Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Van de Bek, Balotelli va iroqlik Yunus Mahmud: “Oltin to‘p” sovriniga nomzod bo‘lgan kutilmagan 6 futbolchi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ma’lumki, har yil oxirida (2020 yildan tashqari) Fransiyaning nufuzli “France Football” jurnali dunyoning eng yaxshi futbolchilarini aniqlab keladi.

Shular qatorida ba’zi futbolchilar borki, ular bir kalendar yili davomida ajoyib harakat qiladi va nashr tomonidan taqdim etiladigan sovrinlar uchun asosiy nomzodlar kuchli 30 taligidan joy olishga muvaffaq bo‘ladi. “Stadion.uz” sizga 2007 yildan beri kutilmagan, g‘alati va shov-shuv ko‘targan nominasiyalar haqida so‘zlab beradi.

 

Yunus Mahmud (“Al-Garafa”) - 2007 yil

 

Mahmud Yevropa futboli havosidan ham nafas olmagan. U butun faoliyatini Yaqin Sharq mamlakatlari chempionatlarida o‘tkazdi. Yevropadan tashqarida o‘ynagan qancha o‘yinchi OT uchun da’vogarlar ro‘yxatiga kirgan? U iroqliklar orasida mukofotga nomzod bo‘lgan yagona shaxs.

Yunus qanday qilib dunyoning eng yaxshi futbolchilari reytingida bo‘lishga loyiq edi? Hammasi oddiy: o‘sha yili Iroq Osiyo kubogini qo‘lga kiritdi va forvard o‘sha turnirda o‘z terma jamoasining bosh qahramoni bo‘ldi. Mahmud “Oltin butsa” va Osiyo Kubogining MVP sovrinini qo‘lga kiritdi.

Eng yaxshi futbolchi uchun ovoz berishda u bor-yo‘g‘i 29-o‘rinni egalladi. Lekin, Mahmud van Persi, Tevez, Giggz va Raul va David Vilya kabi ftbolchilardan yuqoriroq o‘rinlarni egallagandi.  

 

Nani ("Manchester Yunayted") - 2011 yil

 

2010 yilda “Oltin to‘p”ni berish huquqi FIFAga o‘tgan va o‘shanda nomzodlarni futbol funksionerlari tanlagan edi. Boshqalar qatorida, ular OTga yarim himoyachi “Manchester Yunayted” futbolchisi Nani nomzodini ko‘rsatishga qaror qilishdi. Bir paytlar Yevropaning eng iqtidorli futbolchilaridan biri sanalgan portugaliyalik bunday sharafga loyiq emasligini hech kim gapirmadi. 

Biroq, mukofotga nomzodlar ro‘yxatida uning nomi tasodif emas, balki tasodifdir, chunki u ilgari ham, keyin ham nomzodlar soniga boshqa kirmagan.

 

Mario Balotelli (“Manchester Siti”) - 2012 yil

 

Ko‘rinishidan, Balotelli nomzodlar ro‘yxatiga faqat Yevro-2012 yarim finalida Germaniya terma jamoasiga qarshi o‘yinda (2:1) o‘ynaganligi uchun kiritilgan edi. O‘shanda Mario ikkita gol urdi, keyin esa futbolkasini yechib, dabdabali pressini ko‘rsatdi. Bu hiyla memlar to‘plamiga aylandi va umuman olganda, italiyalik nominasiyalar ro‘yxatida yuqori o‘rinlarni oldi.

Rostini aytaylik: Balotelli o‘sha mavsumda o‘z imkoniyatlaridan pastroq o‘ynadi. U “Manchester Siti” tarkibidagi o‘yinlarda hech qanday mo‘’jiza ko‘rsatmadi, Italiya terma jamoasida esa uning o‘yini ko‘ngildagidek emasdi. Yevroda uchta gol, albatta, yaxshi, lekin Mario “Oltin to‘p” uchun da’vogarlar qatoriga kirishga loyiqmi edimi, yoki yo‘qmi hamon ochiq savolligicha qolmoqda.

 

Dimitri Payet (“Vest Xem”) – 2016 yil

 

Payet mohir dribling ustasi va yaxshi futbolchi, ammo u «Evropa futboli yulduzi» bo‘lishdan yiroqligi aniq. 2016 yilda Dimitriy “Oltin to‘p”ga nomzod bo‘lgan edi. U sovringa haqiqiy da’vogar bo‘lmagani aniq. Ammo bu reytingda 29 yoshli vingerning paydo bo‘lishi ham allaqachon hayratlanarli bo‘lgan.

Payet nomzodlar ro‘yxatidan qanday o‘rin oldi? Katta ehtimol bilan, Fransiya terma jamoasi tarkibidagi yorqin o‘yin sabab bo‘lgan. Yevro-2016da Dimitriy “uch ranglilar” safida uchta gol urdi va butun turnirning eng yaxshi o‘yinchilaridan biriga aylandi. Natija – OTda nomzodlari orasida 23-o‘rin.

 

Sadio Mane (“Liverpul”) – 2017 yil

 

Manening “Oltin to‘p”ga nomzod bo‘lishi noto‘g‘ri ham, g‘alati ham emas. Sadio – so‘nggi besh yil ichida “Liverpul”da yaxshi saviyadagi o‘yin ko‘rsatib kelayotgan kuchli futbolchi. Ammo uning “Oltin to‘p-2017” da’vogarlar ro‘yxatiga kirishi umuman kutilmagan edi. Senegallik o‘sha yili birorta ham kubokni qo‘lga kirita olmagan va individual miqyosda u faqat Angliya Premyer-ligasining yilning eng yaxshi jamoasidagi ro‘yxatidan o‘rin olishi bilan kifoyalangan. 

Mane eng yaxshilar ro‘yxatida 23-o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, forvard ovoz berishda o‘sha yili A seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Edin Jeko va “Real”ning asosiy hujumchisi Karim Benzemani ortda qoldirishga erishgan.

 

Donni van De Bek (“Ayaks”) – 2019 yil

 

Van De Bek ushbu ro‘yxatdagi OT nominasiyasi uchun birorta ham ovoz olmagan yagona futbolchidir. Rostini aytsak, u qanday qilib mukofotga da’vogarlar qatoriga kirgani ham aniq emas. 2019 “Ayaks” haqiqatan ham kuchli o‘yin namoymish etgan. Esingizda bo‘lsa, o‘sha mavsumda Erik ten Xag jamoasi Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l olgandi.

Ammo Donni bu jamoaning eng asosiy o‘yinchisi bo‘lmagan. U yerda birinchi navbatda Hakim Ziyesh, Matteys de Ligt, Frenki de Yong va Dushan Tadich kabi futbolchilar edi. Lekin negadir faqat van De Bek va Tadich nominasiyaga kirishgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p-2021» taqdirlash marosimi 29 noyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirning onlayn translyasiyasi bizning veb-saytimizda mavjud bo‘ladi.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 21:18, 01.12.2021. O'qildi: 5171 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик