Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Arab mamlakatlari kubogi haqida faktlar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Yangiliklar
A A A

Qariyb bir oydan so‘ng Qatarda arab mamlakatlari kubogi start oladi. 16 jamoa g‘oliblik uchun kurashadigan turnir orqali muxlislar JCH-2022da foydalaniladigan stadionlarni o‘zlari uchun avvaldan kashf etishlari mumkin. FIFA.com musobaqa startiga 31 kun qolgan pallada teskari sanoqni boshlab, mavjud raqamlarga doir faktlar bilan tanishtirdi.

31 - Jazoir termasining mag‘lubiyatsiz o‘yinlari shunchaga teng. Hayratlanarli ketma-ketlik 2018 yilning oktyabrida boshlangan.

30 - Hamza al Dardurning Iordaniya termasidagi gollari soni. 12 oktyabrda O‘zbekiston termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida so‘nggi ikki yildagi ilk golini urgan faxriy futbolchi milliy jamoaning amaldagi tengsiz to‘p­urari Hasan Abdul Fattohga tenglashib oldi.

29 - Misr termasi Muhammad Salohning yoshi, u ayni payt ajo­yib formada. «Fir’avnlar» hamda «Liverpul» klubi hujumchisi - joriy mavsum Premyer-ligada eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Uning hisobida 11ta o‘yinda 10ta gol bor.

28 - Bahrayn termasining JCH-2022 saralashi so‘nggi bahslarida qatnashgan jamoasidagi o‘rtacha yosh. Ko‘rinib turibdiki, tajriba birinchi o‘ringa qo‘yilgan.

27 - FIFA reytingida xuddi shu o‘rinni egallab turgan Tunis termasi musobaqa qatnashchilari orasida yetakchi hisoblanadi.

26 - Ummonlik Ahmad Muborak 2019 yil 28 avgustda Yaman termasiga qarshi bahsda o‘z mamlakati uchun so‘nggi bor gol urganidan ke­yin shuncha oy o‘tdi. 180ta o‘yinda 23ta to‘p kiritgan Ummon milliy jamoasining 36 yoshli afsonasi hali xalqaro faoliyatini yakunlamoqchi emas.

25 - Saudiya Arabistoni termasi bosh murabbiyi Erve Renarning 2016-2019 yillar mobaynida erishgan g‘alabalari soni. O‘shanda u Marokash milliy jamoasini boshqargan, hozirgacha bu faoliya­tining eng yorqin cho‘qqisi hisoblanadi. Taqdir taqozosini qarang­ki, Renar jamoasi «S» guruhida aynan marokashliklarga qarshi bahs yuritadi.

24 - 30 noyabrdan 7 dekabrgacha Arab kubogi guruh bosqichida o‘tkaziladigan o‘yinlar soni. Uning yakuniga ko‘ra, chorak finalga 8 jamoa chiqadi.

23 - Musobaqada qatnashadigan jamoalar soni. Dastlabki saralash bosqichida yettita terma kurashni yakunladi: Komor orollari, Jibuti, Quvayt, Liviya, Somali, Janubiy Sudan va Yaman.

22 - Bahrayn termasining Qatar-2022 saralash bahslari uchun e’lon qilgan 23talik ro‘yxatidagi ichki chempionatda to‘p suradigan futbolchilar soni. Faqatgina Said Dxiya mamlakat tashqarisida - Quvaytda to‘p suradi.

21 - Livan termasi yulduzi va sardori Hasan Maatukning o‘z mamlakati jamoasidagi 91ta o‘yinda urgan gollari soni. Livanliklar tarixidagi eng sermahsul futbolchi, eng yaxshi to‘p­urar hisoblangan Maatuk Arab kubogi-2021da jamoasining yetakchisi bo‘lishi shubhasiz.

20 - Tunislik Makram Dabubgacha Falastin termasida ishlagan murabbiylar soni. Raqamning kamtarona tus olishiga sabab, Falastin milliy jamoasi 1998 yilga kelibgina FIFA tomonidan tan olingan.

19 - Arab kubogi-2021 shuncha kun mobaynida davom etadi - 2021 yilning 30 noyabridan 18 dekabrigacha.

18 - Arab kubogi-2021 arafasida Qatar termasi o‘tkazgan o‘yinlar soni. Mezbonlar agar musobaqa finaliga chiqishsa, ushbu raqamlarni 24ga yetkazishlari mumkin.

17 - Branko Ivankovich Ummon termasi boshqaruvini qo‘lga olgani (2020 yilning yanvari)dan buyon o‘tkazgan o‘yinlari soni. Umumiy natijalar - 12 g‘alaba, 2 durang, 3 mag‘lubiyat.

16 - Arab kubogi-2021 final bosqichida qatnashadigan jamoalar soni. Ishtirokchilar 4 guruhga to‘rt­tadan bo‘lingan.

15 - Dastlabki raundda urilgan gollar soni. Eng yirik hisob Falastin - Komor orollari uchrashuvida qayd etildi - 5:1.

14 - Vohid Xalilxodjichning 2019 yili Marokash termasini qabul qilib olishdan avval ishlagan barcha jamoalari soni. U kelganidan so‘ng marokashliklar faqat bitta o‘yinda - 2019 yilning oktyabrida Gabonga 2:3 hisobida yutqazishdi.

13 - Birlashgan Arab Amirliklari termasi hujumchisi Ali Mabhut JCH-2022ning Osiyo qit’asi saralashida shuncha to‘p kiritdi.

12 - Saudiya Arabistoni JCH-2022 saralashi uchinchi raundida shuncha ochko to‘pladi. «Yashil lochinlar» hozircha musobaqaning mazkur bosqichida 100 foizli natija qayd etgan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

11 - Arab davlatlari kubogining bu yilgi turnirida faoliyat yuritadigan yevropalik murabbiylar soni: Feliks Sanches (Ispaniya; Qatar termasi), Jerar Busher (Fransiya; Mavritaniya termasi), Yuber Velud (Fransiya, Sudan termasi), Karlush Keyrush (Portugaliya; Misr termasi), Erve Renar (Fransiya; Saudiya Arabistoni termasi), Dik Advokat (Niderlandiya; Iroq termasi), Bert van Marveyk (Niderlandiya; BAA termasi), Xelio Souza (Portugaliya; Bahrayn termasi), Vohid Xalilxodjich (Bosniya va Gersegovina; Marokash termasi), Ivan Gashek (Slovakiya, Livan termasi), Branko Ivankovich (Xorvatiya; Ummon termasi).

10 - Qatar termasi ustozi Feliks Sanchesning afsonaviy «Barselona» akademiyasi - La Masiyada faoliyat yuritgan yillari.

9 - Bahrayn termasi tarixidagi eng yirik mag‘lubiyat shu son farqi bilan yuzaga kelgandi - 1:10. 1966 yilning 5 aprelida Iroq milliy jamoasiga xuddi shunday hisob bilan imkoniyat boy berilgan.

8 - Jazoir termasi bosh murabbiyi Jamol Belmadi shuncha yil mobaynida Qatarda faoliyat yuritgan. 2010-2012 yillarda «Lahviya»ni boshqargan bo‘lsa, 2014-2015 yillarda Qatar termasida ishlagan. Keyin esa, 3 yil «Al-Duhayl» futbolchilariga ustozlik qilgan. Demak, ushbu mutaxassis musobaqa davomida o‘zini uydagidek his qilsa bo‘laveradi.

7 - Qatar termasining so‘nggi g‘alabasidan keyin o‘tkazgan o‘yinlari soni. O‘shanda qatarliklar Concacaf Gold Cup 2021 turniri chorak finalida Salvadorni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgandi.

6 - Arab mamlakatlari kubogi-2021 o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionlar soni. Shuningdek, ushbu arenalar kelgusi yili jahon chempionati bahslariga ham mezbonlik qiladi.

5 - Tunis termasi gol o‘tkazmagan o‘yinlari soni.

4 - Sudan termasi bosh murabbiyi Yuber Velud boshqargan Jazoir klublari soni. Ushbu mutaxassis «D» guruhidagi raqiblari safida eski tanishlarini uchratishi mumkin.

3 - «V» guruhidan joy olgan Tunis va Mavritaniya termalari so‘nggi ikki yilda shuncha marta to‘qnash kelishdi. Ularning ikkitasida tunisliklar zafar quchishgan bo‘lsa, bitta bahs durang bilan yakunlangan.

2 - Musobaqada o‘z vakillari bilan qatnashadigan konfederasiyalar soni: OFK va AFK.

1 - Qatar va Bahrayn termalari - Arab kubogi-2021ning dastlabki uchrashuvi qatnashchilari.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:30, 13.11.2021. O'qildi: 3275 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик