Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bugun «tulkilar» «chag‘alaylar»ni «eb qo‘yish»ga urinib ko‘radi: «Brayton» - «Lester» (prevyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugun APLda barcha uchun birdek noqulay raqib sanalgan «Lester Siti» klubi «Brayton» maydoniga safar uyishtiradi. Brenden Rojers jamoasi hafta o‘rtasidagi Yevropa ligasi bahslaridan so‘ng, Brayton shahriga safarga chiqqan. Quyida har ikki klubga doir ma’lumotlar havola etiladi.

Brayton tarkibidagi muammolar:

Klub himoyachisi Adam Uebster bugungi uy uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin. Uning o‘rniga Den Bern tushirilishi kutilmoqda. Uebster keyingi oydagi xalqaro tanaffusgacha o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi. U o‘tgan turdagi «Brenford» bilan bahsda bo‘ynidan jarohat olgan. Bern esa yaqindagina tizzasidagi jarohatidan tuzalib, safga qaytgan. Shuningdek, tarkibdagi Enok Mvepuda ham ozgina muammolar bor. Shunga qaramasdan u bugungi o‘yin uchun yaroqli. Ammo yarim himoyachi Paskal Gross bu o‘yinni koronavirus bilan bog‘liq cheklov sabab o‘tkazib yuboradi. U o‘tgan turda ham maydonga tusha olmagan. Jamoaning asosiy futbolchilaridan bo‘lgan Aron Konolli o‘z formasini tikladi. Hujumchi «tulkilar»ga qarshi kurashga tashlanishi mumkin.

«Lester» tarkibidagi muammolar:

Klub «Ameks Stadioni»ga Jonni Evanssiz safar uyushtirishga majbur bo‘lmoqda. Himoyachi 2-2 hisobida yakunlangan «Napoli»ga qarshi bahsda oyog‘idan jiddiy jarohat olgan. Jamoa hujum chizig‘i vakili Ayoze Perez Yevropa ligasida Vardi, Tilemans hamda Meddison yo‘qligini bildirmadi. U avvalroq 3 ta o‘yinga chetlatilgandi. «Tulkilar»da boshqa jiddiy yo‘qotish mavjud emas.

O‘zaro o‘yinlar:

«Brayton» APLda «Lester»ga qarshi so‘nggi uchta uy uchrashuvini boy bergan. Ular tarixda hali hech qachon «tulkilar»ga qarshi uchta uy uchrashuvda yutqazmagan edi.
«Lester» Premyer Ligada «Brayton» bilan o‘tkazgan so‘nggi sakkizta o‘yinning birortasida mag‘lub bo‘lmagan(6 ta g‘alaba, 2 ta durang). Bu natija klub tarixidagi eng yaxshi mag‘lubiyatsiz seriya sanaladi.

Boshqa statistikalar:

«Brayton» bu mavsum 2015-2016 yildan buyon eng yaxshi startini amalga oshirdi. Ular 4 ta turda jami 9 ochko to‘plagan(2015 yilda 10 ochko). Bu ko‘rsatkich klubning elitaga eng yaxshi qaytishi hamdir. 2021 yildagi o‘yinlar davomida faqat Angliya chempioni «Man Siti»(15 ta), hamda Yevropa chempioni «Chelsi»(15 ta) «Brayton»(11 ta)dan ko‘proq darvozasini dahlsiz saqlay olgan.
«Lester» so‘nggi 10 ta APL bahsida atigi bir marta darvozasi dahlsizligini saqlab qola olgan, xolos(4 ta g‘alaba, 1 ta durang, 5 ta mag‘lubiyat). O‘sh bitta uchrashuv yangi mavsumning ilk turida «Vulverxempton»ga qarshi o‘tkazilgan(1-0). Jamoa 9 ta uchrashuvda ketma-ket darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborgan. Shunga qaramay har birida har birida raqibga gol urishni uddalagan.


«Tulkilar» bu mavsumda raqib darvozasi tomon eng kam zarba bergan jamoadir(jami 29 ta). Bu o‘rtacha har bir uchrashuv uchun 7,3 ta zarba degani. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan mavsumga qaraganda 5 taga kamroq(o‘tgan mavsum har bir uchrashuvda 12,8 ta). Bu raqamlar ko‘rsatib turibdiki, bugungi uchrashuv qiziq va murosasiz kechadi. «Sky Sports» mutaxassislari fikricha, bahs 2-2 hisobidagi jangovar durang bilan yakun topadi.

Tahminiy tarkiblar:
«Brayton» uchun:
Darvozada: Sanchez;
Himoyada: Veltman, Daffi, Dank, Kukurelya;
Tayanch y,h: Lallana, Bissuma;
Hujumkor y,h: Trossard, Makallister, March;
Hujumda: Mope. (4-2-3-1)

«Lester» uchun:
Darvozada: Shmeyxel;
Himoyada: Pereyra, Vestergaard, Soyunchu, Bertrand;
Tayanch y,h: Ndidi, Tilemans;
Hujumkor y,h: Daka, Meddison, Barns;
Hujumda: Vardi. (4-2-3-1)

Eslatib o‘tamiz, «Brayton» hamda «Lester Siti» o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00da start oladi. Ushbu uchrashuv «Futbol TV» kanalida jonli efirda namoyish etilishi belgilangan.

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: skysports.com
Kiritildi: 15:46, 19.09.2021. O'qildi: 2271 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик