Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kanadadan hokkeycha natija, Depay Keynni ortda qoldirdi. 2021 yildagi eng sermahsul terma jamoalar va futbolchiar haqida

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xalqaro futbol yili nihoyasiga yetdi. Milliy terma jamoalar navbatdagi to‘qnashuv 2022 yilda bo‘lib o‘tadi, demak, natijalarni hisoblash vaqti keldi. Keling, boshqalarga qaraganda ko‘proq gol urgan jamoalar va futbolchilarning o‘yini statistikasiga to‘xtalib o‘tamiz.

 

2021 yilda eng ko‘p gol urgan terma jamoalar

- FIFAning rasmiy ro‘yxatiga faqat turnir o‘yinlari va o‘rtoqlik o‘yinlari kiritilgan.

- Agar gollar teng bo‘lsa, eng yaxshi o‘rtacha ko‘rsatkichga ega jamoa reytingda yuqoriroq bo‘ladi.

 

10-o‘rin. Italiya va Panama - 18 o‘yinda 38 ta gol (har bir o‘yinda o‘rtacha 2,11 ta)

9-o‘rin. Jazoir - 10 o‘yinda 38 gol (3,8)

8-o‘rin. Belgiya - 17 o‘yinda 39 gol (2,29)

7-o‘rin. Yaponiya - 11 o‘yinda 41 gol (3,73)

6-o‘rin. AQSH - 20 o‘yinda 42 gol (2,1)

5-o‘rin. Daniya - 18 o‘yinda 45 ta gol (2,5)

4-o‘rin. Gollandiya - 16 o‘yinda 46 gol (2,88)

3-o‘rin. Germaniya - 16 o‘yinda 50 ta gol (3,13)

2-o‘rin. Angliya - 19 o‘yinda 51 gol (2,68)

1-o‘rin. Kanada - 19 o‘yinda 55 ta gol (2,89)

 

- 2021 yilda eng sermahsul 11   terma jamoa orasida, UYEFA (Evropa) – 6, KONKAKAF (Shimoliy Amerika) – 3, OFK (Osiyo) – 1, CAF (Afrika) – 1.

Panama KONKAKAF zonasida 2022 yilgi jahon chempionatining dastlabki saralash bosqichida Anguillaga qarshi bitta o‘yinda gollarining uchdan bir qismini (38 tadan 13 tasi) kiritdi. Ushbu o‘yin 13:0 hisobida yakunlandi.

- Yaponiyaliklar Jahon chempionati saralashining ikki o‘yin natijasiga ko‘ra reytingdan joy olishdi.  “Samuraylar” ikki o‘yinda 24 ta gol urishdi: Mo‘g‘ulistonni 14:0 hisobida mag‘lub etishgan bo‘lsa, Myanma darvozasiga javobsiz 10 ta gol urishdi. Yaponiyaning qolgan natijalari ajablanarli emas: 9 o‘yinda 17 ta gol (1,89).

- Jazoir 2021 yilda har bir o‘yinda o‘rtacha 3,8 gol bilan eng yuqori ballga ega. “Cho‘l tulkilari” asosan Niger va Jibuti termalariga qarshi o‘yinlarda o‘z statistikasini yaxshilab olgan. Ular 4 ta o‘yinda 22 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishgan.

 

- Gollandiya terma jamoasining Norvegiya ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabasi nafaqat “lolalar yurti” futbolchilarini JCH-2022 finaliga olib chiqdi, balki ularga 2021 yilda eng sermahsul 4 ta terma jamoa orasiga kirishga imkon berdi.

 

- Germaniya terma jamoasi JCH-2022 saralash uchrashuvlari doirasi kuzgi saralash bosqichining 7 ta uchrashuvida 31 ta gol urdi. Shu tariqa, “nemis mashinasi” Xansi Flik boshchiligidagi o‘rtacha ko‘rsatkichi har bir o‘yinda 4,43 tadan gol urib, ajoyib natija ko‘rsatgan.

 

- Ajablanarlisi, 2021 yilda eng ko‘p golni Kanada terma jamoasi urgan. Ha, biz hali ham xokkey emas, futbol haqida gapiryapmiz. Alfonso Devis va Ko yilni ajoyib boshladi: Bermudaga 5 ta, Kayman orollariga 11 ta, Arubaga 7 ta, Surinamga 4 ta gol. Ular turnir jadvalida AQSH va Meksikadan oldinda. Kanada hozirgacha 8 uchrashuvdan so‘ng mag‘lubiyatsiz o‘yin ko‘rsatmoqda va guruhdagi eng ko‘p gol urishdi (13).

 

2021 yilda xalqaro miqyosda eng ko‘p gol urgan futbolchilar

 

6-7 o‘rinlar. Romelu Lukaku (Belgiya) - 12 o‘yinda 11 gol (har bir o‘yinda 0,92 gol)

6-7 o‘rinlar. Robert Levandovski (Polsha) - 12 o‘yinda 11 gol (0,92)

5-o‘rin. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) - 14 o‘yinda 13 ta gol (0,93)

3-4 o‘rin. Kayl Larin (Kanada) - 13 o‘yinda 14 ta gol (1,08)

3-4 o‘rin. Ali Mabhut (BAA) - 13 o‘yinda 14 ta gol (1,08)

2-o‘rin. Harri Keyn (Angliya) - 16 o‘yinda 16 gol (1)

1-o‘rin. Memfis Depay (Gollandiya) - 16 o‘yinda 17 gol (1,06)

 

- 2021 yilda birdaniga olti nafar futbolchi o‘z terma jamoalari safida 9 tadan gol urishdi: Karim Benzema va Antuan Grizmann (ikkalasi ham Fransiya), Lionel Messi (Argentina), Islom Slimani (Jazoir), Vu Ley (Xitoy) va Eran Zaxavi (Isroil).

- Lukaku va Levandovski terma jamoasidagi eng yaqin ta’qibchilaridan katta farq o‘tib ketishdi: Romelu «qizil iblislar» safida 68 ta gol urdi (belgiyaliklar tarixidagi ikkinchi snayper: Eden Azar - 33 ta gol), Robert Polsha terma jamoasi tarkibida raqiblari darvozaboini 74 marta ranjitgan (Grzegorz Lato ikkinchi o‘rinda - 26 gol).

- Krishtianu Ronaldu 2021 yilda terma jamoalar darajasida barcha davrlarning eng sermahsul futbolchisiga aylandi: u eronlik Ali Dayini ortda qoldirdi, bugungi kunda YeriRoning Portugaliya tarkibidagi gollari soni 115taga yetdi. Har bir gol rekordni yangilashda davom etaveradi.

- Birlashgan Arab Amirliklarining superhujumchisi uchun 14 ta gol eng yaxshi natija emas, sababi Ali 2019 yilda 19 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning hisobida 98 ta xalqaro o‘yinda 79 ta gol bor. Ali endigina 31 yoshda va uni Hindiston, Iordaniya, Indoneziya va Shri-Lanka bilan ko‘plab uchrashuvlar kutib turibdi. Kutib qol, Krishtianu! Imkoningiz bo‘lganda gol ur. Osiyodan yana bir to‘purar ta’qib etmoqda.

- 2021 yilgi so‘nggi ikki o‘yin oldidan Garri Keyn hisobida 9 ta gol bor edi, ammo noyabr oyida britaniyaliklar Albaniya va San-Marinoni umumiy 15:0 hisobida mag‘lub etishdi va "uch sherlar" sardori naq 7 ta gol urdi.

- Memfis Depayning norveglar darvozasiga urgan goli "uchar gollandlar" uchun kalendar yilidagi so‘nggi o‘yinning 90+1 daqiqasi yuz berdi. Va ushbu gol ko‘p narsani aniqlab berdi: birinchidan, o‘sha gol Niderlandiyani jahon chempionati yo‘llanmasi tomon yetakladi, ikkinchidan, Memfis Harri Keynga yetib oldi. Memfis 2022 yilgi jahon chempionati uchun Yevropa saralash bosqichining eng sermahsul futbolchilari ro‘yxatiga kirdi va 17 ta gol bilan 2021 yildagi eng yaxshi xalqaro to‘purarga aylandi.

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 09:46, 19.11.2021. O'qildi: 5881 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.