Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kelasi yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan futbolchilar terma jamoasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2022 yilning yozida ko‘plab taniqli futbolchilarning o‘z klublari bilan tuzgan shartnomalari yakuniga yetadi. Ulardan ba’zilari hozirgi jamoalari bilan yangi kelishuvga erishadi, lekin ko‘pchilik ketadi. Agar jamoaga kerak futbolchining shartnoma bo‘yicha 8 oyi qolgan bo‘lsa, uning uchun katta imkoniyatlar ochiladi. 2,5 oydan so‘ng esa, quyida muhokama qilinadigan barcha futbolchilar boshqa klublar bilan rasman muzokara o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Marhamat tanishing 2022 yilda shartnomasi yakuniga yetadigan futbolchilar ramziy terma jamoasi.

Darvozabon

Andre Onana («Ayaks», Kamerun, 25 yosh)

Onana o‘z xotini doimiy ravishda ichib yuradigan tabletkani behosdan ichib qo‘ygani uchun, bir yil futboldan chetlatildi. Uning organizmida doping aniqlandi. «Ayaks» shartnomani uzaytirish ustida ishladi, biroq futbolchi bilan kelisha olmadi, buni klub sport direktori Overmas tan oldi. Katta ehtimol bilan, Andre «Inter»ga o‘tadi, u yerda 37 yoshli Xandanovichning o‘rnini egallaydi.

Himoyachilar

Matias Ginter («Borussiya Menxengladbax», Germaniya, 27 yosh)

Ginter o‘tgan yozda «Borussiya»dan ketishga qarshi emasdi, lekin futbolchiga jiddiy qiziqqan jamoa topilmadi. Endi klub mudofaa chizig‘i yetakchisi tovon pulisiz qo‘yib yuboriladi, chunki Mattiasning top klubda o‘ynash istagi yo‘q emas. «Bavariya», «Liverpul», «Inter» va «Real» jahon chempionini o‘z saflarida ko‘rmoqchi.

Antonio Ryudiger («Chelsi», Germaniya, 28 yosh)

«Real» va «Bavariya» «Chelsi» bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagan Antonio Ryudiger uchun kurashmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, nemis himoyachisi Londonda qolmoqchi emas va allaqachon o‘z tanlovini Madrid foydasiga qilgan.

Niklas Zyule («Bavariya», Germaniya, 26 yosh)

Zyule nemis himoyachilari paradini shartnoma muddati bilan davom ettiradi. O‘tgan kuzda «Bavariya» Niklas bilan hamkorlikni davom ettirish istiqbolini ko‘rmadi, lekin Nagelsmann kelishi bilan ko‘p narsa o‘zgardi. Futbolchining o‘zi «Bavariya»da qolishini istisno qilmadi, lekin ayni paytda uning kelajagi «ochiq» ekanligini ta’kidlaydi. Premyer-ligadan «Chelsi» va «Nyukasl» Zyulega befarq emasligini ko‘pgina OAVlar ta’kidlashmoqda.

Marselo («Real», Braziliya, 33 yosh)

Yaqin vaqtgacha Marselo sayyoramizning eng yaxshi chap qanot himoyachisi edi va hozir u hatto o‘z jamoasida ham eng yaxshisi himoyachi nomidan yiroqda. Shartnoma tugashi bilan braziliyalik bilan jamoa bilan xayrlashsa hech kim ajablanmaydi, lekin uning ketishini oddiy hodisa deb atash mumkin emas. Marselo «Real» libosida ko‘p g‘alabalar va ajoyib uchrashuvlarni o‘tkazdi va u Ramos ketganidan keyin «Qirollik klubi» sardori bo‘lib qoldi.

Yarim himoyachilar

Marselo Brozovich («Inter», Xorvatiya, 28 yosh)

«Inter» Brozovich bilan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo futbolchining boshqa istaklari bo‘lishi mumkin. Birinchidan, «nerazurri» o‘z taklifini kechiktirdi, ikkinchidan, Marselo bir nechta qiziqarli takliflardan birini tanlashi mumkin. U «Manchester Yunayted», «Barselona», «Liverpul», «Tottenxem», «PSJ» va «Milan»ning qiziqishlar ro‘yxatida.

Frank Kessiye (Milan, Kot-d'Ivuar, 24 yosh)

«Milan» ham muhim yarim himoyachisini yo‘qotish xavfi ostida, lekin una yiliga 8 million tevro to‘lashga hali boshqa klublar ham tayyor emas. Yo‘l-yo‘lakay, Kot-d'Ivuar termasi a’zosiga «Liverpul», «Barselona», «Inter» va «Manchester Yunayted»dan takliflar borligi aytilmoqda.

Pol Pogba («Manchester Yunayted», Fransiya, 28 yosh)

Brozovich va Kessiyega kelajagi haligacha aniq bo‘lmagan Pogbaning o‘rniga «Man Yunayted» kelishi mumkin. Italiyada Polning maoshini to‘lay oladigan klublar deyarli yo‘q, bu «Barselona» uchun ham tegishli, lekin fransuz «Real»ga o‘tishni xohlaydi, chunki uning bir nechta vatandoshlari «Real»da to‘p tepadi. Ammo, agar unga yiliga 20 million yevrodan ko‘proq mablag‘ berilsa, u «Manchester Yunayted» bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Hujumchilar

Ansu Fati (Barselona, Ispaniya, 18 yosh)


Messi ketgach, Fati o‘ninchi raqam egasiga aylandi, «Barselona» uni klubning yangi yuziga aylantirishga qaror qildi va hamma narsa Ansu «Kamp Nou»da qolishiga bog‘liq. Bu qachon sodir bo‘lishi no‘malum, lekin hozircha iqtidorli yigit bo‘lajak erkin agentlar ro‘yxatida.

Paulo Dibala («Yuventus», Argentina, 27 yosh)

Dibala hali «Yuventus» bilan yangi shartnoma imzolamadi, garchi Italiyada ular bu oy oxirigacha sodir bo‘lishini aytishgan bo‘lsada. Turinliklar Pauloni yaxshi ko‘radi va uni loyihaning asosiy yulduziga aylantirishga tayyor, garchi argentinalik o‘tgan mavsumni o‘z imkoniyatlaridan ancha past o‘tkazgan bo‘lsa ham.

Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya, 22 yosh)

Fransiyalik futbolchi futbol tarixidagi eng mashhur erkin agentga aylanish arafasida. «Real Madrid» o‘tgan yozda «PSJ» ga Mbappe uchun katta pul taklif qilgan, ammo parijliklar rad javobini berdi. Biroq Kilianning o‘zi orzusidan voz kechmagan. Taxminlarga qarganda, «qaymoqranglilar» qishda fransuz hujumchisini sotib olishga yana urinib ko‘radi. Agar «PSJ» bu vaqt ichida u bilan kelishuvga erishmasa, iyul oyida Mbappe erkin agent sifatida «Real» ga o‘tadi.

Ruslan Maksimov tayyorladi

Kiritildi: 20:07, 16.10.2021. O'qildi: 6265 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.