Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba.

  • APL
      • 03.12.2025 00:30
      • Bornmut
      • 0:1
      • Everton
      • 03.12.2025 00:30
      • Fulhem
      • 4:5
      • Manchester Siti
      • 03.12.2025 01:15
      • Nyukasl
      • 2:2
      • Tottenhem
      • 04.12.2025 00:30
      • Arsenal
      • 2:0
      • Brentford
      • 04.12.2025 00:30
      • Brayton
      • 3:4
      • Aston Villa
      • 04.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 0:1
      • Kristal Pelas
      • 04.12.2025 00:30
      • Vulverhempton
      • 0:1
      • Nottingem Forest
      • 04.12.2025 01:15
      • Lids
      • 3:1
      • Chelsi
      • 04.12.2025 01:15
      • Liverpul
      • 1:1
      • Sanderlend
      • 05.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Vest Xem
  • La-liga
      • 03.12.2025 01:00
      • Barselona
      • 3:1
      • Atletiko
      • 03.12.2025 23:00
      • Atletik Bilbao
      • 0:3
      • Real Madrid
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 15 37
2 Real Madrid 15 36
3 Vilyarreal 14 32
4 Atletiko 15 31
5 Betis 14 24
6 Espanyol 14 24
7 Xetafe 14 20
8 Atletik Bilbao 15 20
9 Rayo Valyekano 14 17
10 Real Sosyedad 14 16
11 Elche 14 16
12 Selta 14 16
13 Sevilya 14 16
14 Alaves 14 15
15 Valensiya 14 14
16 Malyorka 14 13
17 Osasuna 14 12
18 Jirona 14 12
19 Levante 14 9
20 Real Ovyedo 14 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

06/12/25 Real Ovyedo - Malyorka
06/12/25 Vilyarreal - Xetafe
06/12/25 Alaves - Real Sosyedad
06/12/25 Betis - Barselona
07/12/25 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12/25 Elche - Jirona
07/12/25 Valensiya - Sevilya
07/12/25 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12/25 Real Madrid - Selta
09/12/25 Osasuna - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ular ketishadi (mi?) “Manchester Siti”ni yanvarda tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Nafaqat yangi yilga, balki Yevropada qishki transfer oynasi ochilishiga ham ikki haftadan kamroq vaqt qoldi. Ushbu davrdagi eng yaxshi bitimlar odatda bizning davrimizning eng kuchli milliy chempionati Angliya Premyer-ligasiga amalga oshishi kutilmoqda.

Jumladan, APL peshqadamlaridan biri “Manchester Siti” ham tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Shu sabab yanvar oyida “shaharliklar”ni kim tark etishi mumkinligi haqida biroz fikr yuritishga qaror qildik.

Rahim Sterling

Asli kelib chiqishi yamaykalik bo‘lgan Angliya terma jamoasining 27 yoshli vingeri Rahim Sterling 2015 yilning yozidan buyon “Manchester Siti”da to‘p tepadi. Bu vaqt ichida u “shaharliklar” bilan 11 ta sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi, shu jumladan, Premyer-ligada uchta chempionlik. Biroq, Yevropada “Siti” haligacha asosiy cho‘qqi – Chempionlar ligasini zabt etmagan.

O‘tgan mavsum oxirida Sterling ma’lum psixologik muammolarni boshdan kechirdi. Bu haqida futbolchining o‘zi ham intervyularida aytib o‘tdi va ushbu holat uning o‘yinlari sifatiga ham katta ta’sir qildi. Shuning uchun OAVda Sterling tez orada klubini o‘zgartirishi mumkinligi haqida gapira boshladilar va tez orada ro‘yxatda juda qiziq variant paydo bo‘ldi – “Barselona”.

Hozirgi kataloniyaliklar “Manchester Siti” kabi tubsiz moliyaviy zaxiraga ega emas. Shuning uchun, agar mazkur potensial transfer amalga oshadigan bo‘lsa, sotib olish sharti bilan ijaraga olish variantini taxmin qilishimiz mumkin. Rahimning o‘zi uchun ham Angliyadan tashqarida, hattoki La Liganing top-klubida sinab ko‘rish imkoniyati juda jozibali ko‘rinmoqda. Ingliz klubi ustozi Xosep Gvardiola bunday mish-mishlarga izoh berar ekan, “Barselona” har doim “Barselona” ekanligini va bu klub har qanday holatda ham sayyoramizning eng yaxshi futbolchilari bilan shartnoma imzolashiga ishonishi mumkinligini ta’kidladi. Demak, nazariy jihatdan, Sterlingning yanvarda “Barsa”ga ketishi ehtimoli bor va kataloniyaliklarning hujumdagi ishlari Serxio Aguero faoliyatining to‘satdan yakunlanishi bilan og‘irlashganini inobatga oladigan bo‘lsak, ushbu transferning amalga oshish ehtimoli yuqoriroqligini ko‘ramiz.

 

Riyad Marez

 

Marez 2015/16 yilgi mavsumda “Lester”ning jamoadagi asosiy figuralaridan biri bo‘lgan. U 2018 yilning yozida “Manchester Siti”dan ko‘p jihatdan yaxshiroq bo‘lgan taklif olgan. O‘shandan beri jazoirlik “Etihad”ning muhim a’zosi bo‘lib kelgan, ammo “shaharliklar” tomonidan Jek Grilishning sotib olinishi Marezning Manchesterda qolishini yanada so‘roq ostiga qo‘ydi.

Endi Marez Gvardiola qo‘l ostida sezilarli darajada kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Shu sababli, futbolchining ketadigan vaqti bo‘ldi degan xabarlar tarqalmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, u maydonga tez-tez tushish uchun klubini o‘zgartirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. 30 yoshlm Riyadning hali ham foydali shaxsiy shartnoma imzolashiga ishonishi mumkin. “Manchester Siti” rahbarlari ham potensial xaridorni rad etishdan oldin bir necha bor o‘ylab ko‘rishsa kerak, chunki Marezning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi. 

Marez uchun bozordagi asosiy da’vogarlari “Pari Sen-Jermen”, “Barselona” va “Real” hisoblanishadi, shuningdek yaqinda saudiyalik investorlar tomonidan sotib olingan “Nyukasl” ham qo‘shildi. Biroq, futbolchi “yog‘li” shartnomaga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan “qarg‘alar”  foydasiga tanlov qilishi mumkin. Aslida, Premyer-ligada Marezni sotib olmoqchi bo‘lgan boshqa variantlar ham yo‘q. Birov, “Manchester Siti” o‘z futbolchisi orqali chempionatdagi yangi raqobatchisi “Nyukasl”ni kuchayishidan xursand bo‘lmasa kerak.

 

Natan Ake

“Chelsi” akademiyasining tarbiyalanuvchisi Natan Ake “Manchester Siti”ga 2020 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. O‘shanda “shaharliklar” uning transferi uchun “Bornmut”ga 41 million funt to‘lagan. Lekin, umuman “Etihad”da Ake barqaror o‘yin amaliyotiga ega emas, asosan zaxira o‘rindig‘ida o‘tiradi. Oxirgi paytlarda Akening yanvar oyida “Manchester Siti”ni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni kuchayib bormoqda. Gollandiyalik futbolchi 26 yoshda va uni jamoada saqlab qolishning hojati yo‘q. Sababi, Natan Lyaport va Diasga qarshi raqobatda g‘alaba qozonishga qodir emas.

Shu sababli, “Vest Xem” va “Nyukasl”ning qiziqishlaridan “Manchester Siti” Ake transferiga avvalgi sarmoyalarning maksimal miqdorini qaytarish uchun foydalanishi mumkin. “Shaharliklar” futbolchidan yaxshigini foyda ko‘rishi mumkin, chunki Natanning klub bilan shartnomasi 2025 yilda tugaydi.

 

Ferran Torres

So‘nggi paytlarda o‘tgan yozda “Valensiya”dan 28 million yevro evaziga sotib olingan 21 yoshli ispaniyalik vinger Ferran Torres “Manchester Siti”dan “Barselona”ga o‘tayotgani haqida ko‘p mish-mishlar tarqaldi. Hozirda iqtidorli futbolchi Gvardiola qo‘l ostida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti, ammo kadrlar borasida inqirozga uchragan “Barselona”da o‘z o‘rnini topishi mumkin.

Mish-mishlarga ko‘ra, “shaharliklar” yanvarda 60 million yevro evaziga Torres bilan xayrlashishga qarshi emas. Dastlab “Barselona”ning taklifi bu summadan juda kam edi, biroq so‘nggi paytlarda, matbuot xabarlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar jarayoni yakunlanib qolgan va yaqin kunlarda bu amalga oshishi mumkin.

“Barselona” uchun 21 yoshli Torresga xarid qilish “Siti”dan Sterling yoki Marezni sotib olishdan ko‘ra qiziqroq ko‘rinadi, shuning uchun Ferran yanvar oyida Kataloniya klubi transfer bozoridagi birinchi o‘rindagi xaridi bo‘lsa ajabmas.

 

Aleksandr Zinchenko

Rossiyaning “Ufa” klubida o‘zini mukammal ko‘rsatgan va “Manchester Siti”dan taklif olgan ukrainalik futbolchiga so‘nggi mavsumlarda himoyaning chap qanoti unchalik ishonib topshirilmayapti.

Gvardiola ukrainalik futbolchini maqtashda davom etayotganiga qaramay, himoyada chap qanotda ko‘pincha himoyachi Joau Kanselu maydonga tushmoqda. Portugaliyaliklarning bunday yuqori sifatli o‘yini Zinchenkoning jamoaga yo‘lini deyarli yopdi, chunki ukrainalik o‘zining maydon markazidagi o‘z pozisiyasida Gvardiola jamoasidagi ijrochilar bilan umuman raqobatlasha olmaydi. 

Bunday holat Zinchenko atrofida ommaviy transfer mish-mishlarining paydo bo‘lishiga olib kelsa ajabmas. Xususan, Italiyada “Jenoa”ga yangi tayinlangan va Ukraina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Andrey Shevchenko o‘z shogirdlari orasida Aleksandrni ko‘rmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Shuningdek, Angliyada ukrainalikni ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan “Nyukasl”ni ham unutmaslik kerak.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:24, 23.12.2021. O'qildi: 7390 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 16
2 Барселона Ferran Torres 8
3 Барселона Robert Levandovski 8
4 Мальорка Vedat Muriki 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Леванте Karl Etta-Eyong 6
7 Вильярреал Alberto Moleyro 6
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Эспаньол Pere Milya 5
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.