Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

2021 yildagi “Barselona” 6 muammosi. Messi bilan xayrlashishdan to Yevropa ligasiga tushib ketishigacha

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Tan olish vaqti keldi: biz 21-asrda “Barselona”ning tarixiy jihatdan eng yomon mavsumini ko‘rmoqdamiz. “Bavariya”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng kataloniyaliklar Yevropa ligasiga yo‘l olishdi.

“Barsa” qanday qilib bu ahvolga tushdi? Keling, ushbu dahshatli mavsumning eng muhim voqealarini ko‘rib chiqaylik.

 

Messi jamoadan ketdi

Yozda muammolar boshlandi - La Ligadagi moliyaviy feyr-pley tufayli “Barselona”ning maosh fondi tushib ketdi. Bu Leo Messining shartnoma muddati tugashiga to‘g‘ri keldi. Argentinalik futbolchi maoshini kamaytirishga tayyor edi, ammo shunga qaramay, u “Barsa” futbolchi bilan shartnoma imzolashni istamadi.

Shu bois Messi ko‘zlarida yosh bilan sevimli klubi bilan xayrlashdi va Parijga jo‘nab ketdi. “Barselona” esa Leosiz va katta moliyaviy muammolarga boy yangi hayotni boshladi.

Hamma narsa murakkab. Bunday futbolchini yo‘qotishning o‘rnini to‘ldirish qiyin. Leoning 10-raqami ramziy ma’noda klubning asosiy iste’dodlaridan biri Ansu Fatiga nasib etdi, biroq u jarohati tufayli mavsum boshini o‘tkazib yubordi.

 

Yangi transferlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar

Moliyaviy feyr-pley tomonidan qo‘yilgan cheklovlar faqat Messiga tegishli emas edi. Klub mavsum boshida erkin agent sifatida jamoaga taklif qilingan Aguero, Garsiya, Depay va De Yongni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar boshlandi.

Maosh fondini tushirish uchun “Barsa” o‘yinchilarni sotdi yoki shunchaki ijaraga berib yubordi. 120 million yevroga sotib olingan Grizmanni “Atletiko”ga qaytarib yuborishdi. Pyanich “Beshiktosh”ga berib yuborildi. Hatto o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida o‘ynagan Emersonni ham sotib yuborishdi.

Hatto bu yetarli emas edi. Pike, Alba, Buskets kabi futbolchilar maoshlarni qisqartirishga to‘g‘ri kelishdi.

 

Dahshatli natijalar

“Barselona” mavsumni La Ligada 6 ta mag‘lubiyatsiz o‘yin bilan yaxshi boshladi. Garchi o‘yinda muammolar bo‘lsada, jamoa ishonchli tarzda ochko to‘playotgan edi.

Ammo Chempionlar ligasida esa... Ilk turda “Bavariya”dan uchralgan yirik mag‘lubiyat (0:3). Kuman jamoasida imkoniyat qolmadi. Ikkinchi turda xuddi shunday mag‘lubiyat “Benfika”dan qabul qilindi.

Chempionatda ochko yo‘qotish hollari ko‘payib ketdi. Chempionlar ligasida “Barsa” Kiyevning “Dinamo”siga qarshi o‘yinda ikkita g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Xavi qo‘l ostida “Barselona” “Benfika” bilan nursiz durang qaydetdi va – kecha Myunxenda “Bavariya”dan yana 0: 3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Raqamlar bundan ham yomoni: guruh bosqichi yakunida to‘plar farqi 2:9, kataloniyaliklar faqat uchinchi o‘yindayoq raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. Dahshat. 

Shuningdek, “Barsa” Ispaniya chempionatda 7-pog‘onada ketmoqda. Ular “Real”dan 16 ochkoga ortda qolmoqda.

Ronald Kuman

Nega Ronald Kuman tezda ishdan bo‘shatilmadi? Murabbiyning shartnomasida 13 million yevro jarima belgilangan, buning uchun pul topish qiyin. Ammo oktyabr oyi oxirida vaziyat keskinlashdi - Ronald o‘rniga Xavi keldi.

Kumanning so‘nggi oylari hamma uchun tinch dahshatdir. “El- klassiko”dan so‘ng muxlislar Ronaldning mashinasiga hujum qilishdi.

Keyinchalik “As-Sadd” bilan kelishuvga erishildi. Qatarliklar 5 million yevro evaziga Xavini qo‘yib yuborishdi. Yangi murabbiy esa vaziyatni darhol to‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lmayapti. Hozirda ham klubning ishlari yaxshi emas.


Jarohat, jarohat, jarohat

Bir paytlar “Barselona”ning jarohatlanganlar ro‘yxati 10 nafar futbolchiga cho‘zilgan. Bu mavsumda barcha uchrashuvlarda faqat Buskets va Depay maydonga tushdi. Ansu Fati bor-yo‘g‘i beshta o‘yin o‘tkazdi, Breytveyt bor-yo‘g‘i uchta, Dembele dekabr oyining boshidagina tarkibga qaytdi.

Pedri bir yil davomida tanaffussiz o‘ynadi, sentyabrda jarohat oldi va 2021 yil oxirigacha maydonga qaytmaydi. “Tilla bola” sovrini sohibi jamoada bo‘lsa, qiyin seriyani yengib o‘tish osonroq bo‘lardi, chamamizda.

Ajablanarlisi shundaki, Xavi birinchi navbatda fizioterapevtlarni ishdan bo‘shatdi. Barcha jarohatlarda ularni haqli ravishda aybladi. Bu unchalik yordam bermagan ko‘rinadi. Sababi, Xordi Alba ham “Bavariya”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.

 

Yurakdagi muammolar tufayli Agueroning faoliyati xavf ostida

Serxio Aguero Kataloniyada umuman o‘ynamadi. Kun jarohatlardan qiynaldi, maydonga qaytdi, bir nechta o‘yin o‘tkazdi va hatto “Real Madrid” darvozasiga gol urdi.

Ammo “Alaves” bilan o‘yinda Agueroda muammo paydo bo‘ldi.  O‘yindan so‘ng sovuq xabarlar tarqaldi: Serxioning yuragi bilan bog‘liq muammolari bor edi. Hozircha u uch oy davomida shifokorlar nazoratida bo‘ladi, biroq ispan OAVlari forvard faoliyatini yakunlashi mumkinligini yozmoqda. 

***

Muammolar ko‘p, lekin “Barsa” qayta qurilmoqda.

Chempionlar ligasini tark etgandan so‘ng, Xavi (qayta qurishning asosiy shaxsi) shunday tahlil qildi:

“Raqiblar bizdan yaxshiroq edi, bu haqiqat. Biz Yevropa ligasidamiz. Bugun klub hayotida yangi davr boshlanadi. Bizning o‘rnimiz Yevropa ligasida emas, bizning joyimiz Chempionlar ligasida. Biz hamma narsani noldan boshlaymiz”.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 11:46, 09.12.2021. O'qildi: 9729 marta. Fikrlar: 23 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик