Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL. «Manchester Siti» - «Lester» uchrashuvidan oldingi qiziqarli ma’lumotlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Bugun Angliya Premyer-ligasi 19-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Manchester Siti" o‘z maydonida «Lester» klubini qabul qiladi.

Mazkur o‘yin boshlanishidan oldin jamoalarga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishishga qaror qildik.

Bilasizmi?

Jeymi Vardi "Manchester Siti" darvozasini jami 8 bor ishg‘ol qilgan. Shularning ichida ikki marta xet-trik qayd etilganini e’tirof etish kerak. Shunday bo‘lsada, forvard "Boxing Day" kunlari o‘tkaziladigan APL o‘yinlarda biror marta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishni uddalay olmagan. Bugun ushbu qora an’anaga chek qo‘yilishi ham mumkin.

"Manchester Siti" "Boxing Day" kunlari o‘z maydonida o‘tkazilgan oxirgi 8 uchrashuvdan beri mag‘lub bo‘lmay kelmoqda (6 g‘alaba, 2 durang). Oxirgi 6 o‘yinda ketma-ket g‘alabalar qayd etilgan. Jamoa so‘nggi bor shunday bahslarda 1996/97 yilgi mavsumda "Port Veyl" klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan - 0:1.

"Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterling Premyer-Liga doirasidagi oxirgi 3 o‘yinning barchasida gol urdi - u oxirgi marta 2017 yilning avgust-sentyabr oylarida ketma-ket 4 o‘yinda gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

"Lester Siti"ning ushbu qishki bayram kunlari o‘tkazilgan oxirgi 11 o‘yinning bittasidagina g‘alaba qozonishni uddalagan (2 durang, 8 mag‘lubiyat). Qiziqarli tomoni shundaki, birgina g‘alaba 2018/19 yilgi mavsumda "Manchester Siti" jamoasiga qarshi bellashuvda qo‘lga kiritilgan.

 

"Manchester Siti" - «Lester» uchrashuvi uchun Kris Kavanag bosh hakam etib tayinlangan.

Uchrashuv rasmiylari

Bosh hakam: Kris Kavanag

Qanot hakamlari: Harri Lennard, Den Robatan

Zaxira hakami: Devid Kyut

VAR: Pol Tirni

VAR yordamchisi: Skott Ledjer

 

Taxminiy tarkiblar

"Manchester Siti": Ederson, Kanselu, Diash, Lyaport, Zinchenko, de Bryuyne, Rodri, Gyundogan, Sterling, Silva, Mahrez

«Lester»: Shmeyxel, Ndidi, Vestergaard, Bertran, Olbrayton, Tomas, Dyusberi, Tilemans, Lukman, Meddison, Daka.

 

Jamoalarning o‘rtacha yoshi bo‘yicha ustunlik mezbonlar tomonida (27,4 yosh - 26,5 yosh). Tomonlarning o‘rtacha bo‘yida deyarli farq yo‘q — 181,5 sm - 181,4 sm.

Jamoalarning oxirgi xabarlari

Jek Grilish va Fil Foden oxirgi paytda yetarli bo‘lmagan intizom sababli Pep Gvardiola tomonidan tushirib qoldirildi. Bugungi o‘yinda ham ular zaxirada qolsa ajab emas.

Kayl Uoker «Leypsig» bilan o‘yinda qizil kartochka olganidan beri 3 bahsni o‘tkazib yubordi va Gvardiola uning jismoniy holati normal emasligini ta’kidlab o‘tdi. Ferran Torres hali ham jarohatda va har qanday holatda «Barselona»ga o‘tishi ma’lum bo‘ldi.

Bernardu Silva yolg‘on «to‘qqizlik» pozisiyasida o‘ynashi mumkin, shunda Ilkay Gyundoganni markazga joylashtirish mumkin bo‘ladi.

Gabriyel Jezus hamda Riyad Mahrez o‘ng qanot vinger pozisiyasi uchun jiddiy kurash olib borishmoqda. Ikkinchisi sobiq klubiga qarshi maydonga tushishni juda istamoqda.

Jeymi Vrdi, Rikardu Perreyra hamda Chag‘lar Soyunju chorashanba kuni «Liverpul» bilan pemnaltilar seriyasida yutqazib qo‘ygan o‘yindan keyin mushaklari bilan bog‘liq muammoga uchrashgan.

Kelechi Ixeanacho va Vestergaard o‘tgan bahsda koronavirusdan tuzalib qaytishdi. Ayoze Perez va Ademola Lukman esa zaxirada qolishdi.

Brendan Rojers MYUning sobiq himoyachisi Jonni Evansni butun mavsum jarohatlar girdobida qolganiga qaramay «Siti» bilan o‘yinda qatnashishini umid qilmoqda.

Harvi Barns va Timoti Jastan hafta o‘rtasida kechgan bahsda qaydnomaga ham kiritilishmadi va bu ularning "Manchester Siti"ga qarshi to‘qnash kelishlari ehtimolini pasaytirib yubordi.

 

Raqamlar

"Manchester Siti" Premyer-Liga doirasidagi oxirgi 8 bahsda g‘alaba qozongan.

«Shaharliklar» so‘nggi 10 uy uchrashuvidan sakkiztasida darvozasi dahlsizligini saqlab qola olgan (Premyer-liga).

"Manchester Siti" Angliya chempionatidagi oxirgi 7 o‘yindan oltitasida kamida ikkitadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, jamoalar APLda o‘zaro 21 marta to‘qnash kelishgan. 12 bahsda «shaharliklar», 7 o‘yinda esa «tuliklar» g‘alaba qozonishgan va ikki marta murosa yo‘li tanlangan.

Tomonlarning Premyer-Ligadagi hozirga qadar so‘nggi o‘yini 11 sentyabr kuni "King Power" stadionida o‘tkazilgandi. Ushbu bahsda Bernarduning 62-daqiqada kiritgan goli mehmonlarga uch ochkoni taqdim etgan.

Ayni vaqtda "Manchester Siti" 44 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Undan ikki barobar kam ochko to‘plagan «Lester» 9-pog‘onani band etib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalarning bugungi uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:48, 26.12.2021. O'qildi: 2061 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.