Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Keksa sher"ning raqsi yoki 38 yoshli Milla Afrikani dunyoga qayta kashf qilgani haqida

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Qit’a chempionatlari / Afrika millatlar kubogi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bunday voqea faqat Afrikada bo‘lishi mumkin!

Mamlakatning qudratli prezidenti Kamerun milliy terma jamoasi bosh murabbiyidan Hind okeani o‘rtasidagi orolda to‘p surayotgan 38 yoshli hujumchini zudlik bilan Jahon chempionati o‘yinlariga chaqirishni talab qildi. Hammasi shundan boshlangan.

Prezidentning ismi Pol Biyya. U hozir 88 yoshda va hozir ham Kamerun davlatini boshqarmoqda. Terma jamoa bosh murabbiyi esa Valeriy Nepomnyashiy (O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham ishlagan - muallif). Kamerun terma jamoasiga "yuqoridan kelgan buyruq" asosida kelib qolgan.

"Meni bir necha marta yoshlar terma jamoalarida ishlash uchun rasmiylashlitirgan - hali Jazoir, hali Tunis, hali Marokash, hali Surinam. Ammo, har safar nimadir bo‘lib ish boshlay olmasdim. Bu men uchun allaqachon amalga oshirib bo‘lmaydigan narsaga aylandi. Va birdan signal keldi: sen Kamerun yoshlar terma jamoasiga keraksan. Surinam qayerda-yu, Kamerun qayerda, men bu davlatlarning farqlari haqida o‘ylardim o‘sha payt!"

Keyin esa terma jamoadagi faoliyatini tugatgan 38 yoshli faxriyni qaytarishni talab qilgan diktator-fanat paydo bo‘ldi. Nima qilsa bo‘ladi?

***

Roje Milla Italiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatiga yo‘l oldi.

Jamoadoshlar? Ularning barchasi deyarli Afrika chempionatidan va Fransiyaning quyi ligasida jamoalardan edi. Ular arang saralash bosqichidan o‘tishdi va ikkita mag‘lubiyatdan keyin terma jamoaning taqdiri qil ustida turgandi.

Gabonga yo‘l olishdan oldin mahalliy futbol federasiyasi rahbarlari Nepomnyashiyga agar omadsizlikka uchrasa, u yerdan nari Rossiyaga evakuasiya qilishini aytishadi. Murabbiyning omadi keldi, uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi.

Kamerunga hatto darvozabon ham ishonmayotgan edi: Jozef-Antuan Bell Italiyaga yetib kelgan terma jamoa bosh murabbiy va jamoadoshlarini tanqid qildi.

Nepomnyashiyda yana tanlov qolmadi - u afsonaviy futbolchini zahirada qoldirib, uning o‘rniga "Espanyol" a’zosi Tomas Nkononi tushirdi. (Nkokoni hozir 43 yoshga to‘lgan Buffon hayotidagi birinchi va yagona kumiri deb biladi).


Kamerun Jahon chempionatiga tayyor emasdi, ammo, taqdirning o‘zi "sherlar" yo‘l qo‘ygan xatolarni to‘g‘rilab, ularni ulkan marralar sari yetakladi.

Ularning guruhdagi birinchi bahsi - tarkibida Diyego Maradona bor Argentiga qarshi bo‘ladi. O‘yindan oldin matbuot "maymun go‘shtini yeysizlarmi, shtab-kvartiralaringda shaman va tabiblar o‘tiradimi" kabi so‘zlar bilan ochiqchasiga kuldi. Kamerun terma jamoasi yulduzlaridan biri Fransua Omam-Biyik esa chidab turolmadi: "Nima xohlasalaring gapiringlaring mumkin, lekin men g‘alaba to‘pini bosh bilan kiritaman. Bu muhim bo‘lgan yagona narsa" dedi.

Terma jamoaning texnikasini yo‘qligi yugurish bilan qoplandi, xatolar esa qo‘polliklar bilan qoplandi. Agar ular hozirgi zamonaviy futbolda ana shu o‘yinlarini ko‘rsatishganida, tarkibda yetti nafar futbolchi qolardi va o‘yin yakunlanardi, lekin 1990 yillarda qoidalar biroz yumshoqroq edi. O‘sha bahsda Argentina terma jamoasiga qarshi guruh bosqichining birinchi turida o‘yinni "atigi" ikkita qizil kartochka bilan tugatishdi. Maradona, Kanidja va Burruchagalar maydonni jarohat olib tark etishdi, eng muhimi - Kamerun g‘alaba qozondi! Omam-Biyik haqiqatdan ham boshi bilan gol kiritdi!

***

O‘shanda Roje Milla yoshlarni xotirjam qilish uchun atigi 10 daqiqaga maydonga tushgandi.

Guruh bosqichining ikkinchi turida Nepomnyashiy Millani ertaroq maydonga tushirdi. Tarkibida George Xadji, Popesku va Leketushem kabi futbolchilari bor Ruminiya osonlik bilan taslik bo‘ldi.

Milla o‘zining birinchi golini himoyachini yiqitib, keyin to‘pni darvoza sari yo‘lladi. Ikkinchi golni esa qanotda katta tezlikda oldinga tashlanib, ajoyib zarba bilan darvoza ishg‘ol etildi.

O‘shanda Roje burchakdagi bayroq bilan raqsga tushdi - bu hozirgacha eng g‘ayrioddiy nashonlash haqida Bari shunday deydi: "Bunday tarzda raqsga tushish Ruminiya darvozasi ishg‘ol etilganidan keyin miyamga kelib qoldi. Oldindan raqsga tushishga xayolimga ham keltirmagandim. Chunki, murabbiy meni maydonga tushirishiga ishonchim komil emasdi".

Ammo, Nepomnyashiy maydonga tushirdi va raqsdan umuman hayron bo‘lmadi. Bir kuni JCH o‘yinlari boshlanishidan oldin butun jamoa tungi klubga borish haqida murabbiyga aytdi. G‘azablangan murabbiy o‘sha yerga yetib bordi. Barcha futbolchilar spirtli ichimlik ichmagandi va jamoa sardori Stefen Tatav murabbiyning oldiga kelib, dedi: "Valeri, biz hozir oxirigacha raqsga tushib olaylik, keyin qaytamiz. Bu biz uchun juda muhim".

Shamanlar yoki maymun go‘shti emas, bu madaniyat, bu Afrika!


***

Ruminiya terma jamoasiga qarshi o‘yindan keyin har bir burchakda Milla haqida gapirishni boshlashdi.

Hozir Google orqali hamma narsani bilib olish mumkin. Bundan 30-40 yil avval Italiya, Angliya va Germaniyadagi muxlislar Roje Fransiya chempionatida ajoyib natijalarga erishganini bilishmagan. To‘g‘ri, "Monako" tarkibida jarohat sabab o‘ynay olmagan, lekin "Sent-Etyen"ni "chuqur"dan olib chiqqan, "Bastiya" tarkibida ko‘plab gollar urgan, "MonpelYE"da Loran Blan bilan ajoyib juftlik yaratgan.

U va Milla har doim matbuot orqali bir-birlarini masxara qilishardi va bu hazillarga Lui Nikollena juda ishonardi. Hattoki, Loran Blan bir marta mening o‘g‘lim Rojega o‘xshardi, agar qora tanli bo‘lsa degandi.

Milla Fransiyani ikkita Kubok va yuzlab gollar bilan tark etdi - bu ajoyib rekord.

Hattoki, uning haqiqiy familiyasi Miller ekanligini bilishmagan. Millaning tug‘ilganlik haqidagi guvohonasini yozgan Klerk chalasavod bo‘lgani uchun Milla deb yozib qo‘ygan. Kulguli!

Italiya bo‘lib o‘tgan Jahon chemionatining 1/8 finalida Kamerun Kolumbiya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Kamerun guruh bosqichida Maradonanini qo‘riqlaganidek, 1/8 finalda ham Valderramani ham shunday qo‘riqlashdi va uzoq vaqt xavfli vaziyat sodir etilmadi. Keyin esa katta sahnaga  Roje chiqdi. Birinchi gol - haqiqiy individual mahorat sabab kiritildi: yaxshi pas, bitta aldamchi harakat va darvoza tomon chap oyoqda zarba - gol!

Ikkinchi golning esa o‘zi afsonaviy. Roje maydon markazigacha yetib kelgan kelgan Rene Igitani qanday ahmoq qilganini eslaysiz, to‘g‘rimi?

Eng qiziqarlisi, darvozabonning bu harakatidan Yevropa hayratga tushgandi, lekin bu harakat Millaga ta’sir qilmadi! "MonpelYE"da Milla Valderramadan Kolumbiyada maydon markazigacha keladigan darvozabon borligi haqida ko‘p eshitardi. Umuman olganda, Karlos bu haqda bekor aytgan ekan.

***
Kamerunning Italiyadagi "ertagi" Angliya qarshi o‘yindan keyin tugadi.

JCH-90 doirasida Angliya Kamerun terma jamoasiga qarshi o‘yinning asosiy tarkibida Gari Lineker, Kris Uoddl, Devid Platt, Djon Barns va Pol Gaskoynlarni maydonga tushirdi. Glenn Xoddl raqobatda yutqazgach, uni o‘ynatishmadi. Agar bu "oltin avlod" bo‘lmasa, unda kim??

Shunga qaramay, butun dunyo Angliya terma jamoasiga ishqibozlik qilmayotgandi. Garchi, hitsob 1:0 bo‘layotgan bo‘lsa-da, dunyo Millaning raqsini kutayotgandi.

Nepomnyashiy o‘rtamiyona saviyadagi murabbiy edi, hatto, yuqori martabaga ham ega emasdi. Lekin, martaba kerakligini shunda bildi! Roje o‘sha paytda yoshi 38da bo‘lsa-da, bir taym yuqori saviyada o‘ynay oldi!

Milla maydonga tushdi. Yumshoq harakatlar, aniq uzatmalar, yuqori tezlikdagi dribling - Milla o‘sha JCHda kamerunlik Maradona edi. Rojening o‘ng qanotdan katta tezlikda raqib jarima maydonchasiga kirib borishi angliyaliklarni hayratda qoldirdi va Gaskoyn tomonidan qo‘pollik bilan to‘xtatib qolindi - penalti! Emmanuel Kunde penaltidan Shiltonga imkoniyat qoldirmadi.

Oradan 10 daqiqa o‘tdi, Kamerun hisobda oldinga chiqib oldi! Yana barcha narsani Milla bajardi - raqiblarni ortda qoldirdi, to‘pni qabul qilib oldi va Ejen Ekekeni to‘p bilan ta’minladi - 2:1!

O‘shanda Kamerun qo‘polsiz o‘ynashni o‘rganmagani pand berdi. Angliya o‘shanda ikkita penalti hisobiga Kamerun terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.

***

Nepomnyashiy va uning qo‘l ostidagi "Sherlar" o‘z yurtlariga qahramon bo‘lib qaytishdi.

"Aeroportdan mehmonxonagacha oltita kabrioletda zigzag bo‘lib bordik. Hamma joyda odamlar olomon edi - menga butun mamlakat o‘sha yerdadek tuyuldi. 3-4 kilometrlik yo‘lni biz ikki yarim soatda bosib o‘tdik. Bunday ehtirom, bunday xursandchilikni ehtimol umrimda boshqa ko‘rmadim. Shunchaki tasvirlab bo‘lmaydi!" - deydi o‘sha paytdagi mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiy Valeriy Nepomnyashiy oradan 30 yil o‘tgach.

Milla o‘sha paytdayoq tirik afsonaga aylangandi. Uning raqsini butun dunyo takrorladi; ko‘chalar uning sharafiga berildi, u bilan suhbatlar o‘tkazildi, u haqda kitoblar yozildi.

U yana Jahon chempionatida ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ldi, hattoki, 1994 yilgi Jahon chempionatida gol ham kiritdi! Bu rekordni yangilab bo‘lmaydi. 42 yoshdi - mo‘’jiza!


Roje yomon odamlari yo‘qligi tufayli shunday uzoq yashayotganiga amin. Afrikaliklar bolaligidanoq faqat tabiiy ovqatlarni iste’mol qilishadi - guruch, baliq, oq go‘sht. Zarirli hisoblangan gazli ichimliklar va turli xil uglevodlarni iste’mol qilishmaydi, ularga pul yo‘q. Ronalduni ovqatlanishini ko‘rganmisiz? Afrikaliklar shunday ovqatlanadi, faqat Krishtianu maftunkor diyetologiga maosh to‘laydi.

Afrika bugungi kunda bizning hayotimizga oziq-ovqat, musiqa, tatuirovkalar, futbol yulduzlari bilan bostirib kirmoqda.

Avvallari hammasi boshqacha edi. 1974 yilgi Jahon chempionatida matbuot Braziliya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda 0:3 hisobida imkoniyatni boy berayotganida devordan sakrab o‘tib, hakamning xushtagi chalinishidan avval to‘pni tribunaga tepib yuborgan kongolik Mvepa Ilunga "ahmoq hayvon" deb atagan edi. Ammo, Kongolik diktator Djozef Mobutu o‘yindan oldin uchta to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchragan taqdirda futbolchilarni uyiga kiritmasligi bilan tahdid qilgandi.


Pol Biyya ham dunyodagi eng yomon siyosatchilardan biri hisoblanadi, lekin uning bitta yaxshi ishi bor - Nepomnyashiyga qo‘ng‘iroq qilgan.

Millaning o‘yinlari, gollari va raqsi dunyoga Afrikani o‘zi uchun qayta kashf etishga yordam berdi va bu uni sezilarli darajada aniqroq, qulayroq va mehribonroq qildi.

Kiritildi: 18:03, 02.01.2022. O'qildi: 3713 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.