchaytira olish-olmasligi xususida fikr bildirish qiyin. Ayniqsa, shayxlar tavakkalga qo‘l urib, ham Keyn, ham serbni xarid qilsalar. Lekin serb aynan o‘z o‘yini bilan barchani o‘ziga rom etgani shubhadan xoli.

U o‘ta chaqqon va navqiron yigitcha, ammo noyob asar yaratishga arziydigan darajadagi «as» futbolchi emas. Bu yog‘ini hal etish Gvardiolaning zimmasida - qo‘shimcha saboqqa muhtoj bo‘lgan navbatdagi Jezusmi yoki APLga shay Keyn muhimroqmi?

«A» seriyaning o‘rtamiyona klubi uchun o‘ta mahoratli

Vlaxovich kabi noyob iqtidor sohiblari oddiy o‘rta maktablardagi bolalar jamoalarida uchrab turadi, ular uchun akademiya bo‘lishi shart emas. Ular futbolni juda tez va oson o‘zlashtiradilar. Biroq bunday iqtidorlardan chiqqan asl professionallar juda kam. Leo kabi bolaligidan yaqqol ajralib turish barcha buyuk chempionlarga nasib etmagan, ularning aksariyati uzoq va mashaqqatli tahsil evaziga shunday maqomga erishganlar. Ochig‘i, Dushanning aynan Messilar toifasidan ekanligiga kafolat yo‘q, hozircha u Dibala sirasidan. Paulo «Palermo»da aynan Messining vorisi sifatida o‘ynagandi. Saviyasi balandroq jamoalarda «yo‘qolib» qoldi, Argentina termasining yetakchisi bo‘la olmadi. Vlaxovichning fazoviy balandlikka ko‘tarila olmaganlar ro‘yxatiga tushib qolmasligiga tilakdoshmiz. Chunki uning salohiyati ekstra maqomidagi jamoada to‘p surishni taqozo etadi.

«Atletiko»ga o‘tish o‘rinli emas, u yerda Suares bor. «Manchester Siti»da ham shunday, Keynni so‘nggi soatlarda ham xarid qilishlari mumkin. Biroq «Fiorentina»da yana bir mavsumga qolib ketishdan ham ma’no yo‘q. Transferning amalga oshish ehtimoli yuqori, ko‘pchilik ekspertlar aynan Vlaxovichni «A» seriyaning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etmoqdalar. Faqat bir narsa noma’lum: Dushan uchun «binafshalar» qancha olishadi? Eslatib o‘tamiz, hujumchi «Partizan»dan atigi 1,95 mln. yevroga sotib olingandi.

Hozir «Fiorentina» 100 mln.lik taklifdan umidvor bo‘lsada, 60 «limon»ga baraka berishiga shubha yo‘q. Kelishuv Kokorin uchun ham ahamiyatsiz emas. Florensiyaliklar yangi mavsumni yangi g‘oyalarga ega bo‘lgan yangi bosh murabbiy bilan boshladilar. Avgust oxirida eng zo‘r hujumchidan judo bo‘lishsa, tajribali kasbdoshiga ishonch bildirishlari mumkin. Vlaxovich ham yangi jamoadan umidvor. Boisi, faoliyatining taraqqiyoti shunga bog‘liq.

Agar serb sof hujumchi, masalan, Suares bilan to‘p surishga tayyor ekanligi ma’lum bo‘lsa, bo‘lajak transfer uning faoliyatidagi yirik kelishuvning so‘nggisi bo‘lmaydi. Riberi hujumda Dushanga hamkorlik qildi, lekin u tajribali vinger. Kalyexon o‘zga toifadagi o‘yinchi, Kuame bilan esa, u uzoqroq hamkorlik qilishga ulgurmadi. Bir yilga inqirozdan boshi chiqmaydigan jamoada qolib ketish ehtimoli ham yo‘q emas. Undan ko‘ra, «Inter»dan taklif tushsa, Jeko bilan raqobatlashib, Lautaroga sherik bo‘lgani afzalroq.

O‘tgan mavsum o‘yinlari tahlilidan ma’lum bo‘lishicha, Vlaxovichda o‘ng qanotga siljish, darvozani nishonga olish va yuqoridan uzatilgan to‘p uchun kurashish qobiliyati ham bor. Yakkakurashlardagi ishtiroki bo‘yicha u top-chempionatlar yetakchilari safida. Bu borada Zlatandan orqada, ammo gollari ko‘proq. Agar u sheriklarini o‘z vaqtida payqashni o‘rgansa, APL klublari talabini qondira oladigan ajoyib hujumchiga aylanadi. Ammo Belgradda Rossiya terma jamoasiga urilgan gollarning birini o‘z hisobiga yozdirgan snayper ikkinchi sherigining xatosini takrorlamasligi lozim - Luka Yovich «Real»ga shoshildi va keyin afsuslandi.

Vlaxovichga uni rejali ravishda kuchaytiradigan klubni topish kerak. Bu klub «Manchester Siti» ekanligiga kafolat yo‘q - u yerda maoshlar ham, talablar ham o‘ta yuqori. Ya’ni, daromadga qarab buromad.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 18:16, 06.09.2021. O'qildi: 3648 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 21
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Осасуна Ante Budimir 9
6 Вильярреал Alberto Moleyro 8
7 Барселона Rafinya 8
8 Бетис Kucho Ernandes 8
9 Барселона Lamin Yamal 8
10 Валенсия Ugo Duro 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.