Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • 0:2
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • 3:0
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • 0:2
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • 1:1
      • Sassuolo
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • 0:1
      • Inter
      • 30.12.2025 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • 1:1
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • 0:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 18 28
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 18 26
10 Fulhem 18 26
11 Tottenhem 18 25
12 Everton 18 25
13 Brayton 18 24
14 Nyukasl 18 23
15 Bornmut 18 22
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa
18-тур Sanderlend 1-1 Lids
18-тур Kristal Pelas 0-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

05/03/26 Man. Yunayted - Nyukasl

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol va iqtisodiyot: La Liga moliya tizimi qanday?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ma’lum bo‘lishicha, Ispaniyada «Real»ning umumiy maosh xarajati «Barselona»nikiga nisbatan naq 7,5 baravar ko‘p. Qanaqasiga? Soccer.ru saytining tahliliy maqolasida aynan La Liganing moliya tizimiga bog‘liq nyuanslar haqida so‘z boradi. Xo‘sh, Ispaniya chempionatida qanday moliyaviy qoidalar amalda?

Ispaniya chempionatida moliyaviy chegara, ya’ni maoshning yuqori me’yori xilma-xil. Mamlakatdagi barcha professional klublar uchun alohida ichki moliyaviy «Feyr-pley» qoidalari joriy etilgan. Unga muvofiq, liga rahbariyati har bir klubga muayyan mavsum uchun alohida maosh chegarasini belgilaydi. Bunda klublarning ayni moliyaviy holati inobatga olinadi. Oddiy aytganda, har bir jamoa futbolchilarga o‘z cho‘ntagidagi mablag‘ga qarab maosh beradi - pul bormi, marhamat, to‘layver! Maosh xarajatini umumiy holatga muvofiqlashtirish, barchasini nazorat ostiga olish tizimi klublarni moliyaviy tanazzulga olib borishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlardan himoya­lashga qaratilgan, albatta. Xullas, har mavsum arafasida maxsus audit qo‘mitasi klublarning moddiy holatini obdon o‘rganib chiqadi va uning xulosasiga asosan ish haqi chegarasi belgilanadi. Klublar transferlar bozorida ham o‘z siyosatini belgilangan chegaradan chiqmagan holda olib borishi shart. Bordiyu, qaysidir futbolchi yoki murabbiyga belgilangan maosh me’yordan oshib ketsa, La Liga ular bilan tuzilgan shartnomani ro‘yxatga olishdan bosh tortadi.

«Barselona» ayni shu qoida tufayli Lionel Messi bilan shart­noma muddatini uzaytirolmadi. Kataloniya klubiga belgilangan maqbul maosh chegarasini ko‘rsangiz, argentinalik yulduzning tarkibda olib qolish chindan ham, imkonsiz bo‘lganini tushunasiz. Umuman, maosh chegarasi asosiy tarkib futbolchilariga alohida belgilanmaydi, balki murabbiylar, shifokorlar, ma’murlar, yoshlar jamoalari va akademiya tarbiyalanuvchilari uchun ketadigan xarajat miqdori ham hisobga kiritiladi. Qisqasi, qoida butun sport blokini qamrab oladi.

Endi 2021|2022 yillar mavsumi uchun belgilangan maosh chegarasiga e’tibor qaratamiz. Qarang, «Real» kosmosda, «Barselona» atigi 7-qatorda. «Real Madrid» joriy mavsum eng yuqori maosh chegarasiga ega - 739 million yevro. 2-o‘rinda qayd etilgan «Sevilya» uchun belgilangan me’yor bundan naq 539 million yevrokam. «Qirollik klubi» o‘tgan yilgi chegarasini birdaniga 271 million yevroga oshirdi - bu Primerodagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Ayni payt «Real» belgilangan limitning 50 foizini ham ishlatayotgani yo‘q. Demakki, jamoa hozirgi holatida tarkibini kuchaytirish uchun keng imkoniyatlarga ega. Ya’ni «qaymoqranglilar» Kilian Mbappe va Erling Xoland bilan shartnoma tuzishda ish haqi cheklovi borasida ortiqcha bosh qotirishmaydi. Buni La Liga korporativ direktori Xose Gera ham tasdiqlamoqda: «Madrid» tartibli menejment tufayli o‘tgan yilgi maosh me’yoriga 271 million yevro qo‘shib qo‘ydi. Chunonchi, klub oxirgi 2 yilda ancha mablag‘ tejadi, qolaversa, Serxio Ramos va Rafael Varan kabi yuqori ish haqiga ega futbolchilar bilan xayrlashdi. Qisqasi, «Real» bu yil Kilian Mbappe yoki yana qaysidir yulduz bilan bemalol shart­noma tuzishi mumkin edi».

«Barselona» aksincha, sobiq prezident Xosep Bartomeuning tartibsiz boshqaruvi oqibatida o‘tgan yilgi limit chegarasidan 285 million yevro yo‘qotdi va Kataloniya superklubining joriy mavsumdagi maosh me’yori 98 million yevroga tushib qoldi. «Barsa» hozirgi holatda ruxsat etilgan maosh miqdori bo‘yicha La Ligada atigi 7-o‘rinda. Deylik, «Vilyarreal», «Real Sosyedad» va «Atletik» kabi moddiy jihatdan ham o‘rtamiyona sanalgan klublar kataloniyaliklarga nisbatan ko‘proq maosh to‘lash huquqiga ega. Bu borada «Barselona» va «Real» ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslansa, har qanday kishi og‘ir xo‘rsinib qolishi tayin. Xulosa shuki, agar Joan Laporta «Barselona»dagi moliyaviy holatni tezroq tubdan o‘zgartirmasa, yaqin yilarda Ispaniyaning ikki grandi turli vazn toifalariga mansub klublar sifatida gavdalanishi hech gap emas. Axir «Real» 2021|2022 yillar mavsumining o‘zida «Barselona»ga nisbatan 7,5 baravar ko‘proq maosh to‘lash huquqiga ega va bu tarkibni tobora kuchaytirib borish imkoniyatidir.

O‘tgan mavsum ko‘rsatkichlariga taqqoslaganda, Ispaniyaning amaldagi chempioni - «Atletiko»ga belgilangan maosh chegarasi ham pasayib, 172 million yevroga tushdi. Bu avvalgi me’yorga nisbatan 81 million kam. Umuman, «matraschilar»da maosh chegarasi «Real»nikiga qaraganda, 4 baravar past. E’tiborni tortadigan yana bir tomoni - «Sevilya» (chegara - 200 million yevro) amaldagi chempiondan ko‘proq sarflash huquqiga ega. Andalusiya futboli bayroqdorining ko‘zga tashlanib turgan hozirgi mavqesi asosan «tiyin»ga xarid qilib, «so‘m»ga sotish hadisini o‘zlashtirgan Monchi boshqaruvidagi sport bo‘limi olib borayotgan ajoyib ishga bog‘liq, albatta. Maosh limiti jadvalining 4-pog‘onasi Yevropa Ligasining amaldagi g‘olibi «Vilyarreal»ga tegishli. «Suvosti kemasi» maosh xarajatining oxirgi nuqtasi - 159 million yevro. Umuman, Unai Emeri sevimli turnirida yana g‘olib chiqish va klubni CHLga olib chiqish asnosida uning maosh me’yorini ancha oshirdi. 5-6-o‘rinlarni Baskoniya klublari egallab turibdi: «Real Sosyedad» (128 million yevro) va «Atletik» (112 million yevro). Ha, ular hozirda qudratli «Barselona»dan oldinda! Maosh limiti jadvalining kuchli 10taligida yana o‘tgan mavsum Segundada o‘ynagan «Espanyol» (78 million yevro), shuningdek, «Betis» (71 million yevro) va «Selta» (66 million yevro) klublari bor.

Diqqat qiling, ayni payt Ispaniya elit divizioni vakillari orasida eng past maosh chegarasi «Valensiya»ga tegishli - atigi 31 million yevro. «Ko‘rshapalaklar» o‘tgan mavsum bu borada 72 million yevro yo‘qotishdi. Bunday pastlashish Piter Limning klubni Singapurda, masofadan noto‘g‘ri boshqargani oqibatidir. Xullas, u «Valensiya»ni «qabr»ga itarib yuborishiga oz qoldi... La Liga prezidenti Xavyer Tebasning so‘zlariga ko‘ra, «Los Ches» faqat o‘tgan yilgi sotuvlar hisobiga tanazzul va profes­sional klub maqomidan ayrilishdan qutulib qoldi...
***

Suratda yuqoridagi Ispaniya La Ligasi: maosh limiti ... 

Bu yerda raqamlar keltirilgan. Grafikda La Liga klublarining o‘tgan mavsumdagi va hozirgi maosh chegarasi o‘rtasidagi farq ko‘rsatilgan. Ba’zi klublarning ish haqi me’yori ko‘tarilgan, boshqalarniki aksincha, tushgan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:00, 16.10.2021. O'qildi: 2320 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Тоттенхэм Risharlison 7
8 Брайтон Denni Uelbek 7
9 Манчестер Сити Filip Foden 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.