Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nuqtayi nazar. «Nyukasl» voqeasi «Sky Sports» mutaxassislari nigohida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Nyukasl»ning yangi egalar qo‘liga o‘tganidan hammaning xabari bor. Bu hodisa klub muxlislariga Mayk Eshli davridagi yo‘qotilgan umidlarni qaytishini ta’minladi. 57 yoshli chakana savdo tadbirkorining hozirda taxminan 2,7 milliard funt boyligi mavjud. U 2007 yilda «Nyukasl»ni 135 million funtga xarid qilgan va shundan buyon muxlislar o‘rtasida ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lib kelardi. Chunki uning kelishi klubni asosiy maqsad va yo‘nalishidan mosuvo qilgan. Umuman olganda, «Nyukasl» Angliya chempionati Premyer-liga deb nomlangan dastlabki davrlarda titul uchun kurashuvchi jamoa sifatida qaralar edi. O‘sha davrlarda jamoa ser Bobbi Robson qo‘l ostida ikki marta kuchli to‘rttalikda mavsumni yakunlashga muvaffaq bo‘lgan. Mayk Eshli davri boshlangach esa, bu jamoa ikki marta quyi divizionga tushib ketdi. Shu o‘n to‘rt yil ichida esa atigi bir marta mavsumni jadvalni yuqori o‘nligida tugata oldi, xolos. Klubning ayni damdagi vaziyati har doimgidan ham achinarliroq. «Nyukasl» yangi mavsumning 7 ta turida 3 ochko to‘plagan. O‘rin ham natijaga mos: o‘n to‘qqizinchi. Jamoa mavsum boshidan buyon g‘alaba qayd etolmayapti. Gollar nisbati sakkizta manfiyni tashkil etmoqda.

Ushbu holat yuzasidan sobiq futbolchi, «Sky Sports» muxbiri Gari Nevil o‘z fikrini bildirar ekan, shunday deydi: «Klub muxlislari hozirda o‘z sevimlilarining natijasini qabul qilishga majburlar. Ular ishtiyoqli, o‘z shahrini sevadi, ammo ular umidsizlanib borayotgandi. Futbolda umid juda muhim. Nyukaslliklarda bu narsa yo‘qolib qolgandi. To‘g‘ri, Rafael Benitez davrida bu narsalar biroz chekingandir. Biroq, undan keyingi Stiv Bryus varianti to‘g‘ri tanlov emasdi. Uning natijalari bilan qo‘shilib, muxlislar ham umidsizlanib ketishdi. Stiv Bryus bu klubga munosib emas, Mayk Eshli esa o‘zi bilan qo‘shib o‘zi kabi insonni iqtidorga qo‘ydi. Men yillar davomida bir narsani qaytarishdan charchamayman: 1990 yillar bu klub uchun go‘zalroq bo‘lgan, ma’noliroq bo‘lgan, mustahkamroq bo‘lgan. Jamoani o‘sha payt chempionlik uchun janglari shunchaki super edi. Stadiondagi atmosfera ham xuddi shunday. Hozirchi? Hozirgacha bo‘lgan bir necha yillik davrni klub tarixida, futbol tili bilan aytganda haqiqiy depression era deyish mumkin».

Sobiq futbolchi Jeymi Karrager ham bu mavzuga to‘xtalar ekan, quyidagilarni ta’kidlaydi: «Hammasi klub xo‘jayinlariga bog‘liq narsalar, aslida. Bu klub muxlislari egalar va menejerlarni yoqtirmay keldi. «Nyukasl» muxlislariga achinadigan joyim, bu jarayon 14 yil davom etdi! Bu juda katta muddat. Bu vaqt ichida klub fanatlarining mentaliteti shunchalik cho‘ktirildiki, endilikda ular sovrinlarni orzu qilmaydigan bo‘lib qolishdi. Hozirgi ahvol bilan esa, ikki barobar umidsizlik kuchayib ketgandi».
Karrager va Nevil bir kun kelib hammasi o‘zgarishiga umid qilgandi. Bu narsa sodir bo‘ldi. Yangi rahbariyatning kelishi, jamoa ichidagi kelishmovchiliklar, murabbiylar shtabi va muxlislar munosabatini o‘zgartirishi taxmin qilingan. Karrager fikrida davom etar ekan: «Stiv Bryus tanqid qilinmoqda. Hamma murabbiyga aybni ag‘darishga o‘rgangan. Lekin o‘sha negativ fikrdagi odamlar avval o‘zlariga qarasalar yaxshi bo‘lardi. Bu borada muammo faqatgina o‘yinda emas, murabbiy shaxsiyati tomonida ham. Bu adolatdan emas, faqat murabbiyni ayblash noto‘g‘ri. Buni futbolchi bo‘lganingizda tushungan bo‘lardingiz. Ichki muhitdagi buzilish futbol odamiga qanchalar qattiq ta’sir o‘tkazishini anglagan bo‘lardingiz. Tez orada biz «Nyukasl»dagi «muammolar g‘ildiragi» to‘xtatishini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi», – deydi.

Darhaqiqat, to‘g‘ri boshqaruv va izchil o‘ylangan rejalar hammasini yaxshilashga imkon beradi. Bunda faqatgina katta pul hal qiluvchi rol o‘ynamaydi. Rahbariyatning siyosati va pozisiyasi ham ko‘p narsani hal qiladi. «Nyukasl» klubi kelajak uchun raqobatdosh jamoa bo‘lishidan umidimiz katta.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: skysports.com
Kiritildi: 19:57, 12.10.2021. O'qildi: 2961 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик