Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Samba" iste’dodlari. Braziliyalik "Oltin to‘p" sohiblari haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Braziliya yillar davomida o‘z futboli va bu futboldan chiqqan talantlari bilan butun dunyoga yaxshi tanish bulib kelgan. Bu mamlakatda hozirgacha naq to‘rtta(!) "Oltin to‘p" sazovarlari mavjud. Albatta, bu ajablanarli hol emas. Garchand eng so‘nggi sohib o‘z sovrinini 2007 yilda qo‘lga kiritgan bo‘lsa ham, ungacha braziliyaliklar dunyoni 5 martalab zabt etib qo‘ygan edi. Quyida ushbu futbolchilarni yana bir marta yodga solamiz.

1. Kaka

Kaka Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu erasi boshlanishidan ilgari "Oltin to‘p"ga ega chiqqan so‘nggi boshqa va braziliyalik futbolchi bo‘lgan. U bu sovringa yuqorida aytilganiday, 2007 yilda mavsum yakunlariga ko‘ra loyiq ko‘rilgan. Braziliyalik hujumchini "Milan"ning 2007 yildagi YECHL g‘olibligida katta hissasi bor edi. U o‘sha paytda endi yetishib kelayotgan Ronaldu va Messidan oldin eng favorit o‘yinchi sifatida ko‘rilardi. Kaka "Oltin to‘p"ni olgach, shunday degandi: "Bu yili Chempionlar ligasini ham yutdik. Men uchun mavsum kutilmagan va esda qolarli bo‘ldi. Men bu sovrinni olganim va shu yerda turganim uchun Yaratgandan behad minnatdorman. Bu e’tibor ajoyib o‘tgan yilni chiroyli xotimaga to‘ldirdi. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat". Kaka davri mana shu paytlardan boshlab pasayish tomon keta boshlaydi.

2. Ronaldinyo



Kakadan ilgari Ronaldinyo bu sovrinni olgan oxirgi braziliyalik edi. U "Oltin to‘p"ga 2005 yilda loyiq ko‘riladi. U o‘sha davrda bu uchun Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan Frenk Lempard hamda Chempionlar ligasi g‘olibi Stiven Jerarrd bilan raqobat qilgan. Yakunda esa Ronaldinyo g‘alaba qozongandi. O‘sha yil "sehrgar" uchun yaxshi kechadi. Negaki, u "Oltin to‘p"dan ilgari FIFAning "dunyoning eng yaxshi futbolchisi" va FIFproning "eng yaxshi hujumchi" sovrinlariga loyiq ko‘riladi.

3. Ronaldo

"Il Fenomeno" uch xil yo‘nalishda sovrin yutgan dunyodagi yagona o‘yichi edi. U dastlab, 1996 yilda, bor-yo‘g‘i 20 yoshida FIFAning "Yil futbolchisi" deb topiladi. U bu sovrinni qo‘lga kiritgan dunyodagi eng yosh o‘yinchi. Keyinchalik esa "Real"ga kelgan paytlaridan boshlab ikkinchi "Oltin to‘p"ni va uchinchi yil o‘yinchisi unvonini oladi. Uning faoliyati Madrid klubida ajoyib kechgan.

4. Rivaldo

Chapaqay braziliyalik o‘z faoliyatini o‘z yurtida, "Palmeiras" jamoasida boshlaydi. U yerdan ko‘p o‘tmay, La liga klubi "Deportivo" safiga yo‘l oladi. Ispaniyada o‘zini ko‘rsata olgan hujumchi 1997 yilda "Barselona" bilan shartnoma imzolaydi. Uning o‘yindagi salohiyati, driblingi, hujumkor qobiliyati raqiblarni osonlik bilan dog‘da qoldirishini ta’minlar edi. Rivaldo kataloniyaliklar safida sensasion futbolchiga aylanadi. 1999 yilda esa, mos ravishda "Oltin to‘p"ga ega chiqadi.

Braziliya – bu Braziliya! Undan ne-ne buyuklar yetishib chiqqan va yana qanchasi yetishib chiqadi. Hozir ham dunyo futbolida ularning o‘rni va ta’siri sezilib turibdi. "Yangi Dunyo"da futbol vataniga aylangan tuproqdan futbol uchun buyuk siymolar qadriyati ustunlik qilmoqda. Hayotiy falsafasi futbol ustiga qurilgan o‘yinchilar esa, doimo mehnatiga yarasha taqdirlanib kelgan.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 10:01, 15.10.2021. O'qildi: 2590 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.