Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Stadionlar: Peresning biznes-rejasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Stadionlar / Mashhur stadionlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Florentino Peres «Real Madrid» moliyaviy jihatdan raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash uchun bor imkoniyatini ishga soladi va yangi «Bernabeu» klub prezidenti merosining javohiriga aylanadi. Funksioner stadionni ta’mirlash orqali «Qirollik klubi»ning uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini ta’minlashda yordamlashadi. El Confidencial xabariga ko‘ra, Peres stadiondagi «sportga xos bo‘lmagan faoliyat»ni - konsert, ko‘rgazmalar, modalar namoyish va shu kabi boshqa tadbirlar uchun 400 million yevroga sotishni rejalashtirmoqda.

Kelishuv Amerikaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar fondi bilan tuzildi. Operasiyani Florentino bilan uzoq yillik hamkorlik tarixiga ega Ispaniya investision firmasi - Key Capital kompaniyasi boshqarib, tavsiya qildi. Key Capital Yevropa Superligasi moliyalashtirilishini ta’minlashda qatnashdi va yangi «Santyago Bernabeu»ning rekonstruksiyasida sheriklik qildi. The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa Superligasi bosh kotibi bo‘lishga tayyorligini bildirgan fransiyalik biznesmen Anas Lagrari ham Key Capital hamkori sanaladi. Lagrari - 1980-yillardagi biznes, aniqrog‘i, ACS (Florentinoning qurilish kompaniyasi) loyihasi bo‘yicha birga ishlagan Peresning sobiq hamkasbining o‘g‘li.

400 million yevro miqdoridagi investisiya Amerika kompaniyasi tomonidan  avans tarzida beriladimi yoki bir necha yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lanadimi, hozircha noma’lum. Lekin har qanday holatda ham, bu bevosita klubga pul oqimini yaxshilaydi. «Real» ushbu kapital natijasida futbolchilar sotib olish, xodimlar xarajati, boshqa yangi faoliyat va ma’muriy sarflarni qoplash bo‘yicha holatini ancha yaxshilab oladi.

Klub Amerikaning Legends International kompaniyasi bilan shartnoma imzolashga ham ulgurdi, ushbu hamkor chakana va raqamli strategiyani nazorat qiladi, «Santyago Bernabeu» rekonstruksiyasi doirasida klubning yangi do‘konini ochadi. Legends bungacha «Nyu-York Yankiz» va «Dallas Kovboys» jamoalari bilan ishlagan va oldinroq AirBnB investorlaridan biriga aylangan Sixth Street investision kompaniyasiga tegishli. «Real Madrid» ham, Legends ham ushbu hamkorlik orqali muxlislar uchun innovasion, daromadli va maqsadli mahsulot yaratishni o‘ylashmoqda. Klubning yangi stadion bo‘yicha asosiy maqsadlaridan biri - iste’molchilarni jalb etadigan va odatiy o‘yinlardan tashqari daromad keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulot tashkil etish.

Legends International bilan hamkorlikka qo‘shimcha tarzda klub homiylik huquqlarining ma’lum qismini Amerikaning Providence aksiyadorlik kompaniyasiga sotdi, evaziga keyingi to‘rt mavsum uchun 200 million yevro oladi. Agar ushbu kelishuvlar J.P. Morgan va «Real Madrid» o‘rtasidagi stadion rekonstruksiyasini moliyalashtirish shartlari bilan birlashtirilsa, klubning sheriklik munosabatlarini yaxshilash, barqaror pul oqimini ta’minlaydigan shartnomalar imzolanishi bo‘yicha strategik ittifoqchilar bilan ulkan ishlarni amalga oshirgani oydinlashadi. Kamsonli klublar, ayniqsa, davlat strukturalariga tegishli bo‘lmaganlargina COVID-19 pandemiyasidan «Real Madrid» kabi kuch to‘plagan holda chiqishlari mumkin.

J.BOBOXONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 23:00, 30.11.2021. O'qildi: 3292 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик