Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xolandning yangi izdoshi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Amaliy jihatdan, har mavsum futbol olamiga navqiron, o‘ziga xos xususiyatlarga ega noyob iqtidorlarni tuhfa etadi. Yaqinda «Bayer» tarkibida yorqin o‘yinlarni namoyish etayotgan Florian Virs haqida hikoya qilgandik. Endi boshqa bir germaniyalik hujumchi - Karim Adeyemi «RB Zalsburg»dagi samarali faoliyati bilan muxlis va mutaxassislarni o‘ziga rom etmoqda.

Hozirning o‘zida 19 yoshli futbolchi top-klublar uchun transfer nishoniga aylandi. Istaymizmi-yo‘qmi, uni Erling Xolandga qiyoslamay o‘tolmaymiz. Norvegiya vakili aynan shu yoshda «Zalsburg»dan «Borussiya» Dortmundga o‘tgandi. Hozir Xoland dunyoning eng qimmat futbolchilaridan biri. To‘g‘ri, germaniyalik iqtidorning o‘z yo‘li bor, uning faoliyati endi boshlanmoqda...

Adeyemi 2002 yilning 18 yanvarida dunyoga keldi. Otasi nigeriyalik, onasi esa ruminiyalik. O‘zi Myunxenda tug‘ildi. Shu bois, Germaniya fuqarosi hisoblanadi. Yoshligidan futbolga oshno bo‘lgan bolakay 8 yoshida «Bavariya» tizimiga o‘tdi. Biroq u yerda atigi 2 yil bo‘ldi. Klub rahbariyati uning kelajagini aniq tasavvur qila olmay, undan voz kechishdi. 2011 yilda Karim «Forstenreyd»ga, yana bir yildan keyin «Unterxaxing»ga o‘tdi. Darvoqe, Myunxen yaqinidagi bu jamoani hozir Sandro Vagner boshqarmoqda. Aynan shu jamoada yosh hujumchi o‘z fazilatlarini namoyish eta boshladi. 2017/18 yillar mavsumida u 17 va 19 yoshlilar jamoalarida 22 marta maydonga tushib, 16ta gol va bitta assistni amalga oshirgandi. Ana shu sermahsul ishtirok Karimga «RB Zalsburg» eshiklarini ochdi.

2018 yilda Adeyemini 3,5 mln. yevro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib olgan «buqalar» uni o‘z farm-klublari «Lifering»ga ijaraga berishdi. Natijada hujumchi 2018/19 yillar mavsumida Avstriya chempionatining 2-divizionida 20ta uchrashuv o‘tkazdi va o‘z hisobiga 6ta gol bilan 2ta samarali uzatmani yozib qo‘ydi. Keyingi mavsumning 1-davrasidan ke­yin Karim «Zalsburg»ga qaytdi va 2020 yilning 3 iyunida asosiy jamoadagi debyutini nishonladi. O‘shanda hujumchi jamoaning «kovid» tanaffusidan keyingi dastlabki uchrashuvida «Rapid»ga qarshi 22 daqiqa to‘p surib, bitta assistni amalga oshirgandi.

«Buqalar» safidagi dastlabki golini esa Karim 1 iyul oqshomida «Shturm» darvozasiga urdi, goldan avval u 2ta samarali uzatmani amalga oshirishga ulgurgandi. Aynan o‘sha mavsumda hujumchi «Ayntraxt»ga qarshi 45 daqiqa to‘p surish bilan YELdagi ishtirokini ham boshlab oldi. Bundan tash­qari, o‘smirlar o‘rtasidagi YECHL bahslarida «Zalsburg» yoshlariga «Lion», «Napoli» va «Derbi Kaunti»dagi tengdoshlarini mag‘lub etishda yordam berdi - deyarli barcha uchrashuvlarda Karim gol yoki assist muallifi bo‘lardi.

2020/21 yillar mavsumida Adeyemiga boshlang‘ich tarkibdan joy berishmadi, har bir uchrashuvda u o‘rtacha 37 daqiqa to‘p surdi. Biroq shunda ham chempionatda 29 marta maydonga tushib, 7tadan gol va assistga erishdi. Shuningdek, o‘sha mavsum Mos-kvaning «Lokomotiv» klubi darvozasini ishg‘ol etib, YECHLdagi gollariga hisobni ochdi. Hujumchining joriy mavsumdagi faoliyati yanada samaraliroq kechmoqda. Birinchidan, boshlang‘ich tarkibdan mustahkam o‘rin oldi. Ikkinchidan, ichki chempionatning 14 uchrashuvida 11ta gol urdi.

Ayni pallada Karim Avstriya chempionati to‘purarlari yetakchisi, har 88 daqiqada gol urmoqda. YECHLda esa 5ta o‘yinda 3ta golni amalga oshirdi. Avvaliga u saralash bosqichida «Brondbyu» darvozasini zabt etdi, ke­yin guruh bosqichida «Lill» va «Volfsburg» posbonlarini ranjitdi. «Dog»larga qarshi bahsdagi «dubli» g‘alabani ta’minladi. Hozirga qadar germaniyalik hujumchi «Zalsburg» safida 73 marta maydonga tushib, 25ta gol va 17ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

2018 yilning fevralidan beri Adeyemi turli yosh toifalaridagi terma jamoalarda ishtirok etmoqda. Bundestimdagi debyut o‘yinini shu yilning 5 sentyabrida o‘tkazdi. O‘shanda jamoa JCH-2022 saralashi doirasida Armaniston termasi bilan kuch sinashgandi. Karim atigi 18 daqiqa o‘ynagan bo‘lsada, gol urishga erishdi. Shimoliy Makedoniyaga qarshi bellashuvda samarali uzatma muallifi bo‘ldi. Umuman olganda, hujumchi 48 daqiqa ichida terma jamoaga bitta gol va 2ta assist keltirdi.

Bundan tashqari, Karim urushdan keyingi davr mobaynida Germaniya terma jamoasi tarkibidan joy olgan Avstriya chempionatining dastlabki vakili bo‘ldi. 19ga chiqquniga qadar germaniyalik futbolchi Avstriya chempionligi va kubogining 2 karra sohibiga aylandi, yoshlar terma jamoasi bilan Yevropa chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, uni eng yaxshi yosh futbolchilar uchun ta’sis etilgan Fris Valter medali bilan ham taqdirlashdi.

Xullas, undagi shiddatli taraqqiyot, sermahsullik va natijalar «Liverpul», «Bavariya», «Arsenal», «Borussiya» Dortmund, «Barselona» va «PSJ»dek grandlarni qiziqtirib qoldi. Tez orada «Zalsburg»ga takliflar yog‘ilishiga shubha yo‘q. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, boshqalardan ko‘ra «Dortmund» Karimni qo‘lga kiritishga yaqinroq turibdi. «Qovog‘arilar» unga uzoq yillik shartnoma va boshqqqa yosh futbolchilarga nisbatan ko‘proq maosh taklif qilishgan. Adeyemi uchun kurashda «PSJ» va «Bavariya» autsayderlar sifatida e’tirof etilmoqda. Parijda hujumchining o‘sishiga kafolat yo‘q, oldingi chiziqda saviyali hujumchilar yetarli. «Bavariya» taklifini esa hujumchining o‘zi rad etsa kerak - yoshlikdagi kuduratni unutish osonmas. Lekin nima bo‘lganda ham, Karimning «Zalsburg»da uzoq ushlanib qolmasligi aniq. Ehtimol, u yanvarda yangi chempio­natni zabt etishga yo‘l olar. Ko‘ramiz.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:08, 20.12.2021. O'qildi: 2854 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик