Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Tottenxem” tarixidagi eng yaxshi transferlar (top-10)

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

“Tottenxem”ning so‘nggi transfer mavsumlarini unchalik ham omadli deb bo‘lmaydi. Klubning futbolchilarga sarflagan pullari o‘zini oqlamayapti. Ammo, “shporlar” tarixida shunday xaridlar borki, sarflangan pullarni ortig‘i bilan oqlagan. “Stadion.uz” nashri esa hozir aynan London klubining so‘nggi 10 davomida amalga oshirgan eng yaxshi 10 ta transferi haqida ma’lumot berishga qaror qildik.  

 

10-o‘rin. Kiran Trippyer

Pozisiyasi: himoyachi
Oldingi klubi: “Byornli”
Faoliyat: 2015/2019
Transfer summasi: 4,9 million yevro
“Tottenxem” safidagi jami o‘yinlar: 119 ta
Gollar: 2
Golli uzatma: 22

Trippyer – standartlarning ajoyib ijrochisi. Bu hozirgi “Tottenxem” uchun juda foydali bo‘lardi, chunki “shporlar” safida jarima zarbalarini qoyilmaqom tarzda  ijro etadigan futbolchilar juda kam. Kiranning Londonda o‘tkazgan 4 mavsumida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan va buni u ko‘rsatgan natijalar orqali ham kuzatishingiz mumkin. Aytgancha, u joriy yilgi Yevropa chempionati finalida Lyuk Shouning goliga assistentlik qilgan. 2019 yilda angliyalik futbolchi La Liga klubi “Atletiko” safiga o‘tdi.

 

9-o‘rin. Pyer-Emil Xeybyerg

Pozisiyasi: yarimhimoyachi
Faoliyat: 2020...
Oldingi klubi: “Sautgempton”
Transfer summasi: 16,6 million yevro
“Tottenxem” safida jami o‘yinlar: 67ta
Gollar: 4
Golli uzatma: 6

Xeybyergning klubga yaqinda kelgani uchungina 9-o‘ringa qo‘ydik. Agar u o‘sha saviyada o‘ynashda davom etsa, faoliyati yakuniga qadar “Tottenxem”ning eng yaxshi transferlari ro‘yxatini bemalol boshqara oladi. O‘tgan mavsumda Premyer-liga to‘liq o‘ynadi va muvaffaqiyatli pressing harakatlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.

 

8-o‘rin. Mussa Dembele

Pozisiyasi: yarim himoyachi
Faoliyat: 2012/2019
Oldingi klubi: “Fulxem”
Transfer summasi: 19 million yevro
“Tottenxem” safidagi jami o‘yinlar: 243ta
Gollar: 10
Golli uzatma: 9

Dembele klubning yaqin tarixidagi eng yaxshi tayanch yarimhimoyachilardan biri. Ammo, belgiyalik 2019 yilda Xitoy chempionatiga ketishga qaror qildi va qaysidir ma’noda faoliyatiga nuqta qo‘ydi (“Guanchjou”ga o‘tish vaqtida Dembele atigi 31 yoshda edi).

 

7-o‘rin. Tobi Alderveyreld

Pozisiyasi: himoyachi
Mavsum: 2015/2016
Oldingi klubi: Sautgempton
Transfer summasi: 16 million yevro
“Tottenxem” safidagi jami o‘yinlar: 241
Gollar: 9
Golli uzatma: 5

Alderveyreld Vertongen bilan birgalikda “Tottenxem” va Belgiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi markaziy himoyachi juftligini yaratishdi. U o‘tgan mavsum oxirida Qatar chempionatiga jo‘nab ketdi, chunki bu yoshda Dayer bilan raqobatlashishda qiyinchilikka duch keldi. Aytgancha, hozirgi tarkibda u o‘z o‘rnini topgan bo‘lardi. Sababi, “shporlar” hozirda tarkib bilan og‘liq muammolarga uchramoqda. Ammo u faoliyatini yakunlashdan oldin, ko‘proq pul ishlashga qaror qildi va klub unga xalaqit bermadi.

 

6-o‘rin. Lukas Moura

Pozisiyasi: yarimhimoyachi
Faoliyat: 2017.
Oldingi klubi: PSJ
Transfer summasi: 28,4 million yevro
“Tottenxem” safidagi jami o‘yinlar: 178 ta
Gollar: 40
Golli uzatmalari: 20

“Tottenxem”ning joriy mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. “Shporlar”ning sobiq ustozi Nunu Eshpiritu Santu qo‘l ostida ostidagi hech bo‘lmaganda qandaydir ijodkorlikni yaratgan yagona hujumchi. Uning transferi uchun sarflangan mablag‘ “Ayaks” bilan yarim final qarama-qarshiligidagi bitta o‘yinda oqlandi, u xet-trik qayd etib, “shporlar”ni tarixdagi ilk Chempionlar ligasi finaliga olib chiqqan.

 

5-o‘rin. Dele Alli

Pozisiyasi: yarim himoyachi
Faoliyat: 2014...
Oldingi klubi: “MK Dons”
Transfer summasi: 7 million yevro
“Tottenxem” tarkibidagi jami o‘yinlar: 270
Gollar: 67
Golli uzatma: 55

Bir necha yil oldin “Transfermarkt” portali tomonidan 100 million yevroga baholangan va Yevropaning eng istiqbolli o‘yinchilaridan biri hisoblangan, ammo, hozirgi kunda o‘yin sifatida pasayish bo‘lib, narxida ham tushish bo‘lgan. Transfer summasining ko‘tarilishiga asosiy omid “shporlar” safidagi dastlabki 3 mavsumda 46 ta gol va 35 ta golli uzatmani amalga oshirgani sabab bo‘lgan. Ammo, hozir...

 

4-o‘rin. Yan Vertongen

Pozisiyasi: himoyachi
Faoliyat: 2012/2020
Oldingi klubi: “Ayaks”
Transfer summasi: 12 million yevro
“Tottenxem” safidagijami o‘yinlar: 312
Gollar: 13
Golli uzatma: 6

Belgiya terma jamoasi sardori faoliyatining yarmidan ko‘pini “Tottenxem”da o‘tkazdi. 2020 yilda klub u bilan shartnomani uzaytirmadi, chunki London klubi rahbariyati himoyasida hammasi joyida deb o‘ylashdi. Yan“Benfika” bilan shartnoma imzoladi va hozirda Portugaliya klubi asosiy futbolchisi hisoblanadi. Joriy mavsum Vertongen boshchiligidagi “Benfika” Chempionlar ligasida “Barselona” ortda qoldirib, musobaqa pley-off bosqichiga chiqdi.

 

3-o‘rin. Son Xin Min

Pozisiyasi: yarimhimoyachi
Mavsum: 2015...
Oldingi klubi: “Bayer 04”
Transfer summasi: 25 million yevro
“Tottenxem” safida jami o‘yinlar: 298ta
Gollar: 113
Golli uzatmalari: 65

Futbol tarixidagi eng yaxshi osiyolik futbolchilardan biri. Yilning eng chiroyli goli uchun Pushkash mukofoti sohibi (“Byornli”). Ba’zida u juda omadsiz o‘yinlar o‘tkazadi, lekin bu ko‘p ham sodir bo‘lmaydi. Sonning yaxshi dribling va uzoq masofadan zarbalar beradigan qobiliyati bor. 2018/2019 yilgi Chempionlar ligasi chorak finalida “Manchester Siti” bilan ikki o‘yinda 3 ta gol urdi. Buni haqli ravishda klub afsonasi deb hisoblash mumkin. Son shu yil barcha mish-mishlariga qaramay (ko‘p insayderlar koreysni “Bavariya”ga o‘tishini taxmin qilishgan) klub shartnomani 2025 yilgacha uzaytirdi.

 

2-o‘rin. Ugo Lyoris

Pozisiyasi: darvozabon
Mavsum: 2012...
Oldingi klubi: “Lion”
Transfer summasi: 12,6 million yevro
“Tottenxem” safidagi umumiy o‘yinlar: 352 ta
Quruq o‘yin: 132

21-asrning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Fransiya terma jamoasida jahon chempioni (Aytgancha, u “Tottenxem” sardori). Ajoyib reaksiyaga ega bo‘lgan darvozabon, lekin to‘pga chiqishda va zarba berishda unchalik ham yaxshi emas. Nima bo‘lgan taqdirda ham Ugo “Tottenxem”ning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi xaridlaridan biri.

 

1-o‘rin. Kristian Eriksen

Pozisiyasi: yarim himoyachi
Faoliyat: 2013/2020
Oldingi klubi: “Ayaks”
Transfer summasi: 12 million yevro
“Tottenxem”safidagi umumiy o‘yinlar: 314 ta
Gollar: 71
Golli uzatma: 82

Biz Lyorisni birinchi o‘ringa qo‘yishni juda xohlagandik, ammo “Tottenxem” tarkibida 2013 yildan 2020 yilgacha o‘ynagan Eriksen bunga yo‘l qo‘ymadi. Kristian – “shporlar” tarixida 50 gol va 50 golga assistentlik qilgan birinchi futbolchi. Premyer-ligadagi debyutidan 2020 yilgacha ligada golli uzatmalar (62), jarima zarbalari bo‘yicha (23) va yaratilgan imkoniyatlar soni bo‘yicha (571) peshqadam bo‘lib kelmoqda. U sovrinlar qo‘lga kiritish maqsadida 2020 yilda London klubi safini tark etdi.  Aytgancha, u o‘tgan mavsumda A seriyada g‘alaba qozonish orqali o‘z maqsadiga erishdi. Yevro-2020 musobaqasida unga nima bo‘lganini bilasiz. Yaqindagina, u Italiya klubi bilan shartnomasini yakunladi. Hozirda klubsiz, ammo futbolchining agentining so‘zlariga qaraganda, daniyalik futbolchilik karyerasini yakunlamoqchi emas. Eriksenni qachon safga qaytishi noma’lum, ammo yanvar oyida uni yana maydonda ko‘ramiz deb umid qilamiz.

 


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 17:20, 19.12.2021. O'qildi: 5683 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик