Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Benzema «Oltin to‘p»ga qanchalar haqli? Uning Messi va Levandovskidan qanday ustunligi bor?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Quyida e’tiboringizga «Oltin to‘p» sovrini uchun asosiy da’vogarlardan biri deya aytilayotgan Karim Benzema xususida so‘z yuritamiz.

Benzemada imkoniyatlar yuqoriroq

«Oltin to‘p» uchun 30 ta da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilingach, bu yil ushbu sovrinning egasi qiyinchilik bilan aniqlanishi taxmin qilinmoqda. Biroq ular ichida aniq besh favorit paydo bo‘lgan: Jorjinyo, Kante, Levandovski, Benzema va Messi. «Chelsi» yarimhimoyachilari, ayniqsa, Kante Chempionlar Ligasining pley-off bosqichidagi qiyin o‘yinidan so‘ng deyarli ko‘rinmay ketdi. Jorjinyo esa 2021 yilda ikkita yirik sovrinni qo‘lga kiritdi. Lekin shunday bo‘lsada, klubdagi yagona qahramon emas edi. Bunda jamoaviy o‘yinga ko‘proq baho bersa bo‘ladi.

«Oltin to‘p» katta ehtimol  bu yil eng ko‘zga ko‘ringan uch hujumchidan biriga beriladi. Bu yerda De Bryuynening mantig‘idan kelib chiqib Robert Levandovski yoki milliy terma jamoadagi ilk yirik sovrinini qo‘lga kiritgan Leo Messi xayolga kelishi mumkin.  Ammo so‘nggi paytlarda Karim Benzema o‘zining ko‘plab personal muxlislariga ega bo‘ldi, u mavsumni «Real» bilan yorqin tarzda boshladi va Fransiyaning Millatlar Ligasidagi g‘alabasida katta rol o‘ynadi.

Messi va Levandovski ko‘proq gol urishdi deysizmi?

Albatta, Robert unga «Oltin to‘p»ni zudlik bilan topshirishga loyiq mehnat qildi, biroq o‘tgan yilgisini. Shunga qaramay 2021 yilda ham Robert stabil formasini maromida ushlab kelmoqda, lekin 2020 yilda bo‘lgani kabi, hammadan alohida ustun emas. Chempionlar ligasida «Bavariya» o‘z yurishini alamli yakunladi. Biroq jamoa aynan Robertning yetishmovchiligi sabab musobaqa bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi. Ammo Levandovski bu yil ham samarali harakatlarida davom etmoqda: u oktyabr oyining o‘rtalariga kelib 52 ta gol urgani kishini hayratga soladi.

Messining hisobida 38 ta gol bor, biroq argentinalik futbolchining mavsumni ikkinchi yarmida ushbu statistikasini yaxshilash uchun imkoniyatlari ancha past. «Barselona» «Real» va «Atletiko»ga La Liga chempionligi yo‘lida imkoniyatni boy berdi va uchinchi o‘rinni egalladi. Leoning asosiy ustunligi - Amerika kubogidagi g‘alabasi, biroq uning  yettinchi «Oltin to‘p» uchun yurishi negadir cheklangandek taassurot qoldirmoqda. Aynan «PSJ»dagi muvaffaqiyatsiz starti ushbu shubhalarni keltirib chiqaryapti.

Benzema «Real» va Fransiya terma jamoasi safida 32 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yevro-2020da Karim ikkita dubl qayd etdi, lekin «uchranglilar» musobaqada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shunga qaramay Millatlar Ligasida Belgiya va Ispaniya ustidan g‘alabalarga erishgan fransuzlar yakunda bosh sovrinni boshlari uzra ko‘tardilar. Aynan Millatlar Ligasidagi g‘oliblik Karimning «Oltin to‘p» uchun imkoniyatlarini keskin oshirib yubordi.

Benzema «Oltin to‘p» ni bolalikdan orzu qilgan

Darhaqiqat, Karim faoliyatidagi eng ajoyib mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda va uni «Oltin to‘p» uchun kurashda asosiy favorit deb hisoblash mumkin. Hujumchi faoliyatida hech qachon asosiy individual mukofotiga bunchalik yaqin kelmagan edi. Uning o‘zi bu imkoniyatdan xursand:

Hamma futbolchilar bu sovrinni orzu qilishadi. Bolaligimdan men bu mukofotni qo‘lga kiritish haqida o‘ylardim. Endi «Oltin to‘p»ga yaqin kelar ekanman, bunda sheriklarimning mehnati katta», - deydi Benzema.

Benzema foydasiga ishlayotgan PR kampaniyalarining ham kuchi qudratli. "Real Madrid" futbolchilari ko‘pincha bu sovrin yo‘lida omadli vaziyatga ega bo‘lib kelishgan: so‘nggi yillarda Krishtianu Ronaldu to‘rt marta dunyoning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 2018 yili mukofot Luka Modrichga nasib etdi.

Balki, o‘z sevimlisi Karim Benzema uchun Florentino Peres ham bir necha bor qo‘ng‘iroq qilib, futbolchiga qo‘shimcha motivasiya berayotgan bo‘lsa ajab emas. Bu albatta muxlislarni fransuz hujumchisiga jiddiyroq qarashga majbur qiladi. Hatto yashirin ovozlarga ko‘ra ham, Messi bu yil "Oltin to‘p" uchun kurashda 3-o‘rinda talqin etilmoqda.

Benzemani yoqlab chiqqan mashhurlar

Zinedin Zidan:

«Benzema bu yil "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga haqli. U ajoyib futbolchi va men unga murabbiylik qilish sharafiga muyassar bo‘ldim. U hujumlarni qanday yakunlashni juda yaxshi biladi. Karimning boshqalardan imkoniyatlari ko‘proq va umid qilamanki, u "Oltin to‘p" bilan taqdirlanadi. Men unga "Oltin to‘p"ni bergan bo‘lardim».

Ronaldu (braziliyalik):

Mening «Oltin to‘p»ga nomzodim Benzema, bunga shubha yo‘q. Eng yaxshi hujumchi, oxirgi 10 yildagi yirtqich va eng muhimi chempion.
Bundan ortiq yana kimga ovoz berish mumkin?

Arsen Venger:

«Bu yil "Oltin to‘p" uchun asosiy nomzodni ko‘rsatish qiyin. Biroq  individual ishlash va barqarorlik nuqtai nazaridan Benzema eng yuqori pog‘onadaligiga tan berish kerak. Undagi to‘purarlik mahorati va Millatlar ligasi g‘olibligi eng kuchli futbolchi maqomi uchun yetarli».

Roberto Karlos:

«Agar u dunyoning istalgan klubida o‘ynaganida ham, "Oltin to‘p" uchun kurashda Karim mening favoritim bo‘lardi. Kuchlilarning kuchlisi!»

Roberto De Zerbi:

Men «Oltin to‘p»ni Benzemaga berardim. Men uchun u ko‘p yillar davomida dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchisi bo‘lgan. Karim Levandovskidan yaxshiroqmi? Menimcha Benzemada biroz ustunlik bor. Men Karimni tanlagan bo‘lardim".

Jerom Roten:

«Karim "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi mumkin. Bunga "France Football"ning aloqasi yo‘q. Lekin individual o‘yinlar, futbolchining klassi, xarizma, halol o‘yinlar haqida unutmaslik kerak. Xarizma va halol o‘yin borasida Benzemaga teng keladiganlar kam. Bu yil, menimcha, u eng haqli va texnik jihatdan kuchli o‘yinchi bo‘ldi. Uning Millatlar Ligasidagi Belgiya va Ispaniyaga urgan gollarini eslang. Bu kabi jamoalarni mag‘lub etish ancha mushkul».


Хўш, сиз учун «Олтин тўп»га ким ҳақли?

Kiritildi: 23:23, 19.10.2021. O'qildi: 3933 marta. Fikrlar: 12 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик