Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 10.04.2026 23:45
      • Roma
      • 3:0
      • Piza
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • -:-
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • -:-
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Yuventus
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • 4:0
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Fulhem
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • -:-
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • -:-
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Vilyarreal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 6 15
2 Paxtakor 6 15
3 Buxoro 6 13
4 Bunyodkor 6 13
5 Navbahor 6 12
6 Nasaf 6 11
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 6 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
6-тур Neftchi 0-1 Paxtakor
6-тур Buxoro 2-0 Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Natija: Mourni ranjitgan 400-gol

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Qarimas» Zlatan Ibragimovich oktyabrdan noyabrga o‘tar kechasi milliy chempionatlar hisobidan yubiley - 400-golini nishonladi. Shvesiyalik mag‘rur hujumchi shunday qildiki, Joze Mourinyoning «A» seriyadagi uy uchrashuvlariga bog‘liq mag‘lubiyatsiz seriyasi uzilib qoldi. Portugaliyalik mutaxassis boshqaruvidagi jamoalar («Inter» va «Roma») bunga qadar Italiya chempionatida qatorasiga 43ta uy o‘yinida biror raqibga yutqazgan emasdi.

«Milan» bu yil skudettoni o‘z muzeyiga qaytarish ilinjida. «Rossonerlar» 31 oktyabr oqshomi «A» seriya 11-turidan o‘rin olgan uchrashuvni «Olimpiko»da o‘tkazib, Joze Mourinyo «Roma»sini 2:1 hisobida yengishdi. Stefano Pioli jamoasi g‘alabasida bosh rolni «Benazir»ning yaqin do‘sti Zlatan Ibragimovich bajardi. U avvaliga, o‘yinning 25-daqiqasida 20 metr uzoqlikdan jarima zarbasini mukammal ijro etib, hisobni ochdi. Bu vaziyatda «Roma» darvozaboni Rui Patrisiu hattoki, joyidan qimirlamadi ham - Zlatanning zarbasi chindan ham, juda aniq va kuchli  chiqdi. Shuni alohida aytish kerak, shvesiyalik tolmas to‘purar allaqachon 40 yoshni urib qo‘ydi. 40 yoshni!

Asosiy fakt: shu bilan Ibragimovichning faoliyati davomida turli mamlakatlar milliy chempionatlarida urgan gollari soni 400taga yetdi. Chiroyli gol urishni xush ko‘ruvchi Zlatanga yubileyni shunday shedevr bilan nishonlash yarashadi! Yana bir fakt bor - uning faqat Italiya «A» seriyasidagi gollari soni 150ta bo‘ldi. Ibra gollaridan eng ko‘pini aynan Italiyada nishonlagan. Diqqatni tortadigan tomoni, u milliy chempionatlardagi gollari hisobini 1999 yilning 30 oktyabr kuni ochgandi. Demakki, 400ta gol dovonini roppa-rosa 22 yilda zabt etdi. Aytish o‘rinli, Zlatan ilk golini urgan payt 31 oktyabr kuni u bilan yonma-yon to‘p surgan ayrim futbolchilar hali maktabga ham borishmagandi, «Milan» zaxirasida qolgan Daniel Maldini esa yana 2 yildan keyin dunyoga kelgan.

Aytgancha, Ibragimovich to‘pni jarima nuqtasiga qo‘yayotganida, «Roma» muxlislari o‘zlaricha baralla baqirishdi: Sei uno zingaro («Sen lo‘lisan»). Mag‘rur Ibra bunga javoban to‘pni darvozaga «mixlab» qo‘ydi va tribunalar tomon o‘girilib, qandaydir imo-ishoralar bilan fanatlarni jig‘iga tegdi. Oqibatda hakamdan o‘z nasibasini ham oldi - provakasion harakat uchun sariq kartochka. Ibra shundan so‘ng birinchi bo‘limda Rafael Leauga assistentlik qildi, tanaffusdan chiqqach, o‘zi yana gol urdi, ammo har ikkisida o‘yindan tashqari holat qayd etildi. Zlatan shunda ham to‘xtamadi va 57-daqiqada «Milan» foydasiga penalti ishladi. Buning samarasi o‘laroq, Frank Kessiye hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib, g‘alabaga tamal toshi qo‘ydi. Keyinchalik Teo Ernandes qizil kartochka olib, «Milan»ni bir muncha qiyin holatda qoldirdi, ammo «Roma» vakillari javob golini urishga ancha kechikishdi - ular faqat 90+3-daqiqadagina hisobni qisqartirishdi. Oxir-oqibat, Joze Mourinyo «A» seriyaning uy uchrashuvida ilk marta mag‘lubiyatni tan oldi. Portugaliyalik mutaxassisning bu boradagi mag‘lubiyatsiz odimi 43ta o‘yinga yetgandi (38tasi «Inter» va 5tasi «Roma» boshqaruvida). «Benazir» referi Fabio Mareski ishi (xususan, Ibragimovich penalti ishlagan vaziyat)dan jig‘ibiyron bo‘ldi va o‘yindan keyin jurnalistlar savollariga javob berishdan bosh tortdi: «Agar hozir gapirsam, keyingi hafta meni maydon chetida ko‘rmaysizlar».

Yana bir fakt: «Milan» o‘z tarixida ilk marta «A» seriya doirasidagi dastlabki 11ta o‘yindan 10tasini o‘z foydasiga hal qildi va oldin shunday natijaga erishgan «Roma», «Napoli» va «Yuventus» (oxirgi ikkisi ikki martadan yorqin start qayd etgan) qatoriga qo‘shildi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 22:30, 13.11.2021. O'qildi: 3183 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик