Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL. Lukaku va Vernersiz qolgan «Chelsi» 18 o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayotgan «Norvich»ga qarshi o‘ynaydi (prevyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun Angliya Premyer-Ligasi 9-turi doirasida «Chelsi» «Norvich» klubini qabul qiladi.

Bilasizmi?

«Chelsi» a’zosi Ben Chiluell Premyer-Liganing o‘zi qatnashgan oxirgi uch o‘yinining barchasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Solishtirish uchun, chap qanot himoyachisi musobaqada londonliklar safidagi ilk 26 o‘yinida ikkita gol urgan.

«Chelsi» APL doirasida «Norvich»ga qarshi oxirgi 12 o‘yinning o‘ntasida zafar quchgan (2 mag‘lubiyat). Musobaqada mazkur klubga so‘nggi marta 1994 yilning dekabr oyida mag‘lubiyatga uchragan.

«Norvich» 2012 yilning noyabr oyidan beri ilk bor Premyer-Liganing ketma-ket 3 bahsida "quruq o‘yin" o‘tkazishi mumkin. O‘shanda ularning uchinchi g‘alabasi, musobaqada peshqadami MYU bilan o‘yinda (1:0) qo‘lga kiritilgan edi.

«Chelsi» maydonidagi birinchi ikki APL o‘yinidagi (1992/93 va 1993/94) g‘alabadan keyin, «Norvich» ketma-ket 7 marta "Stemford Bridj"dagi tashrifidan 1 ochko ishlagan xolos (1 durang, 6 mag‘lubiyat).

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Endi Medli

Qanot hakamlari: Styuart Burt, Eddi Smart

Zaxira hakami: Andre Marriner

VAR: Maykl Oliver

VAR yordamchisi: Shon Messi-Ellis

 

Taxminiy tarkiblar

Chelsi - Mendi, Rudiger, Kristensen, Chaloba, Alonso, Jorjinyo, Kovachich, Jeyms, Loftus-CHik, Maunt, Xaverts

Norvich - Krul, Kabak, Xenli, Gibson, Aarons, Lis-Melou, Normann, Maklinn, Jiannulis, Sergent, Pukki

 

Jamoa xabarlari

Romelu Lukaku hamda Timo Verner hafta o‘rtasidagi YECHL bahsida jarohat olishgani bois, «Chelsi» hujumining boshida Kay Xaverts bo‘lishi mumkin. Kristian Pulishich ham jarohat olgan, natijada Ruben Loftus-CHik anchadan beri ilk bor asosiy tarkibda ko‘rinish berishi mumkin.

Mehmonlar safida Kristof Zimmermann jarohat olgani bois maydonga tusha olmaydi. Kantuellda ham jarohat bor va uning o‘ynashi so‘roq ostida. Billi Gilmur o‘zi tahsil olgan klubga qarshi o‘ynay olmadi. U allaqachon yangi klubdagi o‘rnini ham boy berib qo‘ygan.

 

Raqamlar

«Norvich» Premyer-Ligadagi oxirgi 18 o‘yinida birorta g‘alabaga erisha olmagan.

«Chelsi» barcha musobaqalarda «Norvich» bilan o‘tgan so‘nggi 17 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan.

«Chelsi» barcha musobaqalarda «Norvich»ga qarshi oxirgi 4 uy o‘yinida o‘rtacha 2,5tadan kam gol kiritildi.

«Norvich»ning APLdagi oxirgi 3 safar o‘yinida o‘rtacha 2,5tadan kam gol kiritilgan.

Tomonlar Angliya chempionatida o‘zaro 18 marta to‘qnash kelishgan. Londonliklar 11, «kanareykalar» 4 marta g‘alaba qozonishgan. 3 o‘yinda durang natija qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 08:08, 23.10.2021. O'qildi: 1985 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик