Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • 1:1
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • 2:1
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • 0:1
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
  • «A» Seriya
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • 0:3
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 0:1
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 35 48
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bu yigitga APL yulduzlari mijoz

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

Sem Morgan atigi 20 yoshda. U 7 yoshidayoq mustaqil pul ishlashni boshlagan. Hozirda APLning eng sara yulduzlari shu yigitning mijozlari sanalishadi - Jek Grilish va Pol Pogbadan tortib, Kevin de Bryuyne va Garri Keyngacha... Aksariyat tengdoshlari o‘qish barobarida kechqurun bir chaqa uchun ishlayotgan pallada Sem APL futbolchilariga buyurtma asosida libos yetkazib bermoqda. Endi korchalon yigitchada shaxsiy biznesi bor. Xususan, «Instagram» tarmog‘idagi SM Creps brendi akkaunti obunachilari soni allaqachon 130 mingdan oshdi. Sem Morgan shuningdek, Britaniya televideniyesida o‘z shousini yo‘lga qo‘ygan.

7 yoshidan pul topishga o‘tgan

Ha, Sem 7 yoshidayoq mustaqil ravishda pul ishlagan, 15 yoshida esa reseller (qayta sotish ishi) bilan shug‘ullana boshlagan. Oddiy aytganda, bolaligidan biznesga moyil. «Har doim nimanidir sotishni qoyillatganman. Deylik, 7 yoshda maktabdan uyga 4 funt sterling foyda bilan qayt­ganman. Hozir ham shunday, faqat barchasi kattaroq ko‘lamda», - deydi Sem. U 11 yoshida atigi 10 daqiqada 15 funt ishlab topadi. O‘shanda do‘stlaridan biri AQSHdan turli shirinliklar olib kelib, maktabda pullay boshlagan va Sem ulardan yarmini sotib bergan, albatta, tushumning ma’lum foizini o‘ziga olib qolish evaziga. Bolakay 13 yoshga to‘lgach, o‘zini moda sohasiga uradi: dizaynerlik buyumlari savdosiga qo‘shiladi. Shu tariqa Sem 15 yoshida birinchi yirik daromadini hisoblaydi - 3000 funt sterling. «Ishni Ebay, Depop va «Feysbuk»da poyafzal sotishdan boshladim,  - deydi Morgan. — Ayni payt Amerika, Fransiya, Italiya, Germaniya, Polsha va Yevropaning boshqa mamlakatlarida shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi nufuzli shaxslarni bilaman. U yoki bu mamlakatda qanday yangi mahsulot chiqishini kuzatib boraman, shuning evaziga doimo tezkor ishlayman».


Iqtisodiyot, matematika va psixologiya

Morgan maktabda iqtisod, matematika va psixologiya fanlarini chuqur o‘rgangan - bular muzokara jarayoni, mahsulot xarid qilish va sotishda yordam beradi. Hozir Yevropada noyob liboslar oldi-sotdi bozori jadal rivojlanmoqda. Thred Up ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yili qayta sotishning umumiy hajmi 20 milliard dollarni tashkil etgandi. Taxminlarga ko‘ra, 2022 yili bu summa 41 milliard dollarga ko‘tariladi. 15 foiz yillik o‘sish - bunga aql bovar qilmaydi. Zero, chakana savdo yo‘nalishidagi umumiy o‘sish atigi 2 foizga teng.


Ramos ham oshufta

Sem Morganning ishiga Serxio Ramos ham befarq emas. Umuman, yigitcha futbolchilar bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bunda unga «Arsenal» futbolchisi va Fortnite onlayn o‘yini yordam bergan. Yosh sotuvchi bir yil ichida mislsiz darajada ko‘tarildi: «Bir kuni to‘shakda yotib, endigina «Arsenal» yoshlar jamoasi safiga qo‘shilgan Koxen Bramallga xat yozdim. Chunki uning brend mahsulotlarga qiziqishini ko‘rdim. 4 kundan keyin uchrashdik va Koxen Yeezy  krossovkasini sotib oldi. Keyingi hafta esa Kris Uillok bog‘lanib, menda nimalar borligi bilan qiziqdi. Shu asnoda «Arsenal»ning deyarli barcha yoshlari mijozimga aylanishdi». Keyin Londonning boshqa klublaridagi yoshlar - Deklan Rays, Temmi Abraxam va Ris Jeyms ham Sem bilan aloqaga chiqishdi. Morganning navbatdagi daromadi kutilmaganda keldi: u mashhur Fortnite onlayn o‘yiniga kirdi va Dele Alli, Kevin de Bryuyne hamda Pol Pogba bilan tanishdi. Fortnite - futbolchilar orasida juda ommalashgan o‘yin. Deylik, Zlatan Ibragimovich, Neymar va boshqa yulduzlar ham shu o‘yin shaydolaridir. Ilova yaratuvchilari muxlislarni turli bonuslar bilan jalb qilishadi. Masalan, 2021 yilning aprel oyida Neymar ishtirokida o‘ziga xos turnir tashkillashtirildi. «Fortnite o‘yiniga qo‘shilib, avvaliga Alli bilan tanishdim, keyin de Bryuyne bilan yo‘llarimiz kesishdi. E’tiborli tomoni, u o‘yin davomidayoq men haqimda eshitganini aytib, bir juft krossovkaga buyurtma berdi», - deya eslaydi Sem Morgan.

Xullas, yigitning ishi futbolchilar orasida tezda ovoza bo‘ldi. Endilikda Benjamin Mendi, Jek Grilish, Pol Pogba, Ross Barkli, Antonio Ryudiger, Son Xyun Min, Trent Aleksandr-Arnold, Granit Jaka, Aleksandr Lakazett, Pyer-Emerik Obameyang va Mesut Ozil kabi yulduzlar Morganning doimiy mijozlariga aylanishdi. Sportchilar odatda Semga mashhur repperlar suratlarini yuborib, ularning kiyim yoki poyafzallarini  sotib olishni so‘rashadi. Aytishicha, Lionel Messi, Neymar, Erling Xoland kabi futbolchilar u bilan bir necha marta bog‘lanishgan. Semning asosiy yutug‘i - futbolchilarga aytilgan libosni yashin tezligida arzon bahoda yetkazib beradi: «Hamma qatori futbolchilar ham sifatli narsalarni iloji boricha arzon bahoda sotib olishni xohlashadi. Asl narxi 1,2 ming funtga teng oyoq kiyimini ancha arzonga olishim mumkin, chunki savdogarlar bilan aloqam bor. Yana bir tomoni, mijozlarimni hech qachon aldamayman. Bu hurmat qozonish uchun juda muhim».Sem ko‘plab futbolchilar bilan do‘st tutingan: «Yulduzlar o‘zgalarni shaxsiy hayotlariga yaqinlashtirishni xohlamasliklarini yaxshi bilaman. Shuning uchun ham ularning menga ishonishlari, tavsiya etilgan libosni ikkilanishsiz sotib olishlaridan baxtiyorman. Ba’zi futbolchilarni juda yaxshi bilaman va o‘rtamizda do‘stlik ham shakllangan. Deylik, «Arsenal» a’zolaridan biri meni tug‘ilgan kuni tantanasiga taklif qilgandi».


Pogba — bosh mijoz

Pol Pogba haqida so‘z borganida, avvalo, uning siymosi ko‘z oldimizga keladi: o‘ziga xos soch turmagi, yorqin va qimmatbaho ust-bosh, noyob oyoq ki­yimi. Demak, Semning aynan Pol bilan ko‘proq hamkorlik qilishida ajablanarli tomoni yo‘q. Fransiyalik futbolchiga kapsulli krossovkalar, Gucci liboslari va nodir aksessuarlarni aynan Morgan yetkazib beradi. Pogbaning ba’zi buyurtmalarini misol tariqasida keltirish mumkin: mashhur koreys brendi - 99 % IS shimi (1 ming funt), Rhude futbolkasi (400 funt), Armani kurtkasi va jinsisi (tegishlicha 2 va 1 ming funt), Dior B22 krossovkasi (980 funt). Bularning jami summasi - 5,3 ming funt. Fransiyalik futbolchi chindan ham, kamyob mahsulotlarga qattiq qiziqadi. Semga The Plug (oddiy yo‘l bilan topib bo‘lmaydigan noyob va qimmatli narsalarni yetkazib beradigan shaxs) laqabini aynan Pogba bergan. Aytish o‘rinli, bu Morganga munosib ta’rif. Fransiyalik yarim himoyachi reseller (qayta sotuvchi) bilan shu qadar inoqqi, uni JCH-2018dan so‘ng Parijga taklif qilgan va Fransiya milliy jamoasi g‘alabasi sharafiga uyushtirilgan tantanalarda 2 kun o‘zi bilan birga olib yurgan. Qolaversa, Morgan bunga qadar Samuel Yumtiti, Antuan Grizmann va boshqa futbolchilar bilan aloqa o‘rnatishga ulgurgandi.


Nega aynan futbolchilar?

Hammasi oddiy: APLda haftalik o‘rtacha maosh miqdori 50 ming funtdan ko‘p. Qisqasi, yuqori daromad va modaga qiziqishni inobatga olsak, futbolchilar - Sem Morgan uchun ideal mijozlar. O‘yinchilar asosan obro‘li brendlarni tanlashadi - Amiri, Balenciaga, Saint Laurent, Off-White, Givenchy, Gucci, Louis Vuitton, Alexander McQueen, Palm Angels, Supreme va Heron Preston. Sem esa bu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatini oddiy izohlaydi: «Yoshman va ko‘p ishlayman. Yulduzlarga xohlagan vaqtda buyurt­ma qabul qilishim va hammasini qisqa muddatda yetkazib berishim ma’qul». Oddiy misol, Pyer-Emerik Obameyang samolyotga o‘tirishidan atigi 2 soat oldin Semdan zudlik bilan PS4 uchun quvvatlantirish qurilmasi yetkazib berishini so‘ragan. Pogba esa Morgandan muhim reklama fotosessiyasi arafasida sahna hozirlab berishini iltimos qilgan. Shuningdek, Nataniel Chaloba undan 2015 yilgi kolleksiya­ga mansub Louis Vuitton sumkasi topib berishini so‘ragan. Muhimi, Sem barcha buyurtmalarni vaqtida yetkazishi bilan futbolchilar hurmatini qozongan. Darvoqe, Morgan bolaligida «Arsenal» o‘yini shaydosi bo‘lgan: «Ha, «kanonirlar»ning ashaddiy muxlisi edim, biroq hozir jamoani uncha kuzatolmayapman. Endilikda muayyan bir klub emas, barcha mijozlarimga muxlisman».

Sem o‘z daromadi haqidagi savollarni yoqtirmaydi, ammo «misl­siz darajada katta» topishini yashirmaydi. «Instagram»dagi sahifasi va yulduz mijozlariga qaraganda, chindan ham, shunday. Qolaversa, Morgan o‘z biznesini kengaytirishni rejalashtirmoqda. U hozirda ota-onasiga tegishli uydan turib, onlayn-tizimda ishlamoqda. Hozircha otasi - bosh ko‘makchisi. Sem endi biror binoni ijara asosida olib, 2-3 nafar ishchi yollashni o‘ylamoqda. Tinib-tinchiman yigit shu ishlarga parallel ravishda xususiy kollejda biznes va psixologiya yo‘nalishida o‘qimoqda. Qoyil!

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:13, 18.11.2021. O'qildi: 4120 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик