Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Timur Kapadze: «O‘yinni cho‘zish holatlari futbolimiz o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Birinchi liga / Umumiy
Rukn: Intervyular
A A A

Pro liganing 17-turidan o‘rin olgan «Olimpik» — «Xorazm» (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirib o‘tdi.

"To‘g‘risini aytganda birinchi bo‘limda biroz qiynaldik. Ikki jamoa ham tetik edi. «Xorazm» yaxshi himoyalandi, deya olaman. Bizning futbolchilarga bunday paytda tezroq o‘ynashi kerakligi aytilgandi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni to‘g‘irladik. Harakatlariga tezlik qo‘sha olishdi. Standart vaziyatda diqqatimizni yo‘qotdik. Mashg‘ulotlarda bu borada ko‘p ishlaymiz. Qanday harakat qilish kerakligini tushuntiramiz. Imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Qayerdadir yoshlik qilishyapti. Tajriba yetishmayapti. To‘g‘ri xulosa chiqarib navbatdagi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz",— deydi Timur Kapadze.

— Mavsum boshida jamoa yaxshi start oldi. Chempionat oxirlariga kelib qandaydir "spad" bordek ko‘rinmoqda. O‘yinda ham, natijada ham bu o‘z so‘zini aytyapti. Balki yosh futbolchilarda balans yo‘qligi uchundir yoki tajriba yetishmayapti?
— Bunday bo‘lishini bilar edik. Yoshlardan iborat jamoada barqarorlik bo‘lmasligi tabiiy. Qayerdadir pasayish yuz beradi. Jismoniy tomondan yaxshi. Balki ruhiy, o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmasligidandir. Bunday o‘yinlar bizni yanada kuchliroq qiladi. Alamlisi bitta standart vaziyatdan gol o‘tkazib yubordik. «Xorazm»da deyarli boshqa vaziyat bo‘lmadi. Maqsadimizni olib qarasak biz to‘g‘ri yo‘ldamiz.

— Superligada faoliyat olib borgansiz. Endilikda Pro liga jamoasini boshqaryapsiz. O‘yin sifatini olib qaraganda ikki liganing o‘rtasida farq bormi?
— Birinchi o‘rinda tashkilotchilik, maydon masalasida kamchiliklar ko‘zga tashlandi. "Aral Samali", «Xorazm», «Neftchi»ning maydoni unchalik emas. Bizda ham birinchi davraga qaraganda maydonimiz chimi sifati yomonlashdi. Shuningdek tarkiblar. «Neftchi», «Buxoro», «Dinamo» oldiga aniq maqsad qo‘ygan. Tarkibida ham Superliga darajasidagi futbolchilar bor. Superligada kuchli jamoalar ko‘proq. O‘yin tomonlama farq seziladi. Qolgan klublar kurash, natijadan kelib chiqib o‘ynashmoqda. O‘yin cho‘zishlar ko‘paygan. Bunga hakamlar ham yo‘l qo‘yishyapti. Bunday narsalar futbolni o‘sishini to‘xtatib qo‘ymoqda. Qaysidir ma’noda bizda ham ayb bor.

— «Olimpik»ning oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilganmi? Agarda elitaga chiqsa ishtirok eta oladimi?
— Buni vaqt ko‘rsatadi. Hozirda barchada imkoniyatlar teng. Maqsadimiz bor. Bu albatta yaxshi. Oldinda bitta tur bor. Shundan so‘ng to‘rttalikka ajratilgach yana bir-birimiz bilan to‘qnash kelamiz. Vazifamiz — Superligaga chiqish.

— Temur Mamasidiqovning zaxiradan maydonga tushishi jarohati bilan bog‘liqmi?
— Yo‘q, bunga jarohat sabab emas. Ozgina o‘yinida pasayish bor edi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirishni o‘ylagandim. Tajribaliroq futbolchi bo‘lganida yaratilgan vaziyatlardan foydalangan bo‘lardi. O‘tgan mavsum o‘rinbosarlar jamoasida to‘p tepib yurgan futbolchilar bu yil Pro ligada kuchli klublarga qarshi o‘ynamoqda.

— Futbolchilarda yulduzlik kasali yo‘qmi?
— Kasal bo‘lsa o‘ziga. Biz buni to‘g‘ri tushuntiramiz. Jamoamizda bo‘sh joy bo‘lmaydi. Raqobat doim bor. Uning o‘rnida to‘p tepgan Ruslan birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynay olmadi. Hayajonlandi menimcha. Zaxiradan qo‘shilganlar yomon to‘p tepmadi. «Xorazm» so‘nggi daqiqalarda o‘yinni cho‘zishga urindi.

Manba: https://t.me/fcolympicuz
Kiritildi: 14:43, 08.09.2021. O'qildi: 2207 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик