UYEFA Chempionlar ligasi 4-turi doirasdagi «Sherif» — «Inter» bahsi yakunlandi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda Italiya klubi safardan yirik hisobdagi g‘alaba bilan ortga qaytdi. Uchrashuvdagi dastlabki gol ikkinchi taym boshida Marselo Brozovich tomonidan kiritildi. Traspolliklar himoyasidagi xatodan so‘ng, xorvat futbolchisi o‘yindagi hisobni ochdi — 0:1.
O‘yinning 66 daqiqasida milanliklar oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Burchakdan oshirib berilgan to‘pni Shkrinyar «Sherif» darvozasiga kiritib o‘yindagi ikkinchi golni urdi — 0:2.
81 daqiqada zahiradan maydonga tushgan Aleksis Sanches 1 daqiqadan so‘ng o‘z nomiga gol yozib qo‘ydi. Moldova klubi sardori Atanasiadis yo‘l qo‘ygan xatodan so‘ng, chililik futbolchi 3-golni kiritdi —0:3.
O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Traore hisobni bittaga qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi — 1:3.
Uchrashuvning qolgan daqiqalari ham kurashlarga boy o‘tdi. Ammo, boshqa gol urish har ikki jamoaga ham nasib qilmadi.
«Sherif» — «Inter» - 1:3
Gollar: 0:1 – 54 Brozovich, 0:2 – 66 Shkrinyar, 0:3 – 82 Sanches, 1:3 – 90 Traore.
Sherif – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos (Bruno, 73), Till, Addo (Radelich, 62), Traore, Kastanyeda, Yaxshiboyev (Djulyen, 82).
Inter – Xandanovich, Darmian (Dumfris, 46), de Vrey (Ranokkiya, 85), Shkrinyar, Bastoni, Dimarko (Perishich, 64), Vidal, Brozovich, Barella, Djeko (Korrea, 81), Martines (Sanches, 82).
Ogohlantirishlar: Addo (35), Darmian (43), Kristiano (51), Kolovos (61), Fernando (63), Shkrinyar (67)