Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Saudiyaliklar «Nyukasl»da amalga oshirishi kerak bo‘lgan beshta asosiy o‘zgarishlar

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Nyukasl» arab shayxlari qo‘liga o‘tgach, endilikda yangi reformalar kutilmoqda. Jamoaga 14 yil egalik qilgan Mayk Eshli cho‘kayotgan kemasini arablarga topshirib ketdi. Saudiyaliklar milliardlari klubni cheklanmagan qudrat bilan ta’minlashga qodirdir, ammo pul hamma narsani o‘zgartira olmaydi. Amaldagi jamoa ustozi Stiv Bryus ham Mayk Eshli ketganidan so‘ng, unga chiqish eshiklari ko‘rsatilishini bilib turibdi. Bu ham bir o‘zgarish, katta o‘zgarish. Quyida yaqin orada klubda o‘zgartirilishi aniq bo‘lgan jihatlar haqida so‘z boradi.

1. Yangi murabbiy olish kelish

Eddi Hov va Kris Vaylder Bryusni almashtirish kerak ekanini aytib turgan paytda, arablar kelib qoldi. Endi klub muxlislari Antonio Konte yoki Zayniddin Zidan kabi top menejer istashmoqda. Ular, kelishi bilanoq, jamoaga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladigan, muhim masalalarni to‘g‘ri hal qila oladigan mutaxassis xohlaydi. Darhaqiqat, klubning hozirgi 19 o‘rnini tezlik bilan yo‘qqa chiqarish zarur. Agar yangi tayinlanajak murabbiy yanvargacha bu ishni uddalay olsa, keyin saudiyaliklar qishki oynada yangi yulduz futbolchi izlay boshlaydi.

2. Tarkibni qayta ko‘rib chiqish

«Nyukasl»ning hozirgi tarkibi to‘liq sog‘ayishga muhtoj bo‘lib turibdi. Yanvar oyi esa bu uchun eng yaxshi payt sanaladi. Shunday bo‘lsa ham bu bosqichma-bosqich jarayon bo‘lib, saudiyaliklar bu uchun birdaniga katta pul ajratib yubormaydi, albatta. Shuning uchun, Muhammad Saloh yoki Kilian Mbappe singari o‘yinchilarni olib kelishni orzu qilayotgan jamoa muxlislarini hafsalasi pir bo‘lishi mumkin. Ammo maydondagi tarkibda markaziy himoyachi, markaziy yarim himoyachi va hujumchi masalasini darhol ijobiy hal qilish zarur.

3. Sen-Maksimenni asrash

Barchaning o‘y-hayolida kim bilan shartnoma tuzilar ekan, degan savol turgan bir paytda, joriy tarkib futbolchilarini ham unutmaslik zarur. Jumladan, jamoa bilan 2026 yilgacha shartnomasi bor Allan Sen-Maksimen shu turishini o‘ziyoq, klub afsonasi hisoblanadi. Uning sa’y-harakatlari bilan «Magpies» hozirda APLda harakat qilmoqda. Uni jamoada ushlab qolish, ayniqsa hozir muhimdir. Bugungi kunda Martin Dubravka, Jo Uillok, Migel Almiron hamda Kallum Uilson kabi futbolchilar jamoa asosini tashkil etadi. Ularning fonida maydondagi San-Maksimenning harakatlari yanada jozibaliroq chiqmoqda. Shu sabab, keyingi yozda gigantlar tomonidan nishonga olingan fransuz hujumchisi, jamoani tark etishi mumkin degan gap-so‘zlar mavjud. Aslida, ketsa ham uni birov ayblashga haqqi bo‘lmaydi. Ammo shu kecha-kunduzda hammasi o‘zgardi. Endi jamoada Allanni saqlab qolish ustuvor vazifaga aylanishi kerak.

4. Alan Shirer va Kevin Kigan kabi jamoa afsonalarini jalb etish

Mayk Eshli o‘z davrida Kigan va Shirerlarni jamoaga yaqinlashtirmagandi. Yangi egalar esa ularni bundan qutqarishi, jamoaga jalb etishi kerak. Uz vaqtida, Kigan 2008 yilda jamoa futbolchisi Ignasio Gonsalesga YouTube`da kliplar ko‘rishni ta’qiqlagach, bosh murabbiylikdan ozod etilgan edi. Shundan so‘ng, klub afsonasi bu haqda shunday yozgan: «Ular «Nyukasl»dan o‘yinchoq yasashdi. Buni aytish qanchalik og‘riqli bo‘lsa ham, men ortiq bu yerda qola olmayman. Bir kun kelib, ular ketganidan so‘ng, men ham qaytaman». Ushbu so‘zlardan anglab olish mumkinki, afsonalar o‘z klublari uchun ishlashga yana tayyor bo‘ladi.

5. Muxlislar bilan ishlash

Bir necha yil muxlislar bilan ishlashdagi sovuqqonlikdan keyin, ular bilan yana muloqotni yo‘lga qo‘yish, bu asosiy narsa ekanini tushunib yetish kerak bo‘ladi. Eshli klubning muxlislar armiyasini xuddi xaridor sifatida ko‘rgan va ular bilan muloqot qilishni istamagan. Bundan buyon hammasi ochiq va madaniyatli holda bo‘lishi zarur va bu narsa saudiyaliklarning ham inson huquqlari borasidagi imijiga ta’sir ko‘rsatadi(ijobiy/salbiy). Xususan, yangi ega arablarning dissident(davlat siyosatidan norozi) jurnalisti Jamol Qoshiqchining o‘ldirlishi borasidagi savollar to‘g‘ri berilgan va ochiqligicha qolmoqda. Bu esa ularning boshini go‘yoki sahrodagi quyosh tig‘ida kuydirishdek gap.Xulosa qilib aytganda, arablar hukmronligi Angliyada yana bittaga ko‘paydi. Endi ular yangidan jamoa qurishadi. Vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishlar ham ko‘zga tashlanadi. Bu o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun yuqoridagi amallarni tezlik bilan ijro etish zarur.

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 18:00, 09.10.2021. O'qildi: 6760 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик