Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Saken Polatov: «Bu galgi jahon chempionatida asosiy e’tiborni tajriba va yoshlik shijoatini uyg‘unlashtirishga qaratdik»

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yana bir necha kundan so‘ng Serbiya poytaxti Belgrad shahrida start oladigan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatiga terma jamoamiz anchagina jiddiy tayyorgarlik olib bordi. Jahonning yetakchi jamoalaridan biri Kuba bilan o‘tgan qo‘shma yig‘in bokschilarimiz uchun har tomonlama foydali bo‘ldi. Bu O‘zbekiston va Kuba boks federasiyalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan iliq munosabatlarning amaliy ifodasi deyish mumkin. 2019 yil yakunida jamoamiz Gavanada qo‘shma yig‘inda ishtirok etgan edi. Bunga javoban jahon chempionatidan avval kubaliklar “o‘zbek yo‘lbarslari” bilan yurtimizda yig‘in o‘tkazishni ma’qul ko‘rishdi.

Serbiyadagi jahon chempionatiga tanlangan tarkib jamoamiz uchun hozirgi kundagi optimal variant bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Federasiya rahbariyati va murabbiylar shtabi bu borada istiqbolli reja bilan harakat qilmoqda. Quyida MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov bilan o‘zbek boksining yaqin kelajakdagi rejalari haqidagi suhbatni e’tiboringizga havola etamiz:

– Serbiyada o‘tadigan jahon chempionati biz uchun qanchalik muhim? Unda asosiy e’tibor nimaga qaratiladi?

– Bu galgi jahon chempionatida asosiy e’tiborni tajriba va yoshlik shijoatini uyg‘unlashtirishga qaratdik. Hasanboy Do‘smatov, Shahram G‘iyosov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov kabi dunyo tan olgan tajribali bokschilarimiz oldida Abdumalik Xalakov, Mujibillo Tursunov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Saidjamshid Ja’farov, Shohjahon Abdullayev, Lazizbek Mullajonov kabi yoshlarimiz ulardan katta mahorat olib, jahon arenalari uchun munosib toblanishlari mumkin. Bundan maqsad 2023 yil Toshkentda ilk marotaba o‘tkaziladigan erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatiga terma jamoamizni tayyorlash va Parij-2024 Olimpiadasiga tarkibni hozirdan shakllantirib borishdir.

– So‘nggi tayyorgarlik uchun Kuba jamoasini tanlash g‘oyasi qayerdan kelib chiqdi?

– Kuba jamoasining yig‘inga tanlanishi ham bejiz emas. Prezidentimiz 13 avgust kuni Olimpiyachilarimiz bilan o‘tgan uchrashuvda xorij tajribasini, shu jumladan chetdagi kuchli maktablar metodikasi va uslubini o‘rganish, ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar bergan edilar. Ana shu maqsadda biz jahon boksida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, jumladan, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlagan Kuba terma jamoasini taklif etdik. Bu jamoa bilan o‘zaro mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Avval biz Kubada yig‘in o‘tkazgan bo‘lsak, bu gal ular Toshkentga tashrif buyurishdi. 9 kun davomida jahonning eng kuchli bokschilari, e’tibor bering, ular orasida 4 tasi Olimpiada chempioni bokschilarimiz bilan tajriba almashishdi. O‘z navbatida, ular ham o‘zbek boksidan ba’zi jihatlarni o‘rgandilar. O‘ylaymanki, bu hamkorlik ikkala tomon uchun ham foydali bo‘ldi.

– Yaqin yillar uchun federasiya o‘z oldiga qanday rejalar qo‘ygan? Xalqaro maydonda mamlakatimiz imidjini oshirish bo‘yicha qanday dasturlar bor?

– Oldimizda jiddiy strategik rejalar bor. Kelasi yil yanvar oyida Toshkent 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Barcha qilinayotgan tayyorgarliklar 2023 yil poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini qabul qilishga qaratilgan. O‘zbekiston ilk bor boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladi. Davlatimiz rahbarining bevosita sport sohasida olib borayotgan islohotlari, mamlakatimizda yirik musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha bergan topshiriq va tavsiyalari natijasida bu yil birinchi marotaba og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi. 2022 yil ilk bor dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligi yurtimizda o‘tsa, 2023 yil aytib o‘tganimizdek jahonning eng kuchli bokschilari poytaxtimizda jam bo‘ladi. 2025 yil esa O‘zbekiston birinchi marta yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Mana shu musobaqalar bevosita mamlakatimizning xalqaro maydondagi imidjini yanada mustahkamlashiga ishonaman.

Bevosita boks federasiyaning strategik rejalariga to‘xtaladigan bo‘lsam, maqsadimiz O‘zbekistonning jahon boksidagi yetakchiligini mustahkamlash, yurtimiz yoshlari orasida kuchli seleksiya siyosatini yuritish, AIBA hamda Osiyo boks konfederasiyasi bilan izchil va samarali aloqalarni rivojlantirish, xalqaro toifadagi hakamlarimiz sonini ko‘paytirish va murabbiylar malakasini oshirish masalasini ustuvor vazifa sifatida ko‘rmoqdamiz.

Bizning eng katta yutug‘imiz – davlatimiz va hukumatimizning jismoniy tarbiya va sportga qaratayotgan e’tibori, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzining keng targ‘ib qilinishi, aholi salomatligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar deb bilaman. Bundan unumli foydalanib, ko‘proq yoshlarga e’tibor qaratishimiz, yangidan yangi chempion o‘g‘il-qizlarni tarbiyalashimiz kerak. Charm qo‘lqop ustalarimizning xalqaro arenalarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari ortidan yurtimizda boks bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar soni kun sayin ortib bormoqda. Har bir yoshdagi terma jamoamizda bugungi kunda juda kuchli raqobat shakllangan. Bu holat esa faqat o‘sishga, kuchli jamoa shakllantirishga, natijalarni yaxshilashga xizmat qiladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:15, 22.10.2021. O'qildi: 1781 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик